Majmua pdf
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Yordamchi tarix (2)
hunarmandchilik ham rivoj topganini keyingi 25—30 yil davomida Samarhandda Afrosiyob — /,
Qashsadaryoda Erqo‘rgon — /, Buxoroda Buxoro — 1 va boshha erlarda olib borilgan sazilma topilmalari ko‘rsatadi. So‘g‘diyonada kulolchilik va sopolchilik hali bu erga ahmoniylar kelmasdan ilgari ham, miloddan avvalgi IX—VIII asrlardayoq rivojlanganini isbotladi. Qadimgi xalqlarning hududiy joylashuv chegaralari haqida fanda hanuzgacha aniq bir fikrga kelinmagan. So‘nggi 15-20 yil ichida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar va ularni yozma manbalar bilan solishtirish natijasida tarixiy viloyatlar hududlari, joylashuviga tarixiy chegaralari muammolariga aniqliklar kiritish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ma’lumki, davlatlarning etnik va siyosiy chegaralari paydo bo‘lishidan oldin aholi joylashuvining geografik chegaralari paydo bo‘ladi. Qadim zamonlardan boshlab qabila va qabila guruhlari, keyinroq esa xalqlar o‘zlari joylashgan katta va kichik hududlarda o‘z chegaralarini belgilab olganlar. Antik davr tarixchilari qadimgi Uzbekistonning ba’zi viloyatlari (So‘gdiyona, Baktriya) chegaralari haqida yozganlarida aholining aralash joylashganligini hisobga olmaganlar. SHuning uchun ham ular aholining hududiy joylashuvi va chegaralarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniq belgilab berolmaydilar. Gerodot Urta Osiyo xalqlarini aloxida satrap-o‘lkalarga joylash-tirsa ham ular joylashuvining geografik chegaralarini aniq belgilamaydi. Ahmoniy hukmdorlari o‘zlari bosib olgan hududning sharqiy chegaralari haqida bilmasliklari mumkin emas edi. Hech bo‘lmaganda Kir II yoki Doro I, yoki bo‘lmasa ahmoniy podsholari yurishlaridan so‘ng sharkiy chegaralar - viloyatlar geografiyasi, aholi joylashgan asosiy joylar, yo‘llar, yirik manzilgohlar, kal’alar haqida aniq ma’lumolar olingan bo‘lishi kerak. Ammo qadimgi fors yozma manbalarida bular hakida eslatilmaydi 2 . Qadimgi fors yozuvlarini o‘rganish asosida qadimgi O‘zbekistonning, jumladan, So‘g‘diyonaning miloddan avvalgi U1-1U asrlarga oid siyosiy tarixiga doir ko‘plab muammolarga aniqlik kiritildi 3 . Gerodot, Ksenofond, 78 Ktesiylar So‘g‘diyonaning qo‘shni viloyatlar bilan chegaralari haqida nafaqat aniq, balki, umumiy xulosalarga ham ega bo‘lmaganlar. So‘g‘diyonaning tarixiy geografiyasiga oid ko‘pgina dolzarb masalalarni hal etishda makedoniyalik Iskandar yurishlari to‘g‘risida yozib qoldirgan tarixchi va geograflarning ma’lumotlari katga ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu ma’lumotlar tarixiy adabiyotlarda ham keng eritilgan' 1 . Antik davr yozma manbalari So‘g‘diyonaning janubiy chegaralarini Oks-Amudaryo deb beradilar. Iskandarning yurishlari paytida Oks Baqtriya va So‘g‘diyona o‘rtasidagi chegara rolini bajargan. Strabonning yozishicha, Oks daryosi "So‘g‘diyonani baktriyaliklar o‘lkasidan" ajratib turgan. Strabon So‘g‘diyonani Baqtriyananing yuqorisida, sharqiy yo‘nalish tomonda, Oks va YAksart oralig‘ida joylashtirib, uning chegaralarini ancha kengaytirib beradi. Kursiy Ruf Navtaka, Ksenippa so‘g‘diylar erlari deb eslatib o‘tadi. Tadqiqotchilar orasida Aleksandr Makedonskiyning yurishlari, aniqrog‘i uning So‘g‘diyona erlariga Oksning qaeridan kechib o‘tganligi turli munozaralarga sabab bo‘lmokda. Kechuv joyini ba’zi olimlar SHo‘rob 1 desa, ba’zi olimlar Kerki atrofida 2 deydilar. A.Sagdullaev esa bu joyni Kerki va SHo‘rob o‘rtasida bo‘lgan deb hisoblaydi 3 . SHuni ta’kidlash mumkinki, antik mualliflarning O‘zbekistonning janubidagi aholi joylashuvi va tarixiy viloyatlarning chegaralari haqidagi tasavvurlari deyarli umumiy edi. Miloddan avvalgi P—I asrlarda Sirdaryo, Ettisuv cho‘llari va Orol dengizi atroflariga Xunn qabilalari ko‘chib kelib o‘troq hayotga o‘ta boshlaganlar. Xunnlar asli Markaziy Osiyo cho‘llarida tashkil topgan yirik qabila ittifoqdir. IBichurin. N.Gumilev bergan ma’lumotlarga qaraganda, bu turkiyzabon kabila birlashmalari to‘g‘risidagi malumotlar Xitoy solnomalarida miloddan avvalgi 1756 yildan boshlab tilga olingan. Xunnlar juda katga xududllarda yashaganlar. Ular Oltoy, Markaziy Osiyodan G‘arbiy Evropa erlarigacha, janubda Kaspiy dengizi bo‘ylari hamda SHimoliy Kavkaz erlarigacha bo‘lgan joylarga egalik qilar edilar. Bu salttanat haddan tashqari katga hududlarga yoyilib ketganligidan ikki qismga: G‘arbiy va SHarqiy Xunn saltanatiga bo‘lib idora kilingan. SHimoli-sharqdan Turonga ko‘chib kelgan Xunnlar mahalliy aholi bilan qo‘shilib ketganlar. Natijada Sirdaryoning o‘rta okimida turkiy tilda so‘zlashuvchi etnik guruhlar qatlami ko‘paygan va ular Qang‘uy yoki Kanha davlatiga birlashganlar. Ana shu davrdan e’tiboran Markaziy Osiyoda turkiy tillar ta’siri kuchaya borga. Ayniksa, bu jarayon Turk hoqonligi davrida yanada rivoj topgan. Bu davrga kelib, SHimoliy Enasoy (Enisey)dan tortib to Sirdaryoning o‘rta oqimiga qadar cho‘zilgan keng hududlarda yashagan aholining asosiy so‘zlashuv tili turkiy til bulgan. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling