Majmua pdf
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Yordamchi tarix (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sopollitepa, Jarqo‘ton
- 3-mavzu: MAKAZIY OSIYODAGI QADIMGI DAVLAT TUZILMALARI TARIXIY GEOGRAFIYASI Reja: 1. Eng qadimgi davlat tuzilmalari tarixiy geografiyasi, ularning xo‘jaligi.
Tayanch tushuncha :
76 CHaqmoqli - Neolit davri yodgorligi bo‘lib, Ashgabatdan 40 kmlar shimoli-g‘arbda joylashgan, «CHakmoqli» - deb atashining boisi, turkman cho‘ponlari bu joydan chaqmoktosh terishar ekan. Sopollitepa, Jarqo‘ton - Surxondaryo hududida joylashagan. Tozabog‘yob - Xorazm xududida joylashagan. Achiqko‘l, YAngier tumani, Burg‘uluq - Toshkent hududida joylashagan. Buvana mozor - Namangan xududida joylashagan. Dalvarzin tepa - Andijon xududida joylashagan. Erqo‘rg‘on - Qashkadaryo xududida joylashagan. 3-mavzu: MAKAZIY OSIYODAGI QADIMGI DAVLAT TUZILMALARI TARIXIY GEOGRAFIYASI Reja: 1. Eng qadimgi davlat tuzilmalari tarixiy geografiyasi, ularning xo‘jaligi. 2. Qadimiy shaxarlarning tarixiy geografiyasi. Eng qadimgi davlat tuzilmalari tarixiy geografiyasi, ularning xo‘jaligi. Miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmida vatanimiz xududida dastlabki davlat tuzilmalari bo‘lganligiga xech qanday shubha yo‘q. Turli yozma manbalarda bu davrda bir necha qadimgi davlatlar bo‘lganligi tilga olinadi. Bular: Katta Xorazm — Amudaryoning quyi oqimidagi shimoliy erlar, Murg‘ab vohasi va Parfiya hududlari. Batstriya — hozirgi Surxondaryo, Tojikistonning Amudaryoga yaqin erlari va SHimoliy Afg‘oniston hududlari, So‘gdiyona — Zarafshon daryosidan suv ichgan erlar va Qashqa vohasi hududlaridir. Eng qadimgi kuldorlik davlatlari konfederatsiyasiga Katga Xorazm va Baktriya kirgan, So‘g‘diyona esa bu davrda mustaqil davlat sifatida faoliyat ko‘rsatmagan. Ammo kuldorlik davlati Markaziy Osiyo sharoitida nisbiy xarakterga ega. CHunki bu hududda kuldorlik tuzumi va kuldorlik davlati tom ma’noda sodir bo‘lmagan. Xo‘sh, kuldorlik jamiyati xususida qanday fikr bayon kilish mumkin? Quldorlik jamiyati kishini kishi tomonidan ekspluatatsiya kilinishiga asoslangan birinchi sinfiy jamiyatdir. Bu jamiyat shunisi bilan tavsifga loyiqki, kuldorlar va kullar asosan qarama- karshi sinflar bo‘lib, ular o‘rtasidagi doimiy kurash mazkur jamiyat tarixini harakatga keltiruvchi kuch bo‘lib kelgan. Demak, ana shu sinfiy kurash tufayli jamiyatning butun tuzilishi ikgasodiy, hukukiy normalari, turmushi, urf-odati, texnikasi va bilim darajasi, etikasi, dini, falsafasi va ijtimoiy qarashlari to‘la kuch bilan namoyon bo‘lgan. O‘tmishdan ma’lumki, eng qadimgi ilk kuldorlik davlatlari bu miloddan avvalgi IV—SH ming yilliklarda vujudga kelgan Mesopotamiya va Misr hisoblanib, kolgan hududlarda esa ancha keyinrok, ya’ni USH—SH asrlarda vujudga kelgan va rivoj topgan. SHuni ta’kidlash joizki, ibtidoiy jamoa tuzumidagi mulkdor qabila boshliqlari bilan oddiy jamoa a’zolari o‘rtasidagi ziddiyatlarning keskinlashuvi natijasida quldorlik tuzumi va kuldorlik davlatlari yuzaga kelgan. Bu tuzumda kullikning 3 xil asosiy xususiyatlari mavjud bo‘lgan: 1. Qul bir yoki bir necha xo‘jayinning shaxsiy mulki hisoblangan. 2. Qul ishlab chiqarish vositalariga ega bo‘lmagan. 3. Kul ekspluatatsiyaga noiktisodiy yo‘l bilan majbur etilgan. Gerodot asarlarida Baqtriya haqida ba’zi bir ma’lumotlar uchraydi. Jumladan, u Kirning Midiya podshosi Krez ustidan kozongan g‘alabasi xaqida hikoya qilar ekan, endi Kir yo‘lida Vavilon, Baktriya xalki, saklar va misrliklar yotadi deb qayd etadi. 77 YUnon mualliflarining «Qadimgi Baqtriya podsholigi» haqidagi hikoyalari zaminida tarixiy xaqikat borligini Janubiy Baqtriyada Baqtra shahri vayronalarida, SHimoliy Baqtriyada esa Kuchuktepa, Qiziltepa, Tallashkantepa, Bandixon-2 kabi yodgorliklarida olib borilgan arxeologiyaga oid qidiruv topilmalari ham Markaziy Osiyoni Ahmoniylar saltanati bosib olgunga qadar (bu voqealar miloddan avvalgi VI- IV asrlarda sodir bo‘lgan edi) bu ona zaminda ikkita davlat mavjud bo‘lganligini isbotlaydi. Bu davlatlar «Katga Xorazm» va «Qadimgi Baqtriya podsholigi» edi. Bu davlatlarning xududiy doirasi ichki davlat tarkibi va ijtimoiy-iktisodiy hamda madaniy aloqalari to‘g‘risida «Avesto» asari va yunon muarrixlari qisqacha bo‘lsa-da, ba’zi bir ma’lumotlarni beradilar. Markaziy Osiyoning eng kadimiy o‘lkalaridan yana biri So‘g‘diyonadir. Bu o‘lka hozirgi Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlari hududida shakllangan. Tarixiy yozma manbalarda miloddan oldingi VI—IV asrlarda So‘g‘diyona aholisi axmoniylarga katta jarima to‘lab turganligi ta’kidlanadi. So‘g‘d tili qadimda va ilk o‘rta asrlarda jahon savdo tili sifatida katga nufuzga ega bo‘lgan. Bu danlatning poytaxti Samarqand SHarq bilan G‘arbni savdo-iktisodiy jihatdan bog‘lagan «buyuk ipak yo‘li»da SHarq darvozasi hisoblangan. Samarqandning tub erli aholisi arxeolog olimlarning ma’lumotlariga qaraganda bu shaharni Smaratsansa deb atagan. Keyinchalik so‘g‘d tili o‘rnini fors tili egallagach, taxminan milodning IX asri o‘rtalarida Smaraqansa Samarqand deb atala boshlagan. A.Asqarovning «Uzbekiston tarixi» kitobida Samarqand turkiycha Semizkent, Xitoy manbalarida Kan deb yuritilgan. XSH asrdan, ya’ni mo‘gullar bosqinidai so‘ng besh asr o‘tgach, Samarqand - Afrosiyob deb yuritila boshlagan. O‘lkamizda olib borilgan arxeologiyaga oid qazilma ishlari So‘g‘diyonada yashagan aholining yuksak dehqonchilik va chorvachilik madaniyatiga ega bo‘lganliklarini ko‘rsatadi. Bu erda Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling