Makroiqtisodiy tahlil
Davlat budjeti konsepsiyalari
Download 1.84 Mb.
|
Makroiqtisodiy Tahlil 0202
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.4. Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish yo‘llari
8.3. Davlat budjeti konsepsiyalari
Budjet kamomadiga bo‘lgan munosabat salbiy hisoblanib, balanslashgan budjet g‘oyasi eng maqbul hisoblanadi. Tarixan davlat budjeti holatiga bo‘lgan munosabat uchta konsepsiya orqali ilgari surilgan: budjetning yiliga balanslashuvi g‘oyasi; budjetning iqtisodiy davrning fazalari bo‘yicha balanslashuvi g‘oyasi (davriylik asosida); v) budjetning balanslashuvi emas, balki iqtisodiyotning balanslashuvi g‘oyasi. Keyns nazariyasi retsessiya, ya’ni iqtisodiyotning pasayish davri bilan kurashishga yo‘naltirilgan bo‘lib, u eng avvalo budjetni tartibga solishda uning vositalari (davlat xarajatlari va transfertlar, ya’ni budjet xarajatlarini oshirish va soliqlarni, ya’ni daromadlarni kamaytirish)dan foydalanishni shart deb hisoblangan va shu sababdan bu nazariya «moliyaviy kamomad» g‘oyasiga asoslangan deb aytish mumkin. Ko‘pgina rivojlangan davlatlarda 50-60 yillarda bunday keynscha retseptning qo‘llanilishi 70-yillar o‘rtalariga kelib budjet taqchilligining surunkali bo‘lib qolishi va inflatsiya jarayonlarining kuchayishiga olib keldi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yil davomida ham, iqtisodiy davrning turli fazalarida ham budjet taqchilligiga yo‘l qo‘ymaslik, ma’lum bir davrda bunday vaziyat yuzaga kelgan sharoitda esa uning surunkali bo‘lib qolishining oldini olishga qaratilgan keskin chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. 8.4. Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish yo‘llari Davlat budjeti taqchilligi 3 usulda moliyalashtirilishi mumkin: pul emissiyasi hisobiga; o‘z mamlakati aholisidan qarz olish hisobiga (ichki qarz); boshqa mamlakatlardan yoki xalqaro moliyaviy tashkilotlardan qarz olish hisobiga (tashqi qarz hisobiga). 76 Birinchi usul davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirishning emissiyali yoki pullik usuli hisoblanadi, ikkinchi va uchinchi usul esa majburiyatli usullar hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, davlat budjeti kamomadini moliyalashtirishning har qanday usuli o‘z afzallik va kamchiliklariga ega va turli mamlakatlar o‘z budjet taqchilligini bartaraf etishda u yoki bu usuldan alohida va birgalikda foydalanib, iqtisodiyotdagi mavjud muammolarini hal etishlari mumkin bo‘ladi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling