Makedoniyaning yuksalishi. Aleksandr istilolari va uning oqibatlari


Download 132.5 Kb.
bet2/5
Sana30.04.2023
Hajmi132.5 Kb.
#1413012
1   2   3   4   5
Bog'liq
MAKEDONIYA YUKSALISHI

Kurs ishining maqsadi: Makedoniya va Aleksandr istilolari haqida ma’lumot berish.
Kurs ishining vazifalari:
- Qadimgi Makedoniya davlati tarixi;
- Makedoniya davlati qanday yuksalgan edi;
- Aleksandr Makedonskiy hayoti va u erishgan zafarlar;
- Mekedoniya davlatining kengayishi va uning oqibatlari.
Kurs ishining tarkibi: Kurs ishi kirish, 2 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatdan iborat.
I BOB. MAKEDONIYANING YUKSALISHI
1.1. Qadimgi Makedoniya davlati tarixi
Ptolemeylar Misri Salavkiylar davlati bilan bir qatorda Makedoniya ellin dunyosining katta davlatlaridan biri edi. Diadoxlar urushlaridan so‘ng Makedoniya tushkunlik holatida edi. Aholini katta qismi Iskandar yurishlari davrida sharqqa ko‘chgan edi. Antigonidlar olib borgan doimiy urushlar shimoldagi varvar qabilalarini xavfi makedon iqtisodi va davlatini zaiflashtirdi. Antigonidlar xo‘ja!ik hayotini qayta tiklash, aholini ko‘paytirishga e’tibor berishga majbur bo‘ldilar. Shu sababli yangi shaharlar qurilib, eskilari qayta tiklandi, bo‘sh yotgan yerlarga aholi ko'chirildi, konlar qazildi. Kemasozlik rivojlandi, qurilish yog‘ochlari bilan qizg‘in savdo qilindi1.
Iqtisodiyotni asosini erkin dehqon mehnati yetakchi bo‘lgan qishloq xo‘jaligi tashkil etar edi. Podshoga faqat o‘rmon va qazilma boyliklar tegishli edi. Ellin Makedoniyasiga podsho hokimiyati ba’zi bir eski belgilarini meros qilib oldi: qo'shin yig‘ini avalgidek podshoni taxtga chiqish vaqtidagi o‘z ahamiyatini saqlab qoldi, u oliy sudya rolida chiqar edi.
Makedoniyadagi beqaror vaziyat Iskandar vafotidan keyin qariyb ellik yil davom etdi. Er av 276-yilda Kassandming nevarasi, galat (kelt)lar hujumini ikki marta qaytargan. Yunonistondagi vaziyatni barqaror qilgan Antigon 276-yilda taxtga chiqdi. Antigon va uning avlodlari Makedoniyani Rim bosib olgunga (er av168-yilgacha) qadar boshqardilar. Antigonidlar uchun Yunonistonni bo‘ysundirib turish juda qiyin siyosiy muammo edi.
Bu davrda manfaatlari bir-biriga zid bo‘lgan yunon polislari turli ittifoqlarga birlashib, urush olib borar edilar. Makedoniya ham bir necha yunon polislari kirgan Ellin ittifoqiga boshchilik qildi va yunon shaharlari ichki ishlariga faol aralashdi.
Rim va Ptolemeylar yunon polislarini Makedoniyaga qarshi chiqishlarini qo‘llab-quwatladilar. Ikkinchi puni urushlari vaqtida Makedoniya Gannibal bilan ittifoq tuzdi. Bunga qarshi Rim Perga va Peloponnesning bir necha polislarini Makedoniyaga qarshi chiqishga undadi.
Natijada er av 215—206-yillar birinchi makedon urushi yuz berdi. Karfagenni Gannibal ustidan g‘alabasi Makedoniya podshosi Filipp V ni Italiyaga yurish xavfini yo‘q qildi.
G ‘ayratli podsho Filipp V Salavkiylar bilan ittifoq bo‘lib zaiflashgan Ptolemeylarni Kichik Osiyo va Egey mulklarini bosib oldi. Italiya, Pergam va Rodos bunga qarshi chiqib Rimdan yordam so‘radilar. Natijada ikkir.chi makedon urushi (er. av. 200—197-yillar) boshlandi. Fessaliyadagi er av197-yildagi hal qiluvchi jangda Makedoniya yengudi. U Yunoniston va Kichik Osiyodagi barcha mulklaridan ajraldi.
Filipp V ning o‘g‘li Persey (er av179—168-yillar) makedoniyani avalgi qudratini qayta tiklashga urindi. Ammo Rim bilan urushda (uchinchi makedon urushi er av17I—168-yillar) Pidna yonidagi jangda yengildi. Makedoniya hududi g‘oliblar o‘rtasida to‘rt okrugga bo‘lindi. Er av148-yilda Andriskni Rimga qarshi qo‘zg‘olonidan so'ng Makedoniya Rim provinsiyasiga aylantirildi.
Antik mualliflaming ma’lumotlariga ko‘ra ellin davrida Yunonistondan aholining katta qismi sharqqa ko‘chdi. Faqat Afina va Korinf o‘z ahamiyatini saqlab qolishga urindilar.
Yunoniston hududidagi talonchilik urushlari iqtisodiy hayotni butunlay izdan chiqardi. Ijtimoiy ziddiyatlami keskinlashtirdi. Bu esa og‘ir qarama-qarshiliklarni tug‘dirdi. Spartada bu ziddiyatlami bartaraf etish uchun podsholar Agis IV va Kleomen II lar islohotlar o‘tkazishdi. Qarzlarni bekor qilishga harakat qilindi, yersiz spartaliklarga yer taqsimlandi.
Er.av. III asrda yerlami qayta taqsimlash harakati Yunonistonga avj oldi. Argosda tiran Aristomax, Megalopolda Aristodemni qo'llab-quwatlashdi. Er.av. III asr o'rtalarida Xios va Teri orollarida norozilik harakatlari kuchayib ketdi.
Yunonistonning madaniy o‘choq sifatidagi shuhratini Afina qo‘llab-quwatlab turdi. Afinada yunon falsafasi o‘qitildi. Bu yerda bir qancha an’anaviy haykaltaroshlik maktablari mavjud edi.
Orollar ichida eng gullab-yashnagani Rodos edi. Rodos Ptolemeylar Misridan o‘z mustaqilligini saqlab qoldi. Rodos kemalari Egey dengizini qaroqchilardan tozaladi. Uning kemalari Suriya, Kichk Osiyo, Attika orollaridan, Qora dengiz qirg‘oqlaridan mahsulotlarni tashidi. Rodosdan xurmo va asal Misrga chiqarildi.
San’at gullab-yashnadi. Mahalliy haykaltaroshlik maktablari shakllandi. Ayniqsa, «Ilonlar bilan kurashayotgan Laokoon va uning o‘g‘illari» haykal guruhi mashhur edi. Esxin asos solgan Rodos notiqlik maktabi faoliyat ko‘rsatdi. Er.av. II asr oxiri I asr boshida bu yerda mashhur notiq Molon mashhur Sitseronning o'qituvchisi ta’lim oldi.
Rodos homiyligida orollarga ipakchilik va vinochilik markazi, Kosda mashhur tabiblar maktabi faoliyat ko‘rsatdi.
Ellini madaniyati yunonlar va Sharq xalqlarining madaniy yutuqlarining qo'shilib ketishi natijasida shakllandi. Ellin dunyosining ma’naviy shakllanishiga davlatlaming ulkan hajmlari cheklanmagan podsho hokimligining mayjudligi, shaharlarning amaldagi mustaqilligini yo'qolishi o‘z ta’sirini o'tkazdi.
Bu davrda fan va texnika notekis rivojlandi. Davlat hokimiyati manfaatdor bo'lgan harbiy ish, kemasozlik, shaharlami qamal qilish texnikasi va qurilish sohalarida eng katta yutuqlaiga erishildi.
Ellinizm davrida yunon dunyosi sharq diniy tasavurlarni qabul qila boshladi. Misrda Kichik Osiyo xudosi Serapisga sig'inish avj oldi. Misr mabudasi Isidani yunonlar Demetra sifatida qabul qildilar. Pergamda Frigiya ma’budasi (Kibela — yerni onasi) bosh xudo sifatida qabul qilina boshlandi. Ellinlashgan sharq ilohlarining barchasi mistik va ekstatik edi. Yahudiy dini keng tarqala boshlandi.
Yunonistonda yahudiy dini tarqala boshladi. Yunonlar bu monoteistik dinga ishonib, uni qabul qildilar. Yahudiy diniga yangi qabul qilinganlar «prozelitlar» deb ataldi. Ellin davlatlarida turli xudolar turli xalqlaming diniy e’tiqodlari keng tarqaldi. Diniy tolerantlik shakllandi. Joylarda dinning universalligini namoyish qilishga- intilib barcha xudolarga atab ibodatxona-Panteon qurila boshlandi. Ana shunday Panteon Iskandariyada qurildi.
Ptolemeylar Misrida qadimgi firavnlar davrida bo'lganidek podsho hokimiyatining mavqei kuchayib ketdi va Ellin sharqidagi boshqa mamlakatlardagi kabi Misrda podsholarga sig‘inish yana boshlandi. Ptolemey II Filadel’f o‘ziga va o‘z singlisi Arsenoyaga sig'inishga buyruq berib, o‘zi va singlisi sharafiga ibodatxonalar qurdirdi. Misrda Ptolemey III va uning xotini Berenikaga ham sig'iqish keng yoyildi2.
O’sha davr falsafasida inson shaxsini o‘rganish muammosi birinchi o'ringa chiqa boshladi. Er av V—IV asrlarda ikki falsafiy maktab: yangi stoik
va epikur maktablari vujudga keldi. Ular inson, shaxs nima, baxt nima degan savollar ustida bosh qotira boshladilar. Stoiklar maktabining asoschisi faylasuf Zenon edi. Ular Afinaning eng gavjum joyi bo‘lmish Agorada naqshin peshayvon «stoya» ostida vaz aytib, o‘z tinglovchilariga ta’lim berar edilar (Bu maktabning nomi ham shu so‘zdan kelib chiqqan). Sto'zm yunon va sharq nazariyalarining sintezi edi. U keng tarqalgan va shu bilan birga uzoq yashagan ellin falsafiy maktab edi. Stoiklar hamma narsani, shu jumladan, fikr, so‘z, olov va shu kabilami ham jism deb atar edilar. Butun olamni stoiklar rivojlanib turadigan olov deb hisoblashar edi. Stoiklar barcha odamlar teng degan g‘oyani ilgari surdilar. Ular insonlar tabiat bilan mos holda yashab, baxt va ilohiylik topadi degan fikrni shakllantirdilar.

1.2. Makedoniya davlati qanday yuksalgan edi


Makedoniya Bolqon yarim orolining shimolida joylashgan qadimiy o`lkalardan biridir. U juda qulay geografik o`ringa ega bo`lib, tog`lik va tekislik qismlarga bo`linadi.


Miloddan avvalgi VI asr oxiri - V asr boshlarida Makedoniyada dastlabki tabaqalanishi va ilk davlat qaror topgan. Yunoniston-Eron urushlari davrida Makedoniya podsholari Eron ta`siriga o`tib qolgan edi. Eronliklar Yunonistondan quvilgach, Makedoniya 1-Afina ittifoqi safiga kiradi. Makedoniya Aleksandr va uning vorisi Arxelay davrida birmuncha mustahkamlanadi. U dengiz bo`yidagi yangi poytaxt - Pellaga asos solgan. Arxelay Xalkidika yarim oroli va Fessaliyaning ba`zi joylarini Makedoniyaga qo`shib olgan. Arxelay o`ldirilgach, vorislari uning ishini davom ettirgan. Bu sohada Filipp II ning xizmatlari kattadir. U Makedoniyani kuchli davlatga aylantirishga harakat qilgan.
Miloddan avvalgi 359 yilda Makedoniya taxtiga Filipp II o`tiradi. U qator islohotlar o`tkazib, Makedoniya davlati va qo`shinlarini ancha kuchaytiradi. Piyoda va otliq askarlardan iborat muntazam qo`shin tuzadi. Filipp II dehqonlardan piyoda qo`shinga jangchilar oladi. Joylardagi hokim aslzodalardan otliq qo`shin tuzadi. Filipp II qo`shinda qattiq intizom o`rnatib, ularni harbiy ta`limdan o`tkazadi. U urush oldidan piyoda askarlarni falanga-falanga qilib saflagan, otliq askarlar esa qo`shinning orqa va har ikki yon tomoniga joylashtirilgan.
Filippning harbiy va pul islohotlari Makedoniya davlatini ham iqtisodiy, ham harbiy tomondan mustahkamlaydi. Makedoniya podshosi o`z saltanatini kuchaytirib olgach, urushlar natijasida zaiflashib qolgan yunon shahar-davlatlarini birin-ketin bosib ola boshlaydi. Yunonistondagi quldorlarning bir qismi Filipp II ning hokimiyatini bajonu-dil tan oladilar. Chunki ular o`z boyliklar va mulklarini vatan mustaqilligi va ozodligidan afzal ko`rar edilar.
Filipp II ning Yunonistonni butunlay o`ziga qaratib, olish niyatida edi. Shuning uchun u dastlab Fessaliyani ishg`ol qiladi. U shu yerdan turib, O`rta Yunonistonni bosib olishni ko`zda tutadi. Fiva va Afina xavf ostida qoladi. Makedoniyaga qarshi Afinada, Fiva, Korinf Megara va boshqa shahar-davlatlardan iborat harbiy ittifoq tuziladi. Uning g`oyaviy rahbari ajoyib notiq Demosfen edi. U o`zining otashin nutqlarida Filipp II ning bosqinchilik siyosatini fosh qilib yunonlarni o`z ozodligini qattiq turib himoya qilishga chaqiradi. Miloddan avvalgi 338 yili Makedoniya qo`shinlari Beotiyaga bostirib kiradi. Shu yili Filipp II qo`shinlari yunon shaharlarining birlashgan qo`shini bilan Xeroniya shahri yonida uchrashadilar. Bu jangda Demosfen afinaliklar qatorida oddiy jangchi bo`lib jangga kiradi. Bu jang shiddatli bo`lib, ancha vaqt davom etadi. Avval boshda ittifoqchilar Makedoniya qo`shinlarini siqib borishga muvaffaq bo`ladilar, hatto chekintiradilar. Jangda Filipp II ning 18 yoshli o`g`li Iskandar rahbarligidagi otliq qo`shinning kirishi urush oqibatini makedoniyaliklar foydasiga hal qiladi. Jang Makedoniya qo`shinlarining porloq g`alabasi bilan yakunlanadi. Xeroniya yonidagi jangdan keyin butun Yunoniston Makedoniyaga itoat etishga majbur bo`ladi. Zamondoshlardan birining iborasi bilan aytganda: "Xeroniya yonida xalok bo`lganlarning jasadlari bilan birga yunonlarning ozodligi ham ko`miladi".
Filipp II Xeroniya jangidan keyin yunon shahar-davlatlarini xonavayron qilmay, ularni erkin deb e`lon qiladi. U miloddan avvalgi 337 yili Korinfda yunon shaharlarining kongressini chaqiradi. Bu kongressda Spartadan boshqa barcha shahar davlatlar ishtirok etadilar. Ular kongressda tinch-totuv yashash, bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik va o`zaro urush olib bormaslik to`g`risida bir qarorga kelganlar. Ayni paytda barcha yunon shaharlari Eronga qarshi urushga tayyorgarlik ko`rishlari lozim edi. Korinfda Filipp II Makedoniya va shahar, davlatlar qo`shinlarining bosh sarkardasi qilib tayinlangan. Shu tariqa u Eronga qarshi harbiy yurish qilishga jiddiy tayyorgarlik ko`ra boshlaydi.
Urushga qizg`in tayyorgarlik ketayotgan bir vaqtda Filipp II o`z qizining to`yida fitnachilar tomonidan o`ldiriladi. Bu voqea miloddan avvalgi 336 yilda sodir bo`lgan. Fitna kim tomonidan uyushtirilgani ma`lum emas. Ba`zi ma`lumotlarga ko`ra, Filipp II eronliklar qutqusi bilan o`ldirilgan deyiladi.
Filipp II vafotidan so`ng taxtga uning 20 yoshli o`g`li Iskandar o`tiradi. Keyinchalik u butun sharqda Iskandar Zulqarnayn nomi bilan mashhur bo`lib ketgan. Zamondoshlarning aytishicha, u serg`ayrat, jasur, bilimdon ayni paytda shavqatsiz va jahldor odam bo`lgan.
Filipp II vafotidan keyin ko`pgina yunon shaharlari Fiva, tog`li Frakiya, Illiriya qabilalari Makedoniyadan ajralib keta boshlaydi. Ba`zi joylarda qo`zg`olonlar boshlanadi. Iskandar mana shu parokandalikning oldini olishga kirishadi. Miloddan avvalgi 335 yilda ajralib ketgan tog`li Frakiya va Illiriya qabilalari ustiga yurib ularni yana itoat etishga majbur qiladi. Shimol yurishidan qaytgach, u qo`zg`olon ko`targan Fiva ustiga qo`shin tortadi va shaharni vayron qiladi, aholisini qul qilib sotib yuboradi.
Fivadagi dahshatli urush boshqa yunon shahar davlatlarini cho`chitib yuboradi. Ular Makedoniyaga itoat etishlarini izhor qiladilar. Iskandar Afina ustiga yurish qilmaydi. Chunki uning ustozi Aristotel afinalik bo`lib, u o`z shogirdi diliga yunon madaniyatiga va uning markazi Afinaga hurmat bilan qarash hissini joylagan edi. Iskandar Afinaga borganda hamma uni to`la itoat bilan kutib oladi. Iskandarning bu yurishlari Yunonistonda uning mavqeini ko`taradi.
Qal’alarni qamal qilish uchun mashhur taranlardan tashqari gildiraklar ustiga o‘matilgan maxsus harakatlanuvchi minoralar- geliorlar (shahar olarlar ham) paydo boidi. Bu moslamalar dushman shahri devorlariga baravar yoki balandroq qilib yasalar edi. Harakatlanuvchi minora ichida askarlar, zaxira o'qlari va toshlar bilan otuvchi to‘plar joylashtirilgan.
Savdo, dengiz kemalari takomollashtirildi. Ular ko'pincha ochiq dengizda, okeanga ham chiqar edi. Er av II asrda yunon Gippal Hindistonga kemada safar qilganida ilk bor musson shamollaridan foydalandi. Dengizchilikning rivijlanishi mukammalroq portlar va savdo sohillarida ombor va boshqa yordamchi binolar qurishni zarur qilib qo'ydi.
Iskandar Yunonistonni o`ziga qaytadan itoat ettirgandan so`ng sharq yurishiga tayyorgarlik ko`ra boshlaydi. U miloddan avvalgi 334 yilda 30 ming piyoda, 5 ming otliq askar va harbiy dengiz kuchlaridan iborat katta qo`shin bilan Gelleopond bo`g`ozidan kechib o`tadi. Tog`li Granik daryosi bo`yida Iskandar qo`shinlarini eronliklarning otliq va piyoda askarlari kutib turardi.
Kech kirishiga qaramay, boshlangan qattiq jangda Iskandar qo`shinlari g`alaba qilib, ularni Kichik Osiyoning ichkarisiga yurish uchun yo`l ochiladi.
Bu g`alaba Iskandarga Kichik Osiyoning ichkarisini bosib olish uchun imkoniyat yaratadi. Uning qo`shinlari Kichik Osiyo sohili bo`ylab janub tomon yuradilar. Eron shohi Doro III yunonlardan bo`lgan Memnonni qo`shiniga bosh qo`mondon qilib tayinlaydi. U Miletni mustahkamlashga kirishadi. Lekin u to`satdan vafot etadi. Milet sabot-matonat bilan mudofaa qilinadi. Biroq ham quruqlikdan, ham dengizdan qamal qilinib, ishg`ol qilinadi.
Miloddan avvalgi 333 yilda Iskandar Kichik Osiyo markazidagi Kappadokiyani ishg`ol qilib, qishni o`sha yerda o`tkazadi. Shu vaqtda Eron qo`shinlari Iskandar tomon yo`l oladilar. Iskandar o`z qo`shinlarini Kilikiyaga olib o`tib, Tars shahrini ishg`ol qiladi va Suriyaga qo`shin tortadi.
Iss Kilikiyaga shaharlaridan biri bo`lib, dengiz bo`yida joylashgan edi. Miloddan avvalgi 333 yilda Eron va Makedoniya qo`shinlari shu shahar yonida uchrashadilar. Eron sarkardalari Doro III ga Iskandar qo`shinlari tor daradan chiqib olgandan keyin hujum boshlaylik, deb maslahat beradilar. Shoh esa buning aksini qilib, Eron otliqlari va jang aravalari uchun qulay bo`lgan tog` darasida jang qilishni buyuradi. Har ikki o`rtada qattiq jang boshlanadi. Jang Iskandar qo`shinlarining g`alabasi bilan tugaydi. Eronliklar chekinishga majbur bo`ladilar.
Issdagi g`alabadan keyin Iskandar Suriya va Finikiya ustiga qo`shin tortib, sohil bo`yidagi ko`r shaharlarni istilo qiladi. Ammo dengiz bo`yidagi Tir shahri dushmanga yarim yil qarshilik ko`rsatadi. Makedoniya qo`shinlari shaharni quruqlikdan ham dengizdan ham qamal qiladilar. Og`ir janglardani keyin yunonlar taran va palaxmonlar bilan Tir shahri devorlarini buzib, shaharga bostirib kiradilar. Shaharda jang davom etadi, ko`p qon to`kiladi. Juda katta qiyinchiliklar bilan shahar qo`lga kiritiladi. Yunonlar unga o`t qo`yadilar, boyliklarini talaydilar. 30 mingdan ortiq shahar aholisi qul qilib sotiladi. Shundan so`ng Iskandar Finikiya va Falastindagi ko`pgina shaharlarni birin-ketin bosib oladi.
Iskandar Falastin va Finikiyani istilo qilgach, miloddan avvalgi 332 yilda Misrga qo`shin tortadi. Uning maqsadi Eron tasarrufida bo`lgan Misrni ham istilo qilish edi. Misrliklar va u yerdagi Eron satrapi Iskandar va uning qo`shinlarini tantanali ravishda kutib oladilar va uni fir`avn deb e`lon qiladilar.
U Misrdan qaytish oldidan O`rta yer dengizi qirg`og`i Nil deltasida Iskandariya shahrini barpo qiladi. Shahar qat`iy reja asosida qurilgan bo`lib, unda bir-birini kesib o`tuvchi katta ko`chalar barpo qilingan edi. Bu shahar o`sha davr va keyinchalik Sharq, Yunoniston va Rim dunyosi uchun juda katta siyosiy, iqtisodiy va madaniy ahamiyat kasb etgan.
Misr olingandan so`ng Doro III yunon-makedonlar bilan Shimoliy Mesopotamiyadagi Gavgamel degan joyda jang qilish uchun tayyorgarlik ko`rdi. Bu jang miloddan avvalgi 331 yil bahorida bo`lib o`tdi.
Doro III Iskandar qo`shinlarini qurshab olish maqsadida o`z otliq askarlarini keng tekislikka joylashtiradi. U dastlab jangovar aravalarni ham ishga soladi. Makedoniya jangchilari ikki tomonga surilib, shiddat bilan kelayotgan jang aravalarini o`z saflari orasidan o`tkazib yuboradilar va ularga kamondan o`q yog`dirib ko`pchiligini qirib tashlaydilar. Doro III ning jangovar fillari ham forslarga g`alaba keltirmaydi. Gavgamel yonidagi jang goh makedoniyaliklar, goh eronliklarning ustunligi bilan kechgacha davom etgan. Jangning oxirlarida Iskandar o`zi boshliq otliq qo`shin bilan Eron qo`shinlarining o`rtasiga yorib kirgan. Shoh Doro III ning o`zi ham shu yerda turar edi. Iskandar qo`shinlarining shiddatli hujumi natijasida Doro III ning qo`shinlari chekinishga majbur bo`ladi. Doro III jang maydonini tashlab qochadi.
Gavgamel g`alabasidan so`ng Iskandar qo`shinlari birin-ketin Suzani, Bobilni va Eronning poytaxti Persepolni ham egallaydilar va juda ko`p boyliklarni qo`lga kiritadilar. Makedoniyaliklar Persepolda qishlab, miloddan avvalgi 330 yilda butun Eronni egallashga muvaffaq bo`ladi. Doro III Turon tomonga qarab chekinadi. U chekinib borayotgan vaqtda Bess uni ushlab olib o`ldiradi va jasadini yo`lga tashlab ketadi. U o`zini Artakserks IV nomi bilan Eron shohi deb e`lon qiladi.
Iskandar Bessni ta`qib qilib, So`g`diyonadagi Navtaka degan joyda uni qo`lga tushiradi va qatl ettiradi. Shu bilan ulkan Eron davlati tugatiladi. Iskandar Turonga bostirib kirib, uni egallashga kirishadi. Turonliklar dushmanga qarshi ayovsiz jang qiladilar. Iskandar qattiq janglardan so`ng Navtaka, Marokand va Kiropol kabi shaharlarni bosib oladi.
Iskandar uzoq vaqt mobaynida erksevar so`g`dliklar, baqtriyaliklar va shaklarga qarshi kurash olib boradi. So`g`d xalqining erksevar farzandi spitamen makedoniyaliklarga qarshi ayovsiz va tinimsiz kurash olib boradi. Ammo vatan xoinlari Spitamenga xiyonat qilib, uni o`ldiradilar. Iskandar So`g`ddagi yuzlab qishloq, o`nlab shaharlarni vayron qiladi va o`t qo`yadi. Necha yuz ming tinch aholi qirib tashlanadi. Uch yillik jangu-jadaldan so`ng bir guruh sotqinlarning xiyonati tufayli Baqtriya va So`g`diyona Iskandarga bo`ysundiriladi.
Iskandar Baqtriya bilan So`g`diyonani itoat ettirgach, miloddan avvalgi 227 yilda Hindikush tog`laridan oshib Hindistonga bostirib kiradi. Bu davrda Sind vohasi va Panjob viloyatida bir necha mayda davlatlar bor edi. Iskandar Panjobdagi mayda podsholarning bir qismini o`ziga ag`darib oladi. Ammo podsho Por Iskandar bilan qattiq kurash olib boradi. Sind vohasi ko`p qonli janglar bo`ladi. Nihoyat Gidasp yonidagi jangda Iskandar qo`shinlari hindlar ustidan g`olib chiqadi. Sind vohasi va Panjob yunonlarga bo`ysundiriladi.

Download 132.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling