Majmua pdf


Turk hoqonligi tarixiy geografiyasi


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/85
Sana26.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1127786
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85
Bog'liq
Yordamchi tarix (2)

Turk hoqonligi tarixiy geografiyasi. VI asrning o‘rtalariga kelib Oltoy, Ettisuv va
Markaziy Osiyodagi turli qabilalar va xalqlar birlashib katta turk hoqonligi davlatini tashkil
kildilar. Lekin qadimgi turkiyzabon xalq xitoy solnomalarida miloddanav. 1756 yildan boshlab
tilga olinadi.
545 yildan e’tiboran Turk xoqonligi Markaziy Osiyo, Mo‘g‘uliston, G‘arbiy Sibir va Dashti
Qipchoq erlarida xukmron davlatga aylandi. Turk hoqonlari nihoyatda katta xududlarga ega
bo‘lgan mamlakatlarini sakkizta tobe xonliklar asosida boshqardilar. SHarqiy hoqonlik Ettisuvda
bo‘lgan. YOzma manbalarda SHarqiy va G‘arbiy Turk hoqonligini tashkil etishda qatnashgan
turkiy urug‘larning nomlari tilga olingan: Ashin, Arg‘u, Az, Basmil, Izgil, O‘g‘uz, To‘qqiz o‘g‘uz,
Uch o‘g‘uz, O‘n uyg‘ur, O‘tuz tatar qarluq, Qurdanta, Qimchoq, Kitoy, Qirq az, Tordush, Tatabi,
Dulu Nushub, To‘qri (taharlar), Tolis, Turgan, Tupuri, Turk, Uyg‘ur, Sir, Quriqan, Duba.
551 yilda hoqon Bumin davrida hoqonlik bir yirik davlatga birlashtirildi. Istemi davrida
hoqonlikning chegarasi yanada kengayib, Markaziy Osiyo xududlari ham uning tarkibiga kirdi.
Jumladan, Toshkent va uning atroflari, Qozog‘iston, Ettisuv va Xorazmdan to Amudaryogacha
etib bordi. 563 yillarda hoqonlik eftalitlarni tor-mor etgach, uning chegaralari Eron bilan
bevosita yaqinlashib qoldi. Bu hol Eron va Turon manfaatlarining to‘knashuviga olib keldi.
CHig‘atoy ulusi va XIV - XV asrlar Markaziy Osiyo tarixiy geografiyasiga oid
manbalar. Ma’lumki, XSH asrda Mo‘g‘ullar davlati tashkil topib, uning hukmdori CHingizxon
o‘zi egallagan barcha erlarni to‘rtta yirik ma’muriy birlik-ulusga ajratib, o‘g‘illariga idora etish
uchun topshirgan. CHingizxon o‘z davlatini o‘g‘illariga bo‘lib berganida SHarqiy Turkiston,
Movarounnahr va Xorazmning sharqiy qismdan iborat xududni ikkinchi o‘g‘li CHig‘atoyga
(vafoti 1241 yil) tegishli edi. CHingizxon vafotidan so‘ng, uning avlodlari o‘rtasida, jumladan,
CHig‘atoy ulusida xdm, ichki nizolar kuchayib, bu ulus ikkita siyosiy-ma’muriy qismdan iborat
bo‘lib qoldi. Tarixiy asarlarda uning sharqiy qismi «Mo‘g‘uliston», g‘arbiy qismi esa mavjud
kadimgi nomi bilan «Movarounnahr» deb qayd etilgan.
XIV –XV asrlarga oid Markaziy Osiyo tarixiy teografiyasi bo‘yicha qimatli materiallarga
ega. Bu davrning asosiy manbalari Nizomiddin SHomiyning «Zafarnoma», Hofizi Abruning
«Jo‘g‘rofiy» xamda «Zubdat-ut tavorix», SHarafuddin Ali YAzdiyning «Zafarnoma»,
Abdurazzoq Smarqandiyning «Matlaus-sa’dayn», Mirxondning «Ravzatus-safo» va boshqa
asarlaridir. Temuriylar davri manbalari Markaziy Osiyo tarixiy jug‘rofiyasining turli aspektlari
bo‘yicha keng material beradi.
8
Наршахий. Бухоро тарихи. - Т.: Камалак, 1991. - Б. 100.
92


XIV asr o‘rtalarida Movarounnahrda yaxlit hokimiyat yo‘q va o‘lka kichik-kichik feodal
mulklarga bo‘lib ketgan edi. Temuriylar davrining mashhur olimi Hofizi Abru «Zubdat at-
tavorix» asarida bu holatni quyidagicha ta’riflaydi: «Amir Hoji Barlos Kesh shahri va unga
qarashli, barlos amirlarining asl yurti bo‘lgan, erlarni egalladi. Amir Boyazid esa, jaloyir
amirlariga qarashli Xo‘jand viloyatini o‘z ko‘l ostiga oladi. Qarog‘inlardan xisoblanmish Amir
Husayn, o‘zining bir gurux qadim mo‘g‘ullari va ul urug‘dan kelib chiqqan qaravunoslar bilan
ko‘rkuvga tushib bugun bir tomonda bo‘lsalar, ertasiga boshqa tomonda bo‘lardilar. Uljoy-Bug‘o
sulduz ham sardorlik da’vosini qilib, sulduzlar to‘pi bir tomon bo‘lgan edi. SHoh Muhammdxo‘ja
Zindahashm va Qaroson (ikkalasi) Andxo‘d va SHiburg‘onni egalladilar. SHoh Muhammad
Badaxshoniy o‘z Ko‘xistonini mustahkamlab oddi hamda ul viloyat hukmdorligini tama’
qilardi. Amir Kayxusrav va amir Uljaytu apardi itgifoqliqda Qatlon va unga tobe’ joylarni egallab
oldilar. Amir Hizr yasavuriy o‘z qabilalari va ko‘chmanchilarini atrofiga yig‘ib, o‘zini
boshqalardan ko‘ra ko‘proq mustaqil deyishga haqli, deb bilardi. SHu boisdan, ul mamlakatda har
kun bir fitna va har lahzada bir g‘avg‘o kelib chiqardi». Mo‘g‘uliston xoni Tug‘luq-Temurxon bu
vaziyatdan foydalanib, 1360 yil Movarounnahrga qo‘shin tortdi va osongina egalladi. Kesh
viloyatining hokimi Hoji Barlos Xurosonga qochib ketadi. Amir Temur esa o‘z yurtini dushman
tomondan talon-taroj qilinishdan saqlab qolish maqsadida, Tug‘luk Temurxonga tobelik izhor etdi.
Xon uni yaxshi qabul qilib, Kesh viloyati va unga yondash erlarga hokim etib tayinlanardi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling