Makro va mikro toponimlar


Download 95.02 Kb.
bet1/5
Sana23.11.2023
Hajmi95.02 Kb.
#1794872
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1490341533 65934

Makro va mikro toponimlar

Reja:

Toponimikaning tayanch tushunchalari va iboralari. Makro-mezo va mikrotoponimlar

Ilmiy va xalq atamalari. Xalq atamalarining manbalari. Geografik tushunchaga aylangan xalq so’zlari.

Ilmiy terminlar. Ilmiy bilishning asosi

Geografik atamalar.

Toponim-lotincha tpos-joy, yer, noma-nom, ism so’zlaridan olingan bo’lib, joy nomi , geografik nom – atoqli ot geografik ob’ektni alohida nomga ega ekanligini bildiradi.

  • Toponimiya - malum hududdagi joy nomlarining yig’indisi. Toponimika – joy nomlarini geografik ob’ektlarning nomlarini o’rganuvchi ilm sohasi hisoblanadi. Antroponim - har qanday shaxsning atoqli oti, ismi otasining ismi laqabi taxallusi. Antroponimlardan geografik nomlar yasalib kelishi kishilar nomiga qo’yilgan dengiz cho’l tog’ tizmasi shahar va boshqa geografik ob’ektlar - potronimlar deyiladi. Barens dengizi, Bering, Bafort , Tasmaniya dengizlari , Boliviya , Kolumbiya davlatlari, Vashington, Dehli , Hoshimin kabi poytaxt shaharlar, Laperuza, Bering, Kuk, Devisov, Torresov kabi bo’g’ozlar patronimlarga misol bo’la oladi.

Oronim – yer usti relefining atoqli otlari qir, jar, vodiy , botqoq, tog’, tepalik nomlari.

  • Toponimik strategrafiya toponimlarning turli yoshdagi turli davrlarda Lisoniy har xil bo’lgan qatlamlari. Qatlam tasviri mazmunidagi bu ifoda geologiya fanidan olingan bo’lib, pastgi o’rta yuqori qatlamalrda so’zlarning joylashuvi orqali geografik nomning eng qadimgisidan hozirgi ishlatiladigan yuqori qatlamlargacha ma’nosini aniqlashga yordam ebradi.
  • Toponim semantikasi geografik nomning lug’viy manosi demakdir. Kal’ka – (Fransuscha nusxa ) boshqa tillardagi geografik nomlarni muayyan tilga o’zbekcha tilga to’liq yoki qisman tarjimada ifodalash.

Toponimik formant – topofarmant geografik nomlarning yasalishida ishtirok etadigan so’z qo’shimchasi bo’lib, mustaqil geografik nom sifatida ishlatilmaydi.

  • Etimologiya geografik nomlarning kelib chiqishi haqidagi ilm. Etnologiya – geografik nomlarning paydo bo’lish sharoitini sabablarini aniqlash bilan shug’ullanuvchi toponimikaning sohasi masalan Qizilqum cho’lining nomi qumning rangi qizil bo’lmasada nima sababdan shunday aytilganini aniqlaydigan etnologiya turli daliliy malumotlarni tahlil qiladi.
  • Transkriptsiya – nomlarning to’g’ri yozilishi imlosi oynonim aholi turar joylarining nomi -urbonim, shahr ichidagi nomlardir. Ma’lum bo’ldiki toponimika faniad ishlatiladigan atamalar so’zlar iboralar asosan geografik mazmunga ega. Geografik nomlar turli maqsad va nuqtai nazardan o’rganilishi mumkin o’rta va markaziy Osiyo geografik nomlarining yirik tatqiqotchisi mashhur geografik olim I.M.Murzayev toponimlar yetti xil nuqtai nazardan o’rganilishi mumkin.

Download 95.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling