hamjamiyatlar, millatlar, davlatlar va pirovard natijada
butun insoniyat borlig‘ning vaqt ko‘rsatkichlarini farqlab,
ijtimoiy vaqt strukturasining murakkabligi to‘g‘risida ham so‘z
yuritish mumkin. Ijtimoiy vaqt ham o‘ziga hos xususiyatga ega
bo‘lib, u, biologik va planetar-kosmik vaqtdan farqli o‘laroq,
notekis oqadi. Insoniyat shakllanish jarayoninig dastlabki bosqichida
Boshlangan ijtimoiy vaqt keyingi davrlarda deyarli o‘zgarishsiz kechdi
Va fan-texnika tarqiyotining ilk alomatlari paydo bo‘lishi bilan,
XVII-XVIII asrlardan e’tiboran jadalroq sur’at kasb eta boshladi.
XX asrda yuz bergan fan-texnika inqilobi ijtimoiy makonni keng qamrab
Oldi va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning rivojlanishiga alohida tus berib,
vaqt harakatini misli ko’rilmagan darajada jadallashtirdi.
Xulosa
Makon va vaqt haqidagi falsafiy qarashlarni umumlashtirib
va bu kategoriyalar mzmunini dunyo haqidagi hozirgi
tabiy-ilmiy bilmlar bilan boyitib, yuqorida aytilgan nuqtayi
nazaridan makonnig asosiy xossalarini qayd etib o’tamiz.
Jumladan, makon ko’lamlilik, bir jinslik va ko’p o’lchovlilik
bilan tafsiflanadigan mavjudlik tartibi, vaqt esa davomlilik,
orqaga qaytmaslilik va izotroplik, yani mumkin bo’lgan barcha
yo’nalishlarning teng huquqliligi xos bo’gan voqealarning
harakat tartibi va ketma-ketligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |