Makroiqtisodiy tahlil
Iqtisodiy tizim turlari va ularning belgilari
Makroiqtisodiy Tahlil 0202
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqасhа хulоsаlаr
- Nazorat va muhokama uchun savollar
- 3-BOB. MAKROIQTISODIY TAHLILDA EKONOMETRIK MODELLARDAN FOYDALANISH
- 3.2. Statistik ma’lumotlar asosida tuzilgan tenglamalar tizimi
Iqtisodiy tizim turlari va ularning belgilari5
| |||||
| |||||
|
Iqtisodiy |
|
|
|
|
|
tizim |
|
|
sof |
|
№ |
turlari |
an’anaviy |
ma’muriy- |
bozor |
aralash |
|
|
|
buyruqbozlik |
|
|
|
Belgilari |
|
|
|
|
1 |
Mulkchilik |
|
|
|
xususiy va |
|
shakli |
jamoa |
davlat |
xususiy |
davlat |
2 |
Xo‘jalik faoliyatini |
|
|
bozor |
bozor |
|
tashkil etish usuli |
an’analarga |
reja asosida |
iqtisodiyoti |
iqtisodiyoti |
|
|
asoslangan |
|
tamoyillari |
tamoyillari |
|
|
|
|
asosida |
asosida |
3 |
Davlatning |
|
|
deyarli |
|
|
roli |
|
boshqaruvchilik |
mavjud emas |
cheklangan |
|
|
|
|
Iqtisodiy |
|
4 |
Misollar |
Afrika |
Shimoliy |
jarayonlarga |
AQSh, |
|
|
qabilalari |
Koreya, Kuba |
davlatning u |
Rossiya, |
|
|
|
|
yoki bu |
Yevropa, |
|
|
|
|
darajada |
Yaponiya |
|
|
|
|
aralashuvi |
va boshqa |
|
|
|
|
deyarli barcha |
davlatlar |
|
|
|
|
mamlakatlarda |
|
|
|
|
|
mavjud |
|
An’anaviy iqtisodiy tizimda yashovchi kishilar uchun diniy va madaniy qadriyatlar iqtisodiy faoliyatga nisbatan birlamchi deb qaraladi. Bunday jamiyatga u yoki bu iqtisodiy tizim elementlari ma’lum bir darajada kirib kelar ekan, qaysiki iqtisodiy rivojlanish yo‘lini o‘zlari uchun ko‘proq manfaatli deb bilmasinlar (sof bozor iqtisodiy tizimi yoxud ma’muriy - buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiy tizim), bu ularning tub ijtimoiy manfaatlariga zid kelmasligiga asoslangan holda yashaydilar.
Qisqасhа хulоsаlаr
Iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda iqtisodiyot nazariyasi (jumladan mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot) uchun standart hisoblangan dialektika va mantiqning uslub va tamoyillari qo‘llaniladiki, bunday umumiy uslub va tamoyillarga: abstraktlashtirish (mavhumlashtirish), ya’ni iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tadqiq etish va tushuntirishda modellarni qo‘llash; deduksiya va induksiya usullari yoki ularni birgalikda qo‘llash, normativ va pozitiv tahlilni qo‘shib olib borish,
T.Z.Teshabayev, Z.M.Otaqo‘ziyeva, Makroiqtisodiyot. Ma’ruzalar matni. Т.: ТАТU, 2015
16
umumlashtirish, «boshqa omillar o‘zgarmas bo‘lganda» tamoyillaridan foydalanish, iqtisodiy agentlarning ratsional harakatlari tahmini va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Modellashtirish yoki abstraktlashtirish makroiqtisodiy tahlilning asosiy uslubi hisoblanadi va shuning uchun barcha makroiqtisodiy jarayonlar modellar orqali o‘rganiladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga budjet moʻljallari toʻgʻrisida”gi 2018 yil 26 dekabrdagi Qarorining asosiy mazmuni nimalardan iborat?
Makroiqtisodiyot sub’ektlari orasida davlatning roli qanday?
Agregat ko‘rsatkichlar deganda nimani tushunasiz? Makroiqtisodiy tahlilda agregat ko‘rsatkichlardan foydalanish zaruriyati nima uchun yuzaga keladi?
Makroiqtisodiy darajada ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizigʻini tushuntiring.
17
3.1. Ekonometrik modellar to‘g‘risida tushuncha
Ekonometrika iqtisodiyot va matematika fanlari tomonidan erishilgan nazariy yutuqlarni amaliy faoliyatda qo‘llash asosida shakllangan fandir.
Iqtisodiyotning talablariga mos ravishda matematik usullar rivojlangan bo‘lsa, matematika kirib borgan soha o‘z masala va muammolariga aniq va to‘g‘ri javob olgan hamda rivojlangan.
Ekonometrik modellar yordamida quyidagilarni amalga oshiriladi:
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va ularning o‘zaro bog‘lanishining miqdoriy tomonlarini o‘rganish;
biznes-rejalarni ilmiy asoslash va ularning bajarilishini ob’ektiv baholash;
iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularning ta’sirini miqdoriy baholash;
xo‘jalikning rivojlanish tendensiyalari va proporsiyalarini ochib berish, foydalanilmagan ichki imkoniyatlar va zahiralarni aniqlash;
ilmiy asoslangan prognozlarni ishlab chiqish;
milliy iqtisodiyotning tarmoqlari va sohalari asosiy ko‘rsatkichlarining istiqboldagi holatini aniqlash va baholash;
ilg‘or tajribalardan foydalanish va optimal boshqarish qarorlarini qabul qilish.
Iqtisodiy jarayonlarini o‘rganish alohida xo‘jalik elementlari, faktlar, hodisa va holatlarni kuzatishdan boshlanadi va ular birgalikda xo‘jalik jarayonini, xo‘jalik faoliyati mazmunini u yoki bu boshqarish tizimida ifodalaydi.
3.2. Statistik ma’lumotlar asosida tuzilgan tenglamalar tizimi
Ekonometrik tenglamalar tizimi uch xilga bo‘linadi:
tizimga bir-biri bilan bog‘lanmagan tenglamalar kiradi. Har biri alohida yechilib, umumiy iqtisodiy-matematik modelning bir qismi bo‘lib qoladi;
tizimga bir-biri bilan bog‘langan statistik xususiyatga ega bo‘lgan tenglamalar kiradi. Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulotga ishchilar soni va asosiy fondlar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. O‘z navbatida, ishchilar soni aholi soni bilan va asosiy fondlar miqdori kapital qo‘yilmalar bilan
18
bog‘langan. Buning natijasida ekonometrik tenglamalar tizimi quyidagi ko‘rinishda yozilishi mumkin:
Y = f (OPF, PPP)
= f(L)
OPF = f (KK).
Bu erda Y - asosiy ko‘rsatkich, RRR - ishchilar soni,
OPF - asosiy fondlar hajmi, L - aholi soni,
KK - kapital qo‘yilmalar.
v) tizimga dinamik xususiyatga ega bo‘lgan tenglamalar kiradi. Bu
tizimga kiradigan tenglamalar faqatgina har biri vaqt davrida bog‘lanish borligini aniqlamasdan, ilgari bo‘lgan omillararo bog‘lanish borligini ham tahlil qilish mumkin.
Masalan, bir jarayonni tahlil etish va uning asosiy ko‘rsatkichlarini prognoz davriga hisoblash uchun berilgan ma’lumotlar asosida, ya’ni yalpi mahsulot (VAL), ishchilar soni (RRR), asosiy fondlar (OPF), ish xaqi fondi (ZAR), kapital qo‘yilmalar (KV), har yili ishga kiritiladigan asosiy fondlar (OWF) kabi ko‘rsatgichlarni tenglamalar tizimi orqali
yozib chiqamiz: |
|
VAL = f(OPF, PPP) |
(1) |
PPP = f(VAL, ZAR) |
(2) |
ZAR = f(VAL, KV) |
(3) |
OWF = f(KV, OPF) |
(4) |
OPF = f(OPF(-1), KV) |
(5) |
KV = f(FN) |
(6) |
FN = f(ND) |
(7) |
YUqorida keltirilgan tenglamalar tizimi bir biri bilan bog‘lanib, ketma-ket hisoblanadi, ya’ni (7) tenglama echilib, uning natijalari omil sifatida (6) tenglamada kapital quyilmalarni hisoblash uchun ishlatiladi. O‘z vaqtida (6) tenglamaning natijalari (5) tenglamani yechish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham:
ma'muriyatiga murojaat qiling