Makroiqtisodiy tahlil


Davlat sektori tushunchasi. davlat operatsiyalarini o‘lchash. davlat moliyasi statistikasi tizimi


Download 1.84 Mb.
bet45/86
Sana01.05.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1419822
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   86
Bog'liq
Makroiqtisodiy Tahlil 0202

8.6. Davlat sektori tushunchasi. davlat operatsiyalarini o‘lchash. davlat moliyasi statistikasi tizimi

Soliq-budjet sohasi va soliq-budjet siyosatidagi o‘zgarishlar xo‘jalik rivoji va iqtisodiy siyosatida muhim rol o‘ynaydi. Soliq-budjet siyosati yalpi iqtisodiy resurslardan foydalanish va yalpi taklif darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Pul-kredit va valuta siyosatlari kabi, u to‘lov balansining holati, qarzdorlik darajasi, inflatsiya sur’atlari va iqtisodiy o‘sishni belgilaydi.


Soliq sohasi, davlat xarajatlari va qarz olish siyosati ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar hulqi, mamlakat daromadlari va


boyliklarini taqsimlashga ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pincha makroiqtisodiyotning ichki va tashqi sektorlaridagi jiddiy disbalans, turli choralarni qo‘llashga qaramasdan, bartaraf qilinmagan budjet kamomadi sababli kelib chiqadi.


Mamlakatning soliq-budjet sohasidagi umumiy holatiga baho berish, uni barqarorlashtirish va tizimiy islohotlar bilan birgalikda qarab chiqish uchun budjet operatsiyalarini hisobga olish va tahlil qilishning asosiy tamoyillari to‘g‘risida tushuncha bo‘lishi talab qilinadi.


”Davlat moliyasi statistikasi bo‘yicha ko‘rsatmalar” (DMS ko‘rsatmasi)da davlat boshqaruv idoralarining bir nechta darajalari aniqlangan: markaziy hukumat, shtat va mintaqa darajasidagi idoralar, mahalliy idoralar va milliydan yuqori bo‘lgan idoralar.




Davlat sektori – keng ma’noda davlat boshqaruv sektori bo‘lib, unga davlat boshqaruv sektori va davlat temir va havo yo‘llari yoki davlat kommunal korxonalari kabi davlat nomoliyaviy korxonalar kiritiladi. Markaziy hukumatning ba’zi daromad va xarajatlari odatda markaziy hukumatning mahalliy idoralar va davlat korxonalariga transfertlari va o‘z navbatida davlat korxonalarining markaziy hukumatga transfertlarini ifodalaydi.


8.7. Daromadlar va xarajatlar tasnifi.
Budjet balansi tushunchasi

Umuman olganda, davlat boshqaruv idoralari bajaradigan barcha operatsiyalar daromadlar va xarajatlar turlari bo‘yicha tasniflanadi. Asosiy tasnif iqtisodiy xarakterga ega bo‘lib, yalpi daromadlar va yalpi xarajatlar, joriy va kapital daromadlar va xarajatlarning yig‘indisi sifatida aniqlanadi. Bu kategoriyalarning ichida soliqlar xo‘jalik faoliyatining soliqqa tortiladigan turiga ko‘ra guruhlansa, xarajatlar – ularning nima


78
maqsadlarga mo‘ljallanganligiga ko‘ra, masalan, mudofa va maorif guruhlariga ajratiladi. Budjetni tahlil qilishda iqtisodiy tasnif funksional tasnifga nisbatan muhimroq ahamiyatga ega.




Budjet balansining an’anaviy tushunchasi. Agar davlat idoralarining operatsiyalariga naqd pul harakati nuqtai nazaridan qaralsa, yalpi tushum har doim yalpi to‘lovlarga teng bo‘ladi va shuning uchun davlat idoralarining budjet hisoblari qaysidir ma’noda doimo balanslashgan bo‘ladi. Ammo, agar tahlil va qarorlar qabul qilish zarurligidan kelib chiqsak, bir tomondan asosiy e’tiborni tushumlar va grantlar, ikkinchi tomondan sof kreditlashni inobatga olgan holda xarajatlar orasidagi tafovutga qaratish maqsadga muvofiqdir.



Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling