Depozit siyosati. Markaziy bankning depozit siyosati deganda Markaziy bank tomonidan Hukumatga, tijorat banklariga tegishli pul mablag’larini depozit hisobraqamlariga jalb etish va boshqarish tushuniladi.
7.2.3. Pul-kredit siyosatining noan’anaviy instrumentlari.
Tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan limitlar belgilash. Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan limitlar belgilash muomaladagi pul massasini tartibga solish, xususan, pul massasining oldindan belgilangan maqsadli o‘sish ko‘rsatkichiga erishishni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalariga nisbatan limitlar belgilash. Ko‘pchilik o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida Markaziy bank tomonidan tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalarini yuqori chegarasini belgilash, ya’ni foiz stavkalarini limitlash qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasida ham 1999 yilga qadar tijorat banklari kreditlari foiz stavkalarining yuqori chegarasini belgilab qo‘yish amaliyoti mavjud edi.
Tijorat banklari depozitlarining foiz stavkalariga nisbatan limitlar belgilash. Tijorat banklari depozitlarining foiz stavkalariga nisbatan limitlar belgilash, ya’ni depozitlarga to‘lanadigan foizlarning yuqori chegarasini belgilash depozitlarning qimmatlashib ketishining oldini oladi.
Selektiv kreditlash. Selektiv kreditlashni tanlanma kreditlash deb ham atash mumkin.
Selektiv kreditlash Markaziy bank tomonidan iqtisodiyotning ma’lum bir sohasi yoki tarmog’ini bilvosita moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshiriladi.
Tratta – bu uzatma tijorat vekselidir. Tijorat veksellarining ikki turi mavjud: oddiy va uzatma tijorat veksellari.
Tijorat veksellarini boshqa shaxslarga uzatish mumkin. Shu jihatdan olganda, ular pulning to‘lov vositasi funktsiyasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |