Majmua pdf
Shunday qilib 28 ta xarfdan iborat bo’lgan arab Yozuvi
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Yordamchi tarix (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quroni Karim”
Shunday qilib 28 ta xarfdan iborat bo’lgan arab Yozuvi
shakllangan. Bu Yozuvdagi bir — biridan shaklan farq qiladigan harflar nabatiy Yozuvida bo’lgani kabi 15 tadir. Nabatiy Yozuvida so’z tarkibidagi xarflar asosan bir tomondan ulab yozilgan. Ilk arab Yozuvida esa, xarflarning ko’pchiligi har ikki tomondan qo’shib yozilgan. Shu sababli shakllanib takomiliga etgan arab Yozuvida har bir harfning so’z boshida, o’rtasida, oxirida yoziladigan va alohida shakllari ishlab chiqilgan va amalda qo’llana boshlagan. Istisno tariqasida 6 ta xarf ilgarigi xususiyatini saqlab qolgan va ular faqat o’ng tomondagi harf bilan qo’shib yoziladi. Shuning uchun ularning ikkitagina shakli mavjud, Shunday qilib, arab Yozuvidagi 28 harfning 100 ta ko’rinishi shakllangan. Ilk arab Yozuvida ayrim harflarga nuqtalarning qo’yilishi, ko’pchilik xartlarning xar ikki tomondan qo’shib yoziladigan shakllarini ishlab chiqish bilan bir qatorda xarflarning o’zaro katta — kichiklik normalari xam ishlab chiqilgan. Nabatiy Yozuvida cho’ziq unlilar xarflar yordamida ifodalanar edi. Bu qoida arab Yozuvida ham saqlab qolingan. Shuning uchun arab Yozuvidagi harflari undosh tovushlarni ifodalash bilan birga cho’ziq a, u, i unlilarni xam ifodalaydigan bo’lgan. Qisqa unlilar esa, aloxida harflar yordamida emas, balki shu unlilardan oldingi xarflarning ostiga yoki ustiga qo’yiladigan zabar, zer, pech harakatlari bilan ifodalanadigan bo’lgan. Bu harakatlardan tashqari turli vazifalami bajaruvchi hir necha qo’shimcha harakatlar ham joriy etilgan. Shunday qilib, “Qur'oni Karim” va o’sha davr og’zaki poeziyasi talaffuz normalariga to’la javob bera oladigan Yozuv ishlab chiqilgan. Arablarning bu Yozuv sistemasi VII asrning o’rtalariga kelib, takomiliga etgan. Shu tariqa arablar chetdan olib kirgan Yozuvni takomillashtirish yo’li bilan kelajakda yozma yodgorliklarni yaratish uchun juda qulay va ixcham Yozuvga ega bo’lganlar. Bunda har bir undosh tovushni ifodalash uchun alohida harf mavjud bo’lgan. Unli tovushlar xam qo’shimcha belgilar yordamida yozilish imkoniga ega bo’lgan. Bundan tashqari bu Yozuv ixchamligi bois tejamkor hisoblangan. Bu esa arab tilida kitob yozish an'anasining shakllanishida muxim shartlardan biri bo’lgan. Arablar xukmronligining kengayishi, arablarning boshqa arab bo’lmagan xududlarga tarqalishi, arab tili va islom dinining bosib olingan o’lkatarning ziyoli aholisi orasida yoyilishi, arab tilining davlat tili sifatida mavqeining mustahkarnlanishi va nihoyat arab Yozuvida imlo qoidalarining ishlab chiqilishi — bularning xammasi arab Yozuvining kelajakda yanada keng tarqalishiga zamin yaratgan. XI asrda arablarda shakllangan fikrga ko’ra, arab Yozuvining dastlabki bosqichida faqat Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling