Makroiqtisodiy tahlil
Budjet tahlili. Budjet disbalansini hisoblash
Download 1.84 Mb.
|
Makroiqtisodiy Tahlil 0202
8.8. Budjet tahlili. Budjet disbalansini hisoblash.
Kamomadni moliyalashtirish. Budjet kamomadini aniqlashda DMSdagi umumiy kamomad to‘g‘risidagi ta’rifdan keng foydalanilsada, budjet balansini o‘lchashda barcha kamchiliklardan holis yagona bir usul hozirgacha o‘ylab topilmagan. Oldimizda turgan maqsadlardan kelib chiqib, turli tahliliy me’yorlarga asoslangan balans tushunchasining boshqa konsepsiyalaridan foydalanish mumkin. Ko‘pincha budjet holatiga baho berishda budjet kamomadining (profisitining) YaIMga foizlardagi nisbatidan foydalaniladi. Bu ko‘rsatkich budjet sohasining holatiga baho berishda ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan eng maqbul deb tan olingan. Biroq, bu an’anaviy usul ham ushbu qo‘llanmada berilgan qo‘shimcha choralar bilan to‘ldirilishi mumkin. U choralar soliq-budjet siyosatining soliqqa tortish va xarajatlar kabi tizimiy qirralarini hisobga olishi lozim. Balansning talablarga javob beradigan tushunchasini aniqlashda quyidagi omillarga e’tibor berish zarur: disbalansning turi, qamrab olish darajasi (markaziy hukumat, davlat boshqaruvi yoki davlat sektori), buxgalteriya hisobi usuli (kassa yoki o‘tkazish usullari) va har qanday shartli majburiyatning holati. Quyida budjet balansini o‘lchashning turli usullarini ko‘rib chiqamiz: davlat sektorining qarz mablag‘lariga bo‘lgan talabini aniqlash; budjetning joriy balansi (joriy operatsiyalar hisobining balansi); birlamchi yoki foizsiz balans; operatsion balans. Kamomadni moliyalashtirish. Davlat budjeti kamomadining makroiqtisodiy holatga ta’siri kamomadni moliyalashtirish xarakteri bilan uzviy bog‘liqdir. Yuqorida 79
ko‘rsatilganidek, kamomadni quyidagi to‘rtta manba hisobiga moliyalashtirish mumkin: Markaziy bankdan qarz olish yoki emission moliyalashtirish, bank sektoridan qarz olish, bank bo‘lmagan sektordan qarz olish, tashqi dunyo sektoridan qarz olish yoki valuta zahiralaridan foydalanish. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling