Makroiqtisodiy ko`rsatkichlar


Iqtisodiy sikll nazariyalari. Sikllarning asosiy turlari


Download 44.15 Kb.
bet4/5
Sana14.10.2023
Hajmi44.15 Kb.
#1703268
1   2   3   4   5
Bog'liq
Makroiqtisodiy ko`rsatkichlar

Iqtisodiy sikll nazariyalari. Sikllarning asosiy turlari
Iqtisodiy sikllarning kelib chiqish sabablari va ularga ta’sir ko’rsatuvchi omillarning chuqur va izchil ravishda tadqiq etilishi turli ko’rinishdagi iqtisodiy sikl nazariyalarining vujudga kelishiga olib keladi. Ko’pchilik hozirgi zamon iqtisodchilari iqtisodiy sikllarning obyektiv tavsifini tan olib, bu hodisani unga ta’sir ko’rsatuvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish orqali o’rganishni tavsiya qiladi.
Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi nazariyani eksternal nazariya deb ataladi. Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi. Bu tashqi omillarga quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:

  1. Urushlar, inqilobiy o’zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar;

  2. Oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi;

  3. Yangi hududlarning ochilishi va bilan bog’liq ravishda aholi migratsiyasi, yer shari aholisi sonining o’zgarib turishi;

  4. Ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o’zgartirishga qodir bo’lgan texnologiya, tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli o’zgarishlar;

Iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o’ziga xos ichki internal nazariya deb ataladi. Asosiy kapitalning jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirib, xizmat muddati tugashi va iqtisodiy siklni keltirib chiqaruvchi muhim omillardan biri sifatida qaraladi. Shuningdek, quyidagi boshqa ichki omillar ham ajratilib ko’rsatiladi:
1) Shaxsiy iste’molning o’zgarishi (qisqarishi yoki kengayishi);
2) Investitsiyalar, ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi ish joylarini vujudga keltirishga yo’naltiriladigan mablag’lar hajmi;
3) Ishlab chiqarish, talab va takliflar hajmiga ta’sir ko’rsatishga qaratilgan davlat iqtisodiy siyosatining o’zgarishi.
Iqtisodiy sikllarning kellib chiqishini faqatgina eksternal yoki internal orqali tushunish to’g’ri bo’lmaydi. Iqtisodiy sikl va umuman iqtisodiy tizimdagi miqdoriy va sifat o’zgarishlar tashqi va ichki omillar birgalikdagi ta’siri oqibatida kelib chiqishi mumkin. Shuningdek , iqtisodiyotning skilli rivojlanishi sabablarini izohlashda bir qator nazariyalar ham ilgari surilgan.
Sof monetar nazariya. Bu nazariya tarafdorlarining fikricha, bozor iqtisodiyotida markaziy o’rinni pul va kredit egallaydi. Iqtisodiyotning skill o’zgarishi eng avvalo pul massasi oqimini o’zgartirishga bog’liq.Iqtisodiy faollikning o’sishi, iqtisodiyotning ravnaq topishi, uning turg’unlik bilan almashinib turishiga yagona sabab pul oqimining o’zgarishidir. Tovarlarga talabning ortishi natijasida savdo, chakana narx o’sib, ishlab chiqarishning kengayishiga olib keladi.
Pul va kredit tizimi beqaror tavsifga ega ekanligi sababli pul oqimini barqarorlashtirish murakkab hisoblanadi. pullarni yaratdi, shunga ko’ra, pul oqimining o’zgarishida



Download 44.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling