Makroiqtisodiy tahlil


Download 1.84 Mb.
bet40/86
Sana01.05.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1419822
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   86
Bog'liq
Makroiqtisodiy Tahlil 0202

Fiskal siyosat davlat iqtisodiy siyosatining tayanchi hisoblanib, u davlat budjeti daromadi yoki xarajatlarini o‘zgartirish orqali iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini aks ettiradi. Shuning uchun fiskal siyosat soliq-budjet siyosati deb ham ataladi.

Davriy tebranishlarni oldini olishga, tekislashga (aksildavriy choralar ko‘rishga), ya’ni barqarorlikka qaratilgan har qanday siyosat kabi fiskal siyosatning maqsadlari ham quyidagilarni ta’minlashga qaratilgandir:


barqaror iqtisodiy o‘sish;

resurslarning to‘liq bandligi (eng avvalo davriy ishsizlik muammosini hal etish);


barqaror narxlar darajasi (inflatsiya muammosini hal etish).


Fiskal siyosat – bu eng avvalo hukumatning yalpi talabni ta’minlashga (tartibga solishga) qaratilgan siyosatidir. Iqtisodiyotni tartibga solish bunday sharoitda yalpi xarajatlarga ta’sir etish orqali amalga oshiriladi. Ammo fiskal siyosatning ba’zi vositalari yalpi taklifga faollik darajasi orqali ta’sir etish uchun ham qo‘llanilishi mumkin. Fiskal siyosatni hukumat olib boradi.


Fiskal siyosatning vositalari bo‘lib davlat budjetining daromad va xarajatlari hisoblanadi:


davlat xarajatlari;


soliqlar;
transfertlar.

Iqtisodiy davrning holatiga, ya’ni iqtisodiyot hozirda qanday davriy fazada ekanligiga ko‘ra, fiskal siyosat vositalari turlicha qo‘llaniladi. Fiskal siyosatning ikki turi mavjud (8.1.1-rasm): 1) Rag‘batlantiriluvchi fiskal siyosat. 2) Cheklovchi fiskal siyosat.



72

а) Rag’batlantiruvchi fiskal siyosat б) Cheklovchi fiskal siyosat.




P

LRAS










SRAS

P2







P1













AD2







AD1

Y1

Y*

Y


P

LRAS










SRAS

P1







P2




AD1







AD2

Y*

Y1

Y




Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling