Majmua pdf


Parfiya va YUnon-Baqtriya podsholigi tarixiy geografiyasi


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/85
Sana26.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1127786
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   85
Bog'liq
Yordamchi tarix (2)

Parfiya va YUnon-Baqtriya podsholigi tarixiy geografiyasi. Miloddan avvalgi SH
asrning o‘rtalarida salavkiylar saltanati inqiroz sari yuzlandi. SHarqiy satrapliklar markaziy
84


hokimiyatga bo‘ysunishdan bosh tortib, mustaqil siyosat yurgizishga intildilar. Parfiya va Baqtriya
miloddan avvalgi SH asrning o‘rtalarida, taxminan 250 yilda salavkiylar tobeligidan chiqib
ketdilar. Bu davrda Baqgriya satrapi Diodot edi. Baqtriyaning salavkiylardan ajralib chiqishini
Evtidem ham qo‘llagan edi. Evtidem So‘g‘diyona yoki Marg‘iyonaning hokimi bo‘lib, u Diodotga
qaram edi. Diodot Baqgriyada Salavkiylarga qarshi ko‘tarilgan mahalliy aholi qo‘zg‘olonidan
foydalangan.
Mustaqilikka erishgan Baqgriya Diodot I davrida qudratli davlatga aylanadi. Bu
davlatning poytaxti hozirgi Afg‘onistoning Mozori-SHarif shahriga 90 km yaqin qadimgi Balx
shahri bo‘lgan. Baqtriyaning Afg‘oniston hududidagi Begram, Baqtra, Oyxonum, Dalvarzin,
Tojikiston hududiga qarashli Qobadshoh, Qayhobod, Ko‘hna Qal’a, O‘zbekiston hududidagi
Dalvarzintepa, Dunyotepa, Hayitobodtepa, Jondavlattepa kabi qadimgi shaharlar bo‘lgan.
Tarixiy manbalarda Baqtriya yuksak rivojlangan 1000 shaharli mamlakat deb yuritilgan.
Viloyat hokimlaridan biri bo‘lgan So‘g‘diyona hokimi yunon Evtidem Diodot II ga qarshi kurash
boshlab, kurashda Evtidem g‘olib chikadi. U miloddan avvalgi 212 yilda YUnon-Baqtriya
davlatiga asos soldi. Evtidem Baqtriyada o‘z hukmronlik mavqeini mustahkamlashga harakat
qildi.
O‘z imkoniyati va kuchiga ishongan Antiox III Evtidem yordamida Hindistonga urush e’lon
qildi. U salavkiylar davlatining sharkiy viloyatlarini o‘ziga tobe etishni maqsad qilgan edi. Ammo
salavkiylar uchun Markaziy Osiyo abadiy yo‘qotilgan edi.
Miloddan avvalgi 206 yildan e’tiboran YUnon-Baqgriya davlati uchun salavkiylar havfi
yo‘qoldi, biroq shimoldan sak-massagetlarning xavfi kuchaygan zdi.
Evtidem boshliq davlat tarkibiga Baqtriya, So‘g‘d, Areya va Marg‘iyona hududlari qarar
edi. Evtidem o‘z davlati hududiy chegaralarini Hindiston erlari hisobiga kengaytirishni orzu qilar
edi. Ammo bu ishni Evtidemning o‘g‘li Demetriy (miloddan avvalgi 199—167 y.y.) amalga
oshirishga harakat qildi.
Natijada Baktriyaning davlat chegaralari kengayib har jixatdan tarakqiy etdi. Demetriy
davrida ko‘plab xarbiy qal’alar qurildi. SHunday qal’alardan biri Amudaryo sohilida qad
ko‘targan Termiz shaxridir.
Davlat chegaralarining Hindiston hisobiga kengayishi munosabati bilan Demetrmy
davlatining markazi janubga — Taksilaga ko‘chirildi. Miloddan avvalgi 174 yidsa Baqgriyada
davlat to‘ntarishi yuz berdi. Bu hol So‘g‘diyonaga, YUnon-Baktriya podsholigi tasarrufidan chiqib
olishiga qulay sharoit yaratdi.
Binobarin, tez orada So‘g‘diyona YUnon-Baktriya davlatidan mustakil ajralib chikdi.
Parfiya YUnon-Baqtriyadan Marg‘iyonani tortib olgach, uning siyosiy maydondagi mavkei
yana ham pasayib ketdi. Bu davrga kelib endi YUnon-Baqtriya davlati uchun shimoldan
ko‘chmanchilar xavfi kuchaydi.
Geloikl YUnon-Baktriyaning kudratini saqlab qola olmadi. Uning ixtiyorida faqat Baqtriya
erlari qoldi. YUnon-Baqtriya davlatining katta hududini Parfiya bosib oldi.
Baktriyaga esa tobora yuechji kabilalari tahdidi kuchayib-bordi. Miloddan avvalgi III asrda
SHarqiy Turkiston va SHimoli-SHarqiy Tibetda yashagan katta qabilalar Xitoy manbalarida katta
yuechjilar «da yuechji» deb atalganlar. YUechjilar Markaziy Osiyoga o‘tib YUnon-Baqtriyaga
zarba beradilar.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling