Majmua pdf


A.Makedonskiy tomonidan O‘rta Osiyoni bosib olishi tarixiy geografiyasi


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/85
Sana26.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1127786
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   85
Bog'liq
Yordamchi tarix (2)

A.Makedonskiy tomonidan O‘rta Osiyoni bosib olishi tarixiy geografiyasi.
A.Makedonskiy miloddan avvalgi 334 yil Granik, miloddan avvalgi 333 yilda Iss va miloddan
avvalgi 331 yilda Gavgamel yonidagi janglarda Doro III ni mag‘lubiyatga uchratgandan keyin
Markaziy Osiyoga kirib keldi. Politimit daryosi bo‘yida kuchli to‘qnashuv yuz beradi. Kiropol
(Kurushkat, O‘rta O‘ratepa)da Spitamen ko‘zg‘oloni So‘g‘diyona va Baktriyaga yoyiladi.
A.Makedonskiy Markaziy Osiyoda 12 ta yangi shahar quradi. SHulardan olisdagi Aleksandriya
(yunoncha nomi -Apeksandriya Esxata) u Xo‘jand va Bekobod oralig‘ida joylashgan.
Aleksandriya -Marg‘iyonasi Marv o‘rnida kurilgan.
Markaziy Osiyo hududining Ahmoniylar asoratidan batamom ozod bo‘lishi bu o‘lkaning
makedoniyalik Iskandar Zulqarnayn (kkki shohli) tomonidan egallanishi bilan bilan bog‘liqdir. Gap
shundaki, miloddan avvayagi VI—V asrlarda Eron Ahmoniylar manfaati bilan YUnoniston
manfaati Kichik Osiyoda to‘qnashib koladi, Har ikkala davlat bu hududda o‘z ta’sir doirasini
kengaytirish va mustahkamlash uchun, iqtisodiy va syyosiy jihatdan yuqori mavqeni egallash
uchun harakat kitladilar. SHu ezgu niyatni amalga oshirish ilinjida Iskandar Zulqarnaynning
otasi shoh Filipp P (miloddan avvalgi 382—336 yillar) zo‘r berib Eronga qarshi urushga
tayergarlik ko‘ra boshladi. Xususan u miloddan avvalgi 338 yilda Xeroneyada bo‘lgan jangda
eron askarlarini mag‘lubiyatga uchratgandan so‘ng Eronni zabt etishni maqsad kilib qo‘ygandi.
Lekin Filipp II o‘z niyatini amalga oshirolmay 336 yilda uyushtirilgan fitna oqmbatida, saroy bazmi
vaqtida o‘ldiriladi.
Filipp II o‘ldirilganda Elippa shohining qizi Olimpiadadan tug‘ilgan o‘g‘li Iskandar
(miloddan avvalgi 356-323) o‘n to‘qqiz yoshda bo‘lib, otasi uning tarbiyasiga katta e’tibor
bergan edi. Uni 13 yoshda bo‘lgan chog‘ida buyuk olim Aristotel’ tarbiyasiga beradi. Filipp P
o‘ldirilgach, Iskandarni lashkarlar yig‘ini shoh qilib ko‘taradilar. Taxtni egallagan Iskandar o‘z
raqiblari va taxtga da’vo qilishi mumkin bo‘lgan barcha erkak zotini kilichdan o‘tkazadi va
mutlak hokim bo‘lib oladi. U o‘z faoliyati davomida kadimgi dunyoning mashxur
lashkarboshisi va buyuk davlat arbobi darajasiga ko‘tarildi. Iskandar Zulkarnayn 22 yoshida jahon
5
Т а л а н — солиқ миқдори. Бир талан 34 кг га тенг бўлган.
82


saltanatini tashkil qilishga bel bog‘ladi. Miloddan avvalgi 334 yilda Suriya, SHom, Finikiya, Misr,
Eron, Turon va Hindistonni egallab buyuk saltanat barpo etadi.
Iskandar Eronning asosiy viloyatlarini bosib olgach, miloddan avvalgi 329 yilning bahorida
Hindikush tog‘idan oshib Markaziy Osiyo hududlariga kirib keladi.
Iskandar qo‘shinlariga avvalo birinchi zarba Oriyona (hozirgi Xirot viloyati)da berildi.
SHimoli-sharqiy viloyatlar — Girkaniya, Ariya, Parfiya, Drongiana, Araxoziya, Baqgriya va
So‘g‘diyonani bo‘ysundirish uchuyan uch yil vaqt kerak bo‘ldi.
Iskandar Markaziy Osiyoda birinchi bor Ustrushonada Samarqand bilan Xo‘jand
ors^shg‘ida tog‘lilarning qattiq qarshiligiga duch keladi. Tanais (Sirdaryo)ning narigi tomonidan
tigataradarayya saklariga qarshi ketganida, Iskandarga Samarqanddan chopar kelib, Spitamen
boshchiligida shaxarda unga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarilganligi xabarini beradi.
Tarixiy yozma manbalarda katga sovg‘a-salomlar bnlan do‘stlik aloqalarini o‘rnatish
maqsadida Xorazm shohi 1500 otliq suvoriylar bilan Iskandar oldiga bosh egib kelganligi yoziladi.
Jumladan, «Iskandarnoma»da Xorazmshoh «Feruzbax va Jamshidshoh o‘z askarlari bilan
yordamga» kelgani ta’kidlanadi. Arrian esa «Xorazmliklar shohi Farasman Iskandarga bosh egib
keldi», deydi. Aslida Xorazm xukmdori o‘zining donishmandligi va uzoqni ko‘ra bilganligi tufayli
mamlakat mustaqilligini saklab qola oldi. U vaziyatni to‘g‘ri baholay oldi va Samarqandga
Iskandar huzuriga keldi. Farasman mazkur uchrashuv chog‘ida harbiy ittifoq tuzib Qora dengiz
tomon yurishni taklif etadi. Spitamen qo‘zg‘olonini bostirish bilan band Iskandar «Farasmanga
tashakkur aytib, u bilan do‘stlik ittifoqini tuzadi». SHu bilan birga hozir Pontiga, (Qora dengizga)
yurish qilish vaqti emas» deb aytadi.
Iskandar mahalliy xalq vakillari, birinchi navbatda xukmdor oqsoqollar va rahbarlar bilan
umumiy til topish, ularga yaqinlashish yo‘llarini izlay boshladi. U miloddan avvalgi 327 yilni
Nautakda o‘tkazib, bahorda So‘g‘d qal’asini egallaydi. Tog‘lar orasida joylashgan bu shaharning
hokimi Aksiart edi. U Aksiartning qizi Roksanaga uylangan. So‘ngra, Baqtriya va So‘g‘diyona
tog‘lari orasida joylashgan 4 ta kal’ani: So‘g‘d, Sizimeta, Arimaza va Xorienni egallaydi.
Iskandar Markaziy Osiyo xududlarida shaharlar barpo etgan, Jumladan, YUstin «Pompey
Trog epitomi» asarida Iskandar Baqtriya va So‘g‘diyonada 7 shahar kurdirganligini yozadi.
SHulardan biri Sirdaryo sohilida 17 kunda qurib bitkazilgan qal’a «Aleksandriya Esxata», yani
olisdagi Iskandariya edi. Bu shahar Xo‘jand bilan Bekobod oralig‘i (taxminan Farhod GESi) da
joylashgan edi. Iskandarning qal’a va -shaharlarni qurishidan sabab, u bu shaharlarda yunon-
makedon qo‘shinlarini joylashtirib Baqtriya va So‘g‘dda o‘z istelochilik zulmini kuchaytirishni
o‘ylagan edi. Iskandarning Markaziy Osiyoda olib borgan yaratuvchilik faoliyatiga qaraganda,
vayron etuvchilik faoliyati ortiq. SHu sababdan Iskandar Zulqarnayn Markaziy Osiyoni obod qildi,
xalqlar orasiga ma’rifat va madaniyat kiritdi, deyish adolatdan emas.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling