Makroiqtisodiy tahlil


Real sektor tarkibiy tuzilishini takomillashtirish va unga ta’sir etuvchi omillar


Download 1.84 Mb.
bet13/86
Sana01.05.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1419822
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   86
Bog'liq
Makroiqtisodiy Tahlil 0202

4. 3. Real sektor tarkibiy tuzilishini takomillashtirish va unga ta’sir etuvchi omillar

Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish – bu milliy manfaatlarni ta’minlovchi, iqtisodiy o‘sishga yo‘l beruvchi va nihoyat, aholi farovonligini muttasil oshib borishini ta’minlovchi yangicha ishlab chiqarish tuzilmasini yaratishdir. Chunki tarkibiy tuzilishda chuqur o‘zgarishlarni amalga oshirish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning, istiqbolda O‘zbekistonning barqaror iqtisodiy o‘sishini va aholi farovonligini ta’minlashning, jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilishning eng asosiy shartlaridan biridir.


Tarkibiy o‘zgartirishlar uzluksiz yuz beradi, ularni rag‘batlantirish iqtisodiy siyosatning muhim yo‘nalishi bo‘lib qoladi. Hozirgi davr yangi texnologiya asri sifatida yangi tarkibiy o‘zgartirishlarni yuzaga keltiradi.



28

Shu bois tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlash islohotlarni chuqurlashtirishning muhim jihati deb baholash zarur.

Iqtisodiyot real sektori tarkibini o‘zgartirish butun milliy iqtisodiyotga xizmat qiladi va texnik taraqqiyotni ta’minlaydi. O‘zbekistonda iqtisodiyot tarkibini o‘zgartirish davlatning ko‘magida rivoj topadi. Chunki, bu tarmoqlarni yirik sarmoyalar hisobidangina rivojlantirish mumkin. Shuning uchun yirik tarmoqlarga investitsiyalarni davlat yo‘naltiradi va shu boisdan tarmoqlar boshqalarga nisbatan jadal o‘sib boradi. Muhim tomoni shundaki, iqtisodiyot tarkibini o‘zgartirish iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy shartidir.


Iqtisodiyot real sektori tarkibini o‘zgartirish boshqa sohalarning ham o‘sishiga olib keladi. Masalan, neft mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi neft-gaz sohasining rivojlanishi bilan birgalikda, kimyo sanoati tarmoqlarining ham rivojlanishiga zamin yaratiladi. Bu nafaqat energiya manbalarini eksport qilish imkonini beradi, balki turli kimyoviy xomashyo moddalari va tayyor mahsulotlarni eksportga yo‘naltirishga imkon yaratadi.


Iqtisodiyot real sektori tarkibini o‘zgartirish mamlakat eksport salohiyatini oshirishga ham xizmat qiladi. Tarmoqlar rivojida yangi davr boshlanadiki, bu soha korxonalari ham bozor mexanizmi asosida rivojlanadi, o‘z-o‘zini moliyalashtirish qoidasi amal qiladi, chunki iqtisodiyotni erkinlashtirish yo‘liga aytilgan tarmoqlar ham tortiladi.


Real sektordagi iqtisodiy vaziyatni baholash integrallashgan hisob-kitoblar asosida quyidagi 3 ta yo‘nalishni qamrab oladi:





  1. Rivojlanish istiqbollari;

  2. Faoliyat samaradorligi;

  3. Investitsion xatarlar.

Real sektor rivojiga ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi, ilmiy-texnik taraqqiyot darajasi, pul-kredit tizimi holati, soliq-budjet tizimi, davlatning investitsion siyosati, mamlakatning to‘lov qobiliyati holati ta’sir qiladi.


Real sektor rivojini, natijada iqtisodiy o‘sishni moddiy ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilashga yo‘naltirilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri kapital qo‘yilmalar miqdori hamda innovatsiyalar ta’minlaydi.


Bundan tashqari, bozor iqtisodiyoti sharoitida real sektorga mamlakatning moliyaviy sektori holati ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, foiz stavkalari darajasi, fond birjalari, sug‘urta tizimi va boshqalar.



29

  1. 4. Milliy iqtisodiyotning ishlab chiqarish natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar




Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling