Majmua pdf
O‘rta Osiyo olimlarning xronologiya rivojlanishiga ko‘shgan xissasi
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Yordamchi tarix (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ahmad al-Farg‘oniy.
- Abu Rayhon Beruniy.
O‘rta Osiyo olimlarning xronologiya rivojlanishiga ko‘shgan xissasi. Urta asrlarda
xronologiya yanada rivojlanib bordi. Xronologiya rivojiga O‘rta Osiyolik olimlar, Ahmad al- Farg‘oniy (797-865), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Umar Hayyom (1048-1131) va Mirzo Ulug‘bek (1394-1449) katta hissa qo‘shdi. Ahmad al-Farg‘oniy. Ahmad al-Farg‘oniy ilmi-xay’at (falakiyotshunoslik-astronomiya, riyoziyot-matematika) va jo‘g‘rofiya (geografiya) fanlari bilan shug‘ullandi hamda qator ilmiy asarlar yozib qoldirdi. Axmad al-Farg‘oniy al-Ma’mun topshirig‘iga binoan Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va ularni aniqlash, yangicha «zij» yaratish ishlariga rahbarlik 3 qildi. Ahmad al-Farg‘oniyning «Kitob al-harakat as-samoviya va javomi’ ilm an-nujum» (Samoviy harakatlar va umumiy ilmi kitobi) asari astronomik asar hisoblanadi. Bu asar astronomiya asoslari haqidagi kitob nomi bilan ma’lum bo‘lib, 1145-1175 yillardan Evropada lotin tiliga tarjima etilgan. Olim «Alfraganus» nomi bilan Garbda shuhrat topadi. Uning mazkur asaridan asrlar davomida Evropa universitetlarida asosiy darslik sifatida foydalanilgan, chunki bu kitob zamonasining astronomiya xakidagi eng muhim zarur bo‘lgan bilimlarini o‘z ichiga olgan edi. Ahmad al-Farg‘oniyning «Erdagi ma’lum mamlakatlar va shaxarlarning nomlari va har bir iqlimdagi hodisalar haqida» asari ham mashhur. Asarda Ernish yumaloqligi, bir xil osmon yoritqichlarining turli vaqtda ko‘tarilishi, tutilishi va bu tutilishlar har bir joyda turlicha ko‘rinish, masofalar o‘zgarishi bilan ularning ko‘rinishi ham o‘zgarishi hakida qimmatli mulohazalar bildiriladi. Abu Rayhon Beruniy. Abu Rayhon Beruniy SHarqning yorqin va ulug‘ siymolaridan biri hisoblanadi. Uning «Al osor al-boqiya ani-l-kurun al-holiya» («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»), («Xronologiya»), «Qonuni Mas’udiy» asarlarida xronologiya faniga oid ko‘plab ma’lumotlar berilgan. «Qadimgi xalklardan qolgan yodgorliklar» nomli asarda arab, eron, so‘g‘d, xorazm, yunon kalendari hamda asosiy vaqt birliklari, turli vaqt tartiblari xaqida batafsil ma’lumot bergan. Olim har bir xalqning o‘z tarixi borligini ta’kidlar ekan, ularning nafaqat tarixi, balki vaqt hisobi hamda kalendarlari ham bir-biridan farq qilinshni ta’kidlaydi. Abu Rayhon Beruniy «Movarounnaxr otashparastlari, ya’ni Xorazm va So‘g‘d aholisi ishlatadigan oylarni» bayon etadi. Movarounnahrliklarning kalendaridagi oylarining soni va yilning uzunligiga ko‘ra eronliklar kalendariga o‘xshashi, faqat oylarning boshlanishi orasida farq borligini ko‘rsatib o‘tadi. Abu Rayhon Beruniy xorazmliklar kalendaridagi va kunlarining nomlarini ham keltirib o‘tadi. Xorazmliklar «isfandorajiy» (o‘n ikkinchi) oyining oxiriga qo‘shiladigan ortiqcha besh kunning birinchisini oyning birinchi kuni nomi bilan atab, qolgan kunlarga ham birin-ketin kelgan kunlarning nomlarini berishlari aniklaganini ta’kidlaydi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling