Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar nimalar va ular milliy iqtisodiyotda roli
-savol. Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va
Download 204 Kb.
|
MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLAR NIMALAR VA ULAR MILLIY IQTISODIYOTDA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish
- Yalpi milliy mahsulot (YaMM)
2-savol. Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va
harakat shakllari Jamiyat a‘zolarining ehtiyojlari muntazam ravishda yangilanib, miqdoran ko’payib va sifat jihatdan takomillashib borgani sababli, bu ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ishlab chiqarish jarayoni ham to’xtovsiz yangilanib, takroran amalga oshib boradi. Jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takroran amalga oshirilib turilishi ijtimoiy takror ishlab chiqarish deyiladi. Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ikki ko’rinishida amalga oshirilishi mumkin: 1. Oddiy takror ishlab chiqarish; 2. Kengaytirilgantakror ishlab chiqarish. Oddiy takror ishlab chiqarish – bu ishlab chiqarish miqyoslarining o’zgarmagan holda takrorlanishini ifodalaydi. Bu o’zini ichki ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan bo’lib, an‘anaviy iqtisodiyot sharoitidagi xo’jalik yurituvchi sub‘ektlar uchun xos bo’lgan. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish – bu ishlab chiqarish miqyoslarini muntazam ravishda oshirib borishga asoslangan holdagi takrorlanishidir. Ijtimoiy takror ishlab chiqarish natijasida mamlakat miqyosida milliy mahsulot yaratiladi. Milliy mahsulot barcha moddiy va nomoddiy ne‘matlar hamda xizmatlarni o’z ichiga olib, milliy hisobchilikda yalpi milliy mahsulot (YaMM) deb yuritiladi. Yalpi milliy mahsulot (YaMM) – bu o’z mamlakati yoki xorijda joylashuvidan qat‘iy nazar, milliy korxonalar tomonidan yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmining jami qiymatidir. Mamlakat ichkarisida yaratilgan iqtisodiyt bu yalpi ichki mahsulotni tashkil etadi. Yalpi ichki mahsulot (YaIM) – bu ma‘lum vaqt mobaynida (davomida), masalan, bir yilda yaratilgan va bevosita iste‘molchilarga borib yetadigan barcha tayyor mahsulot va ko’rsatilgan xizmatlarning bozor narxidagi qiymatidir.
Hozirgi vaqtda O’zbekistonda yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichi hisobga olinmoqda. 2007 yilda yalpi ichki mahsulot 9,5 foizga o’sdi, 2008 yilda 9,0 foiz, 2009 yilda – 8,21 foiz o’sish ta‘minlandi. Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to’g’ri hisoblab chiqish uchun mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur. YaIM hajmini topishda sotilgan va qayt sotilgan mahsulotlarni ko’p marta hisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan qo’shilgan qiymatlar yig’indisi olinadi. Download 204 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling