Makroiqtisodiy tahlil


Download 1.84 Mb.
bet32/86
Sana01.05.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1419822
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   86
Bog'liq
Makroiqtisodiy Tahlil 0202

Majburiy zaxira siyosati. Majburiy zaxira siyosati Markaziy bank pul-kredit siyosatining an’anaviy instrumentlaridan biri hisoblanadi. Bunda uch xil tushuncha qo‘llaniladi:



  1. Zaxira talablari (reserve requirements).

  2. Minimal zaxiralar (minimum reserves).

  3. Majburiy zaxiralar (legal reserves).

Majburiy zaxira siyosati pul-kredit siyosatining instrumenti sifatida dastlab AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) tomonidan mamlakat bank tizimining likvidliligiga ta’sir etish maqsadida joriy qilingan edi.


Hozirgi davrga kelib majburiy zaxira siyosati muomaladagi pul massasini tartibga solishning, milliy bank tizimining likvidliligiga


Markaziy bank tomonidan ta’sir etishning muhim, ta’sirchan vositasiga aylandi.




Ochiq bozor siyosati. Markaziy bankning ochiq bozor siyosati deganda, odatda, Markaziy bank tomonidan qimmatli qog’ozlar bozorida qimmatli qog’ozlarni sotib olinishi yoki sotilishi tushuniladi.

Markaziy banklarning ochiq bozor operatsiyalarida oldi-sotdi ob’ekti sifatida, asosan, quyidagi qimmatli qog’ozlardan foydalaniladi:


xazina veksellari; hukumatning obligatsiyalari;


hukumatning o‘rta va uzoq muddatli xazina majburiyatlari; korporativ obligatsiyalar;


tijorat banklarining depozit sertifikatlari; korxonalarning tijorat veksellari.




Valuta siyosati. Markaziy bankning valuta siyosati uning an’anaviy pul-kredit instrumentlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli, valuta

62


siyosatining pirovard maqsadi milliy valuta barqarorligini ta’minlash hisoblanadi.

Markaziy bankning valuta siyosati doirasida amalga oshiriladigan valuta operatsiyalarining uch asosiy turi xalqaro bank amaliyotida keng qo‘llanilmoqda. Ular quyidagi operatsiyalardan iboratdir:





  1. Valuta interventsiyasini amalga oshirish maqsadida o‘tkaziladigan operatsiyalar.




  1. Hukumatning tashqi qarzini to‘lash bo‘yicha Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan valuta operatsiyalari.




  1. Markaziy bankning balansidagi oltin-valuta zaxiralarini boshqarish operatsiyalari.




Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling