Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar Makroiqtisodiyot
Download 86 Kb.
|
Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va ularni tahlili Mundarija
Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar Makroiqtisodiyot — mamlakat (yoki uning bir qismi, tarmoqlar) iqtisodiyotini, inflatsiya, ishsizlik, budjet taqchilligi (defisiti), iqtisodiy o'sish, iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilishi va shu kabfhjncddi umumiy jarayonlarni oʻrganuvchi fan. Makroiqtisodiyot YaIM, YaMM, yalpi talab, yalpi taklif, to'lov balansi, pul bozori, tovar bozori va mehnat bozori kabi tushunchalar bilan ishlaydi. Makroiqtisodiyot (makro... va iqtisodiyot) — bozor xoʻjaligi umumiy nazariyasining boʻlimi, mamlakat iqtisodiyoti, umuman milliy xoʻjalikka oid katta miqyosdagi iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni oʻrganadi. Mamlakatning iqtisodiyoti holati va rivojlanishini ifolalovchi umumlashgan koʻrsatkichlar tizimi — milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy investitsiyalar yigindisi, muomaladagi jami pul miqdori va sh k. jami xoʻjalik boʻyicha jamlanma, umumlashtiruvchi koʻrsatkichlar M. oʻrganadigan obʼyektlar hisoblanadi. Ayni paytda M. mamlakat miqyosida oʻrtacha daromadlar, oʻrtacha ish haqi, inflyasiya darajasi, ishsizlik, bandlik, mehnat unumdorligi singari oʻrtacha iqtisodiy koʻrsatkichlarni hamda ularga davlatning iqtisodiy siyosati koʻrsatadigan taʼsirini oʻrganadi va tadqiq etadi. Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, bir tomondan, maʼlum vaqt oraligʻida ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, ular yalpi milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, yaʼni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va foydalanish bosqichlarida uni koʻrgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi. Shuningdek, oʻsishning umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari, mamlakat iqtisodiyotini tavsiflaydigan koʻrsatkichlarning pasayishi hamda ortishi surʼatlari va unda yuz berayotgan iktisodiy jarayonlar, tuzilmaviy proporsiyalar ham M. predmeti hisoblanadi. Makroiktisodiy koʻrsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat koʻrsatish sohalaridagi barcha xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi. M.ning asoslari ingliz olimi J.M.Keynsiint 1936 yilda nashr etilgan "Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" asarida bayon etilgan. Hozirgi zamon M. nazariyasida 3 oqim (neokeynschilik, monetarizm va yangi klassik yoʻnalish) mavjud, ular oʻrtasidagi asosiy farq makroiktisodiy siyosatga nisbatan berilgan tavsiyalarning har xilligida (yana q. Mikroiktisodiyot). Download 86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling