Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda davlat byudjetidan foydalanish


Download 219.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana31.03.2023
Hajmi219.69 Kb.
#1313744
1   2   3
Bog'liq
makroiqtisodiy-barqarorlikni-ta-minlashda-davlat-byudjetidan-foydalanish

Keywords: macroeconomic stability, budget, government 
Davlat o‘zining funksiya va vazifalarini amalga oshirish uchun ma‘lum bir 
xarajatlar qilishi zarur bo‘ladi va ularni soliqlar va yig‘imlar orqali mablag‘larni 
to‘playdilar. Soliqlar iqtisodiyotni boshqarishning asosiy qurollaridan biri bo‘lganligi 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
1476


bois mutaxassislar doimiy ravishda soliqlar yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog‘i 
haqida fikr va muloxazalar yuritadilar. 
Bugungi kunda moliya tizimini samarali tashkil etishni ta’minlaydigan chora-
tadbirlarni amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy islohotlarning bugungi 
bosqichida mamlakatimizda davlat moliyasining barqarorligini ta’minlashga 
qaratilgan islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Yuqorida aytib o‘tilgan fikr-mulohazalar asosida aytish mumkinki, bugungi 
kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tub negizida halq manfaatlari, 
mamlakat aholisi farovonligi va iqtisodiy rivojlanish masalalari yotadi. Ushbu 
yo‘nalishlar taraqqiyoti uchun albatta moliyaviy resurslar zarur bo‘ladi va davlat 
byudjeti mablag‘lari asosiy moliyaviy manba sifatida namoyon bo‘ladi. Shunday ekan, 
mamlakatimiz taraqqiyoti jarayonida davlat byudjeti mablag‘laridan samarali 
foydalanish, davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanishni optimallashtirish masalalari 
dolzarb masalalardan biri bo‘lib kelmoqda. 
Davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, shunga mos 
ravishda moliya tizimiga doir barcha belgi (xususiyat)larga ega va unga tegishli 
bo‘lgan barcha funksiyalarni bajaradi. Bir vaqtning o‘zida, davlat byudjeti faqat o‘ziga 
xos bo‘lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o‘z navbatida, davlat 
byudjetini moliya tizimining boshqa bo‘linmalari-dan ajratib turadi va unda markaziy 
o‘rinni egallashga imkon beradi. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat barcha 
moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo‘lsa-da, uning bu hislati, ya’ni 
mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslarni asosiy taqsimlovchi sifatidagi roli 
faqat byudjetda katta kuch bilan namoyon bo‘ladi. 
Jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy hayotiga daromadlari soliqlar va boshqa majburiy 
yig‘imlar orqali shakllantiriladigan davlat byudjeti ta’sirining samaradorligi alohida 
o‘rganishni talab etuvchi muammodir. Shu ma’noda davlat byudjetining samaradorligi 
deganda, eng avvalo, mazkur byudjet xarajatlarining samaradorlik darajasini tushunish 
o‘rinli bo‘ladi. Byudjet resurslari oqilona va samarali sarflanishini tashkil etish hozirgi 
vaqtda har qanday jamiyatda zarur, chunki u iqtisodiyot faoliyatining optimal 
parametrlariga erishishga va davlat oldida turgan ustuvor vazifalarni hal qilishga 
sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur organlar oldiga tekshiruv jarayonida 
byudjet mablag‘laridan maqsadsiz foydalanilishi, byudjet, fuqarolik va mehnat 
qonunchiligining buzilishini aniqlashgina emas, balki byudjet mablag‘laridan 
foydalanishning samaradorlik darajasiga baho berish vazifasi ham qo‘yiladi. Shu bilan 
bir vaqtda mavjud byudjet jarayonida moliyaviy nazorat doirasida byudjet 
mablag‘laridan foydalanishning samaradorligi va moliyaviy menejmentning sifati 
masalalariga kam e’tibor beriladi, uning natijalaridan byudjetlarni shakllantirish va 
boshqaruv qarorlari qabul qilishda deyarli foydalanilmaydi. Qonunchilik mukammal 
emasligi, aniq belgilangan huquqiy normalar va mexanizmlar yo‘qligi, shuningdek 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
1477


byudjet mablag‘laridan foydalanishning samaradorlik darajasiga baho berish bo‘yicha 
metodik ko‘rsatmalar ishlab chiqilmaganligi tufayli ko‘pincha samaradorlik 
ko‘rsatkichini byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish printsipi bilan almashtirish 
yuz beradi.
Davlat byudjeti samaradorligining yuqorida zikr etilgan makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlariga qarab uning iqtisodiyot va ijtimoiy sohani davlat tomonidan tartibga 
solish 
vositasi 
sifatidagi 
roli 
haqida 
gapirish 
mumkin. 
Ammo 
turli 
makroko‘rsatkichlarning dinamikasi bir xil emas. Bu byudjet xarajatlarining 
samaradorlik darajasini o‘lchashda muayyan noaniqlik yuzaga kelishini anglatadi. 
Buning ustiga umumiy makroko‘rsatkichlar asosan informativ va tahliliy xususiyat 
kasb etadi, ularni muayyan shaxslarning harakatlari, kimningdir shaxsiy javobgarligi 
bilan bog‘lash mumkin emas, hatto biron-bir bitta davlat muassasasi faoliyati bilan 
bog‘lash ham mushkul ish. Ayni vaqtda davlat byudjeti amalda davlat mablag‘laridan 
konkret foydalanish moliyaviy rejasi sifatida amal qiladi. Ayni shu rejani amalga 
oshirishda byudjet xarajatlarining samaradorlik darajasini aniqlash zaruriyati tug‘iladi 
va u quyidagi savollarga javob topishni talab etadi: davlat mablag‘lari pirovard natijada 
nimaga sarflangan, bu xarajatlar qanday natija bergan, pirovard natijalar va amalga 
oshirilgan xarajatlarning o‘zaro nisbati qanday? Bu erda byudjet mablag‘larini sarflash 
uchun shaxsiy va institutsional javobgarlik muammolarini echish birinchi darajali 
ahamiyat kasb etadi. Gap shundaki, hozirgacha mavjud bo‘lgan, o‘tgan yil uchun 
byudjetning xarajatlar moddalariga doir hisobot ma’lumotlariga asoslanadigan byudjet 
xarajatlarini “smetali rejalashtirish” usuli moliyalashtirish natijalarini aniqlash 
muammosini amalda chetlab o‘tadi. Aniqroq aytganda, xarajatlarning o‘zi natija 
sifatida amal qiladi va bunday sharoitda byudjet xarajatlarini moliyalashtirishning 
samaradorligini aniqlash mumkin emas. Byudjet xarajatlarini rejalashtirishning smetali 
tartibi mablag‘lar maqsadli sarflanishini ta’minlash va moliyalashtirishning rejada 
belgilangan va amaldagi summalarini taqqoslash imkoniyatini beradi. Bu faktlar 
rejalashtirish va moliyalashtirishning hozirgi tizimi doirasida, albatta, foydali, lekin 
byudjet xarajatlarining samaradorlik darajasini aniqlash imkoniyatini bermaydi. 
Bunday yondashuvda hisobot smetasi o‘z-o‘zidan rejali smetani vujudga keltiradi va 
bunday o‘rin almashish cheksiz davom etishi mumkin. Shu tufayli ham O‘zbekiston 
Respublikasida byudjetni rejalashtirish doirasini sezilarli darajada kengaytirish talab 
etiladi. Shunday qilib, yillik byudjet doirasida byudjet xarajatlarining samaradorlik 
darajasini aniqlash amalda mumkin emas, chunki muhim iqtisodiy va ijtimoiy 
jarayonlarning deyarli barchasi uzoqroq muddatda yuz beradi. Davlat byudjeti va 
byudjet xarajatlarining samaradorligi masalalari davlat moliyaviy nazorati bilan 
bevosita bog‘liq. Ayni shu nazorat byudjet mablag‘laridan foydalanilishining xaqiqiy 
natijalarini rejada belgilangan natijalar bilan solishtirish, byudjet xarajatlarini 
moliyalashtirish sohasida mavjud kamchiliklar va huquqbuzarliklarni aniqlash, byudjet 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
1478


mablag‘laridan foydalanishning samaradorligini oshirish yo‘llarini belgilash 
imkoniyatini beradi. Bozor munosabatlari sharoitida davlat moliyaviy nazoratining roli 
yanada kuchayadi, u har qanday davlatning muhim boshqaruv funktsiyasiga, mamlakat 
iqtisodiyoti va moliya tizimi normal faoliyat ko‘rsatishining muqarrar shartiga 
aylanadi. Davlat moliyaviy nazorati yagona kontseptsiyasini yaratish ko‘pgina 
tushunchalar va kategoriyalarga qonun yo‘li bilan ta’rif berish, nazorat sub’ektlarining 
funktsiyalarini aniq belgilash uchun imkoniyat yaratadi. Bularning barchasi davlat 
nazorat organlarining ishini sezilarli darajada yaxshilaydi va ular amalga oshirayotgan 
tadbirlarning samaradorlik darajasini pasaytiradi. Binobarin, qonunchilikni 
takomillashtirmasdan, davlat moliyaviy nazoratini tashkil etishga doir huquqiy 
normativ hujjatlarni qabul qilmasdan, eng muhimi - ular so‘zsiz ijro etilishiga 
erishmasdan iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish, davlat byudjeti va byudjet 
xarajatlarining samaradorligini oshirish ishida muvaffaqiyatlarga amalda erishish 
mumkin emas. Ayni shu sababli byudjet xarajatlarini moliyalashtirishning aniq 
natijalarini belgilashga nisbatan yondashuvni ishlab chiqish byudjetni rejalashtirish 
jarayonida jiddiy o‘zgarishlar yasashni taqozo etadi. Shu tufayli ham mamlakatda 
amalga oshirilayotgan byudjet islohoti byudjet xarajatlarining unumdorlik darajasiga 
baho berish tartib-taomillarini shakllantirish va ularni byudjet jarayoniga kiritishni, 
byudjet xarajatlarini smetali rejalashtirish va moliyalashtirishdan ijtimoiy muhim va 
o‘lchash mumkin bo‘lgan pirovard natijalarga erishishga qaratilgan byudjetni 
rejalashtirish (byudjetlashtirish)ga bosqichma-bosqich o‘tishni nazarda tutadi. 
Shunday qilib, davlat byudjeti va byudjet xarajatlarining samaradorligi muammosi 
juda serqirra va u ilmiy-nazariy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, uslubiy va amaliy 
xususiyatga ega bo‘lmagan masalalarning keng doirasini qamrab oladi. Mazkur 
muammo eng avvalo byudjetni rejalashtirish va moliyalashtirishning yangi shakllari 
va usullaridan foydalanish, byudjet mablag‘larini sarflashning unumdorlik 
ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar, huquqiy normalar va 
mexanizmlarni yaratish, shuningdek davlat moliyaviy nazoratini yanada kuchaytirish 
hisobiga hal qilinishi lozim. 
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda davlat byudjeti mablag‘laridan 
foydalanishni takomillashtirish borasida quyidagilarni amalga oshirish ijobiy natija 
beradi deb uylaymiz: 
Birinchidan, xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib aytish mumkinki, 
davlat byudjeti mablag‘laridan samarali foydalanishga qaratilgan byudjet tizimi 
islohotlarida natijaga yo‘naltirilgan maqsadli davlat dasturlarini amalga oshirilishini va 
ijrosini ta’minlashni ko‘zda tutmog‘i lozim. Maqsadli byudjet rejali dasturlari 
mamlakat milliy daromadini qayta taqsimlanishini davlat tomonidan amalga oshirilishi 
sharoitida davlat byudjeti xarajatlarini samaradorligini ta’minlashga imkon yaratadi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
1479


Shbu usulni qollash orqali Buyuk Britaniya, yangi Zelandiya, Avstraliya va AQSH 
kabi davlatlar ijobiy natijaga erishgan. 
Ikkinchidan, davlat byudjeti xarajatlari samaradorligini oshirishda davlat va 
xususiy sektor hamkorligidan foydalanish. Bunda xususiy sector tarmog‘iga imtiyozlar 
tizimini shakllantirish orqali davlat oldida turgan vazifalarni amalga oshirishda davlat 
tomonidan moliyalashtirish bilan birgalikda xususiy sektor tarmoqlari xizmatlaridan 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunday tizimning rivojlantirish masalalari davlat 
byudjetining eng yirik xarajatlari bo‘lmish ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya 
kabi xarajatlarni amalga oshirishda yuqori samaradorlikka erishishga imkon yaratadi. 
Albatta bu sharoitda fuqarolarning turmush sharoitlarini va konstitutsion huquqlarini 
hisobga olish lozim hisoblanadi. 
Uchinchidan, byudjetdan mablag‘ oluvchilar va byudjet tashkilotlarining davlat 
byudjeti mablag‘laridan maqsadli va manzilli foydalanishdan manfaatdorligini 
kuchaytirish lozim. Bunda ular tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat jarayonida 
byudjet mablag‘larini tejamkorlik asosida foydalanish va bunda ortirilgan mablag‘lar 
evaziga rag‘batlantirish mehanizmlarini oshirish maqsadga muvofiqdir. 
To‘rtinchidan, davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanishda moliyaviy nazorat 
mexanizmlarini kuchaytirish hamda har bir davlat boshqaruv organlari tomonidan 
davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanishda o‘rta muddatga mo‘ljallangan natijaga 
yo‘naltirilgan loyihalar va dastirlarni ishlab chiqib, ushbu loyiha va dasturlarni bajarish 
uchun moliyaviy mablag‘larini asoslash orqali davlat byudjetidan olingan 
mablag‘larning samaradorligini ta’minlashga erishish maqsadga muvofiqdir. Bunda 
loiha va dasturlar ijrosini ta’minlamagan vazirlik, qumita va boshqa boshqaruv 
organlariga nisbatan moliyaviy sanktsiyalarni qo‘llash aksincha esa moliyaviy rag‘bat 
mehanizmlarni ishlab chiqish lozim bo‘ladi. 
O‘ylaymizki yuqorida aytib o‘tilgan fikr-mulohazalarimiz istiqbolda davlat 
byudjeti mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish va uning natijadorligini 
ta’minlashda qulay imkoniyatlar yaratadi. 

Download 219.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling