Majmua pdf


Mis-tosh va bronza asri davri tarixiy geografiyasi


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/85
Sana26.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1127786
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   85
Bog'liq
Yordamchi tarix (2)

Mis-tosh va bronza asri davri tarixiy geografiyasi. Miloddan avvalgi SH -ming yillikning
oxirlariga kelib, Markaziy Osiyo xududida tosh davri tugadi, u o‘z o‘rnini eneolit va keyinchalik
bronza asriga bo‘shatib berdi. Arxeologiyaga oid qazilma manbalarning guvoxlik berishicha,
ibtidoiy odam metall olamiga dastlab misni ixtiro qilish orkali kirgan. Odamlar misdan uncha
katta bo‘lmagan pichoqpar, bigiz, ignalar, boltalar, uzuklar, munchoqlar, isirg‘alar tayyorlaganlar.
SHuning uchun metallni qo‘llashning bu ilk davri Eneolit Mis-Tosh davri deb ataddi. Bu
davrda dehqonchshshk va chorvachilikda ham birmuncha malaka hosil qilingan, yashash uchun
zarur bo‘lgan o‘simliklarni sun’iy o‘stirishga o‘ta boshlanganlar. Ba’zi ov qilingan hayvonlarni
ko‘dda boqish odat tusiga kira borgan.
Sekin-asta mehnat kurollari takomillashtirilib, rudali metallar, mis, qalay, kumush, oltinni
ixtiro qilganlar va ularni eritish, kuyish, ulardan foydalanish yo‘llarini o‘rganganlar.
Bronza, mis va qalay aralashmasidan iborat bo‘lib, u misga qaraganda katta afzalliklarga
ega. Ishlab chiqarishda bronzaning ishlatila boshlanishi bilan jamiyat taraqkiyotida Bronza davri
boshlangan. Insoniyat jamiyat taraqqiyotida xalq xo‘jaligi, texnika va madaniyat sohasidagi
erishilgan yutuqlar ana shu davr bilan bog‘liqdir. Zarafshonning kuyi oqimidagi Zamonbobo
ko‘lida va Sarazmda o‘tkazilgan arxeologiyaga oid tadqiqot natijalari yuqoridagi fikrlar haq
ekanligiga guvohlik beradi. Zamonbobo ko‘li atrofidagi qabrlar ochib ko‘rilgan. Ularda bitgadan,
ikkitadan va hatto uchtadan ko‘milgan mayit qoldiqlari naqshli sopol idishlar va har xil buyumlar
topilgan.
Zamonbobo manzilgohidagi aholi dexqonchilik va chorvachilik bilan ham shug‘ullangan.
Bunday madaniyat yodgorliklari O‘zbekistonning Surxondaryo (Sopollitepa, Jarqo‘ton), Xorazm
(Tozabog‘yob), Toshkent (Achiqko‘l, YAngier tumani, Toshkent kanali atrofi, Burg‘uluq),
Namangan (Buvana mozor), Andijon (Dalvarzin tepa), Qashqadaryo (Erqo‘rg‘on, To‘rtko‘ltepa)
va boshqa viloyatlarida ham ko‘plab topilgan.
So‘nggi bronza davri yodgorliklari Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlari hududida
devorlar bilan o‘ralgan qishloqlar paydo bo‘lganligiga guvohlik beradi. Bu Markaziy Osiyoda
qadimgi shaharlarning vujudga kela boshlash jarayoni edi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling