Majmua pdf
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Yordamchi tarix (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ali Muxammad ibn Ali ibn Muqla
kufiy Yozuvi
mavjud bo’lgan. “Qur'oni Karim” dastlabki nusxalari shu Yozuvda ko’chirilgan. Bu Yozuv 4 - xalifa Ali ibn Tolib tomonidan takomiliga etkazilgan. Arab grafikasidagi boshqa xat turlari shu kufiy Yozuvi asosida keyinchalik shakllangan xat turlaridir. 41 X asrga kelib arab Yozuvi yana islox qilingan. Bu islox Ali Muxammad ibn Ali ibn Muqla (272 — 328) — (886 — 940) nomi bilan bog’liq. Bu kishi uch abbosiy xalifa qo’Iida vazirlik lavozimida ishlagan. U kufiy xati asosida sharq olamida keyinchalik mashhur bo’lib ketgan olti xat turini yaratgan olimdir: muxaqqaq, suls, riqo, nasx, tavqi' va rayhoniy xat turlari. Ibn Muqlaning bu ishini Eronlik olim Ali ibn Hiloi davom ettirgan. Uning taxallusi Ibn Bavvob bo’lgan va u 413—1022 yilda vafot etgan. U Sherozdagi mashxur kutubxonada xodim bo’lib ishlagan. Isloxot ishini undan keyin davotn ettirgan shaxs so’nggi abbosiy xalifa saroyida xattot bo’lib ishlagan Yoqut Musta'simiydir (640-696)-(1242-1298 yy.) Ibn Muqlaning yaratgan sistemasi aniq mutematik hisob - kitobga asoslangan mutanosiblik asosida qurilgan. Bunda harflarning shakli, diametri alif harfiga teng bo’lgan aylana ichiga joylashtirilgan kvadrat, besh burcliakka qiyoslab yaratilgan. Bu xarflarning moduli esa, qamishqalamning bir harakati bilan hosil qilingan rombik shaklidagi nuqtadir. Bu nuqtalarning soni bilan xarflarning katta — kichikligi aniqlangan. Umuman Ibn Muqlaning bu tizimida harflarning shakli va razmeri alifning uzunligiga teng bo’lgan rombik nuqtalarning soni bilan aniqlangan. Natijada Ibn Muqla yaratgan olti xat turining xammasida xarflarning Yozuvdagi o’rni, ularning hajmi ilmiy jihatdan aniqlab berilgan. Umuman, xattotlar va qalam sohiblari orasida eng ko’p tarqalgan va eng e'tiborli sanalgan xat turlari quyidagilardan iboratdir: 1. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling