Majmuaviy yondashuv. Reja Kirish
Download 30.26 Kb.
|
Pardayev nazarbek1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa
- Birinchidan
Majmuaviy yondashuv. Reja Kirish…………………………………………………………2 Boshqaruvchilarga qo’yiladigan talablar ………….…..3 Boshqaruvning asosiy yondashuvlar …………………..8 Muvofiqlashtirish yondoshuvi ……………………..…..9 Xulosa ……………………………………………………….10 Foydalangan adabiyotlar …………………………………….12 Kirish . Erkin iqtisodiy hududlar tashkil qilishning jahon tajribasi ularning umumiy yutuqlari, umumiy xususiyatlari va rivojlanishining o’ziga xos tomonlari haqida ma’lum bir xulosalar chiqarishga imkon beradi. Sanoati rivojlangan davlatlardagi erkin iqtisodiy hududlar yaxshi rejalashtirilganligi va ularni boshqarishning moslashuvchanligiga bog’liqdir. Bu hududlarni tashkil qilish ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan juda foydali bo’lib, ko’plab ish o’rinlarini tashkil qilishda, xalqaro tovar ayirboshlashni jonlantirishda, tashqi savdo aloqalari natijalarini yaxshilashda, ilmiy-ishlab chiqarish salohiyatini oshirishda katta rol o’ynaydi. Birinchidan, bu davlatlarda eksport-ishlab chiqarish hududlari (EIChH) keng tarqalgan. Yuqorida aytilganidek, EIChH tashkil qilishga qator iqtisodiy sabablar, avvalambor, eksport uchun sanoat tovarlari ishlab chiqarishni rivojlantirish, mamlakatga xorijiy kapital, ilg’or fan va texnika, zamonaviy texnik axborotlar jalb qilish zaruriyati kabi sabablar turtki bo’ladi. Ikkinchidan, erkin iqtisodiy hududlardagi xo’jalik yuritish rejimi xorijiy ishbilarmonlar uchun erkinroq va imtiyozli bo’ladi. Bu erkin iqtisodiy hududlar orasida xalqaro raqobatning kuchayishi bilan bog’liqdir. Uchinchidan, erkin iqtisodiy hududlar faoliyati davomida ular faoliyatining tovar-sanoat diversifikatsiyasi ro’y beradi. Zamonaviy ITI yangi va yuqori texnologiya ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan ilmtalab ishlab chiqarish jamlangan erkin iqtisodiy hududlarni ilgor o’rinlarga olib chiqadi.Rivojlanayotgan davlatlar orasida Xitoyda maxsus iqtisodiy hududlar sezilarli rivojlandi. 80-yillarning boshlarida maxsus hududlarga birlashtirilgan kichik-kichik hududlar bilan boshlagan Xitoy hukumati 90-yillarning boshlarida bunday hududlarni yuzlab kvadrat kilometrga yoydi. Mamlakatda va xorijda mashhur bo’lgan «Shenchjen», «Chjuxay», «Syamen», «Shantou», «Xaynan»dan tashqari mamlakatda texnik-iqtisodiy hududlar (yigirmadan ortiq) va yangi va yuqori texnikani rivojlantirish hududlari - texnoparklar ham sezilarli rivojlandi. Shanxaydagi «Pudun» iqtisodiy rivojlanish hududiga alohida rol ajratilgan. Download 30.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling