Majmua pdf


Buyuk Ipak yo‘lining tarixiy geografiyasi


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/85
Sana26.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1127786
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85
Bog'liq
Yordamchi tarix (2)

Buyuk Ipak yo‘lining tarixiy geografiyasi. Vatanimiz xalqlari tarixida «Buyuk ipak
yo‘li» katta ahamiyatga egadir. Qadim zamonlar tarixiga ko‘z tashlar ekanmiz, jamiyat
taraqqiyotining bronza davridan ham ilgarigi davrlardan boshlab, hududlararo bog‘lovchi vosita
sifatida unga xos ixtisoslashgan yo‘llar paydo bo‘lganligini ko‘ramiz. Tarihsa miloddan avvalgi
U1-1U asrlarda Eron Ahmoniylagj saltanati davrida uning hududi bo‘ylab «shox yo‘li» o‘tgan.
Undan ham ilgariroq Urta va YAqin SHarkda Badaxshon lazuritiga bo‘lgan ehtiyoj «lazurit
yo‘li»ning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan. Badaxshon lazuritlari Mesopatamiya va Misr
podsholari saroylarini, ibodatxonalarini bezagan, ayollarning turli bezaklarini ishlashda keng
ko‘llanilgan. Qarb bilan SHarqni bir necha ming yillar davomida bir-biriga bog‘lab kelgan ana
shunday qadimgi yo‘llardan biri - «Buyuk ipak yo‘li»dir. Bu yo‘l fanga «Ipak yo‘li» nomi bilan
faqat XGX asrning 70-yillaridan boshlab nemis olimi Ferdinand fon Rixtgofen tomonidan kiritildi.
Unga qadar bu yo‘l «G‘arbiy meridional yo‘l» deb atalardi. 1877 yili Berlinda D.Rayner
89


nashriyotida Ferdinand Frayxern fon Rixtgofenning «Kitay. Rezultat1 sobstvennmx puteshestviy i
posleduyushego glubokogo izucheniya» nomli ko‘p tomlik monografiyasi nashr etildi. F.F. fon
Rixtgofen (1833-1905) - nemis geografi va geologi, Berlin georgraflar jamiyatining a’zosi bo‘lib, u
Xitoyning tabiatining tadkiqotchisidir. U Xitoyning nafaqat geografiyasini balki, geologiyasi, flora
va faunasini, dinini ham o‘rgangan. Ushbu kitobida F.Rixtgofen birinchi bo‘lib ilmiy
muomalaga «Buyuk Ipak yo‘li» terminini kiritadi. SHuningdek, karvon yo‘llarining qadimdan to
o‘zining davrigacha bo‘lgan yo‘nalishlarini keltiradi.
Xitoyda ipakchilikning dastlab keng tarqalgan joyi Xuanxe daryosining quyi havzasida
joylashgan SHandun viloyatidir. Qadimgi Xitoydagi Sian shahri ipak yo‘lining boshlanish
nuqtasi hisoblanadi. Akademik AAsqarovning ma’lumotlariga karaganda ham «Buyuk ipak
yo‘li» Xitoyning qadimgi markazi Siandan boshlanib, Lanchjou orqali Dunxuanga keladi. Bu erda
u ikkiga ajraladi. Ipak yo‘lining janubi-garbiy tarmog‘i Taklamakon sahrosi orqali Xotanga, undan
Baqtriyaning bosh shahri Zariaspga (Balx) kelgan. Balhda yo‘l yana uch tarmokqa ajraladi,
g‘arbiy tarmog‘i Marvga, janubiy tarmog‘i Hindistonga, shimoliy tarmog‘i Termiz orqali
Darband, Nautak, Samarqandga qarab ketadi. Ipak yo‘lining shimoli-g‘arbiy tarmog‘i esa
Dunxuandan Bami, Kuchi, Turfan orqali Tarim vohasiga- Qashgarga boradi. U erdan
Toshqo‘rg‘on orqali Uzgan, Ush, Quva, Axsikent, Popga, undan Asht dashti orqali Xo‘jand,
Zomin, Jizzaxga, so‘ngra Nautak yo‘li bilan birlashadi. Io‘l Samarqanddan garbga - Dobusiyaga,
Malik cho‘li orqali Buxoro va Romitanga, undan Varaxsha orqali Baykent va Forobga borib
Amul shahriga o‘tadi. Amulda Marvdan Urganch tomon Amu bo‘ylab ketayotgan yo‘lga
qo‘shilgan. Qadimda Marv shaxri o‘zining turli yo‘nalishdagi karvon yo‘llari tutashadigan
geografik kulayliklariga ko‘ra ipak yo‘lidagi eng yirik shahar ^di. Marvdan G‘arbga tomon katta
karvon , savdo yo‘li bo‘ylab Xitoy, Hindiston va O‘rta SHarqni YAkin SHarq va O‘rta Er dengizi
mamlakatlari bilan bog‘lab turadi. Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra Marvdan g‘arbga tomon
yo‘nalgan «ipak yo‘li» Tabriz va Parfiya davlatining Nisa shahri orqali Eronning Gekotompil,
Apaliya va Ekbatana (Hamadon) shaharlariga va ulardan o‘tib Mesopatamiyaning Ktesifon va
Bag‘dod shaharlariga tarqalgan. Undan Dajla, Tigr daryosining o‘ng sohili bo‘ylab shimol tomon
yo‘nalib, Antioxiya orkali Damashqqa, undan Tir va Quddus shaharlari orqali Misrga o‘tgan.
Marvdan chiqqan shimoliy yo‘l esa Amul orqali Urganchga, undan SHimoliy Kaspiy bo‘ylab
SHimoliy Kavkazga, so‘ngra Qora dengizning shimolidan Konstantinopolga borib, Bosfor va
Dardanell orkali O‘rta Er dengiziga o‘tib, Vizantiya shaharlarini oralagan. «Buyuk ipak yo‘li»
orqali SHarq va G‘arb mamlakatlari savdo va elchilik aloqalari kilganlar. YOzma manbalardagi
ma’lumotlarga qaraganda SH-UP asrlarda Markaziy Osiyo va O‘rta SHarq orqali o‘tgan ipak
yo‘lining nazorati so‘g‘dlarning qo‘lida bo‘lgan bo‘lsa, O‘SH asr o‘rtalariga kelib, «Ipak
yo‘li»ning g‘arbiy qismi arablar nazoratiga o‘tadi. XSH asrda esa ipak yo‘lining barcha tarmoqlari
bo‘ylab nazoratni CHingizxon o‘z qo‘liga oladi. Bu holat to XIV asr o‘rtalarigacha davom etdi.
So‘ng «Ipak yo‘li» Temur va Temuriylar nazorati ostiga o‘tdi. «Ipak yo‘li» orqali Xitoydan G‘arb
mamlakatlariga, asosan ipak, ilk o‘rta asrlardan boshlab qog‘oz chiqarilgan bo‘lsa, g‘arb
mamlakatlaridan Xitoyga shisha, jundan ishlangan har xil gazlamalar, gilam, palos, oyna, metall,
zebi ziynat bezaklari, qimmatbaho toshlar (lazurit, biryuza, serdalik) va har xil dorivorlar,
arg‘umoq otlar olib borilgan. Xullas, Buyuk «Ipak yo‘li» Markaziy Osiyo xalklarini siyosiy,
iqtisodiy, madaniy va savdo sohasidagi hayotida katta o‘rin tutgan, o‘lka xalqlari bu yo‘l tufayli
G‘arb va SHarq dunyosi hamda ularning xo‘jalik ixtirolaridan keng baxramand bo‘lganlar.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling