Majmua pdf
Tarixiy manbalarda Markaziy Osiyo tarixiy geografiyasining turli aspektlari. (siyosiy
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Yordamchi tarix (2)
5.Tarixiy manbalarda Markaziy Osiyo tarixiy geografiyasining turli aspektlari. (siyosiy
ma’muriy bo‘linishi, tabiati, xo‘jaligi, savdo yo‘llari, xalqaro aloqalari, toponimiyasi v.h.k.) 6.Temuriylar davlatining ma’muriy-hududiy bo‘linishi. Eftalitlar davlati tarixiy geografiyasi. Mamlakatimiz xududida ilk yirik feodal davlatlardan biri - Eftalitlar davlatidir. Eftalitlarning kelib chikishi haqida fanda turli fikrlar bor 7 . Aniqrog‘i, Eftalitlar massagetlarning avlodidan bo‘lib, ular Kushonlar siyosatini davom ettiradilar va Markaziy Osiyoda yagona markazlashgan davlatni barpo etdilar. Eftalitlar podshosi Vaxshunvar 457 yidda CHog‘oniyon Tohariston va Badaxshonni o‘ziga bo‘ysundirdi. Eftalitlar qo‘shnisi Eron sosoniylari bilan urush holatida bo‘lib, ikki marta shartnoma tuzgan. Ammo shartnomani buzib, Vizantiya yordamida sosoniylar shohi Peroz eftalitlarga hujum boshlaydi ammo tor-mor keltiriladi. Eftalitlar Eronga katta o‘lpon soladilar, Marvni egallaydilar. So‘ngra ular Qobul va Panjob vodiysini, Qarashar, Kuchu, Qoshgar va Xo‘tonni egallaydilar. 7 Ватан тарихи, Б.112-113 91 Ammo Turk hoqonlarining eftalitlarga qilgan hujumidan foydalanib, Xusrav I 554 yilda eftaliylardan Toharistonni tortib oladi. 563-567 yillarda esa turk hoqoni Silsivul Eron bilan ittifoqlikda eftalitlarga qaqshatg‘ich zarba beradi va bu podsholikni tobe ahvolga solib ko‘yadi. Eftalitlar davlatining siyosiy markazi - poytaxti qaerda bo‘lganligi to‘g‘risida qatiy aniq ma’lumot yo‘q. Taxminiy fikrlarga ko‘ra bunday markaz Poykand yoki Balx bo‘lgan deyiladi. Eftalitlar davri tarixiga oid ba’zi bir moddiy madaniyat yodgorliklari mamlakatimiz hududida sakdanib qolgan. Bular Xorazm viloyati hududidagi Firqal’a (Qiyot-Beruniy yaqinida), Buxoro viloyatida Poykand va boshqalardir. Eftalitlar davrida shuhrat topgan yirik shaharlardan biri Paykent (Baykend)dir. Nrashaxiy Baykentni «Buxoro shahridan qadimiyroq» - deb hisoblaydi 8 . Markaziy hokimiyatning zaiflashuvi va kichik-kichik mayda hukmdorlarning raqobatlari natijasida VI asrning o‘rtalariga kelib Eftalitlar davlati asta-sekin emirila boshladi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling