Majmuasidir. Son yoki buyruq qiymatini saqlash uchun xotira yacheykasi ajratiladi. Xotiraga so`zni yozish uchun shu so`z saqlanishiga ajratilgan yacheyka adresi ko`rsatilishi lozim
Download 0.77 Mb.
|
operatsion tizimlar 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- SD RAM xotirasi
- Doimiy eslab qolish qurilmasi
RAM EDO xotirasi MP uchun qiymatlarni tez eslab qolish qurilmasining o’qishiga kerak bo’ladigan vaqtni qisqartiradi, xususan, EDO da registr «zanjirlar» to’plami qo’shilgan, ularning hisobotiga chiqishdagi qiymatlar mikrosxemaga
keyingi so’rovgacha ushlanib turilishi mumkin. SD RAM xotirasi tizim unumdorligini, tez eslab qolish qurilmasi ishlash tezligining processor shinasini ishlash tezligi bilan bir-biriga moslashishi hisobiga oshiradi. Bu xotirada qiymatlarga murojaat qilish vaqti MP ning ichki taktli chastotasiga bog’liqdir va 6-10 ns ga etadi, qiymatlarni processor-xotira bo’yicha maksimal uzatish tezligi 528 Mbayt/s (haqiqatda processor kesh xotira bo’yicha uzatish tezligiga teng). SD RAM xotirasi SHK ning unumdorligini umumiy 25 % ko’paytiradi va ayniqsa jonli videografikalarni ko’rib chiqishda va uch o’lchamli grafika bilan ishlashda qulaydir. Aslida ta’kidlash kerakki, oxirgi raqam SHK kesh-xotirasiz ishlashga xosdir kuchli kesh bor bo’lganda unumdorlikdagi yutuq bir necha foizlarni tashkil etishi mumkin. Xotiraning bu turlarini umumiy qo’llashni Intel 430 TX, VIA Apollo 580 va ularga o’xshash bosh platadagi mikrosxemalar to’plami amalga oshiradi (ba’zida jargonda ularni Triton 3 deb atashadi). Doimiy eslab qolish qurilmasi (DEQQ) ham bosh platada o’rnatilgan modullar (kassetalar) asosida quriladi va ushbu o’zgarmaydigan axborotlarni saqlash uchun ishlatiladi: operatsion tizimning yuklovchi dasturlari, kompyuter qurilmalarining testlash dasturlari va kiritish-chiqarish bazaviy tizimining (BIOS) bazi drayverlari va b. Doimiy eslab qolish qurilmasi dan faqat ma’lumotlarni o’qish mumkin, Doimiy eslab qolish qurilmasiga ma’lumotni yozish EHM dan tashqarida laboratoriya sharoitlarida bajariladi. Doimiy eslab qolish qurilmasining modullari va kassetalari, odatda, bir necha yuz kilobaytdan ortmaydigan sig’imga ega. Doimiy eslab qolish qurilmasi, energiyaga bog’liq, bo’lmagan eslab qolish qurilmasidir. Izox: Keyingi yillarda ba’zi SHK larda yarim doimiy, qayta dasturlanadigan eslab qoluvchi qurilmalar Flash-xotira ishlatila boshlandi. Flash-xotiraning modullari yoki kartalari to’g’ridan to’g’ri bosh plata raz’yomlariga o’rnatilishi mumkin va quyidagi parametrlarga ega: sig’im 32 Kbaytdan 15 Mbaytgacha; o’qish bo’yicha murojaat qilish vaqti 0,06 mks; bir baytni yozish vaqti taxminan 10 mks; Flash-xotira energiyaga bog’liq bo’lmagan eslab qolish qurilmasidir. Ma’lumotni qayta yozish uchun Flash-xotiraning maxsus kirishiga dasturlash kuchlanishini berish kerak (12 V), bu ma’lumotning tasodifiy o’chibketish imkoniyatining oldini oladi. Flash-xotirani qayta dasturlashni bevosita disketadan yoki SHK klaviaturasidan maxsus nazoratchi bor bo’lganda yoki shaxsiy kompyuterga ulanadigan tashqi dasturlagich orqali bajarish mumkin. Flash-xotira juda tez harakat qiladigan, ixcham, alternativ MDY eslab qolish qurilmalarini - «qattiq jismli disklarni» yaratish uchun ham, BIOS dasturlarini saqlaydigan doimiy eslab qolish qurilmasini almashtirish uchun ham juda qulay bo’lib, u shaxsiy kompyuterni modernizasiya qilishda bu dasturlarni «to’g’ridan to’g’ri disketadan» yangilash va yangiroq versiyalarga almashtirish imkonini beradi. Tuzulish jihatdan asosiy xotira har biri 1 bayt sig’imga ega bo’lgan millionlab alohida xotira yacheykalaridan tashkil topadi. Shaxsiy kompyuterlar asosiy xotirasining umumiy sig’imi 1 Mbaytdan 128 Mbayt oraliqda bo’ladi. Tez eslab qolish qurilmasi sig’imi doimiy eslab qolish qurilmasi, sig’imidan bir-ikki tartib yuqoridir: Doimiy eslab qolish qurilmasi, 64,128 (kamroq 256) Kbaytni band etadi, qolgan sig’im - bu tez eslab qolish qurilmasidir. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling