8. 2. Davlat budjeti. Budjetni taqchilligi
Davlat budjeti deganda, umumjamiyat miqyosida markazlashgan va davlat ishtirokida hosil bo‘luvchi va sarflanuvchi moliyaviy resurslar tushuniladi. Uning asosiy vazifasi moliyaviy vositalar yordamida iqtisodiyotni samarali rivojlantirish va umumdavlat miqyosidagi vazifalarni hal qilishdir.
Davlat budjeti – bu ma’lum davr ichida (odatda 1 yil) davlat daromad va xarajatlarining balanslashuvi hisoblanib, u mamlakatning asosiy moliyaviy rejasini aks ettiradi va hukumatning qonun qabul qiluvchi organi hisoblangan Oliy Majlis (parlament, davlat dumasi, kongress) tomonidan qabul qilingandan so‘ng ijro uchun qonuniy va majburiy tus oladi.
O‘z funksiyalarini amalga oshirishda davlat juda ko‘p xarajatlar qiladi. Turli maqsadlarda ishlatilishiga ko‘ra davlat xarajatlari quyidagilarga bo‘linadi:
siyosiy maqsadlar;
iqtisodiy maqsadlar;
ijtimoiy maqsadlar.
Davlat budjetining holatlari. Davlat xarajatlari va daromadlari o‘rtasidagi farq davlat budjeti saldosini tashkil etadi. Davlat budjeti ko‘rinishi uch holatda bo‘lishi mumkin:
Daromadlar xarajatlardan yuqori (T >G), budjet saldosi musbat, bunda davlat budjeti ortiqchaligi (profitsit) kuzatiladi.
Daromadlar xarajatlarga teng (T = G), budjet saldosi 0 ga teng, ya’ni budjet balanslashgan bo‘ladi.
Daromadlar xarajatlardan kam (T
Budjet taqchilligi va uning ko‘rinishlari. Har bir davlat budjetning daromad qismi bilan xarajat qismlarining teng bo‘lishini ta’minlashga harakat qiladi. Ammo amalda ko‘p holatlarda xarajat daromadga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi. Natijada budjet taqchilligi yuzaga keladi. Uning paydo bo‘lishi bir qator sabablarga bog‘liq:
ishlab chiqarishning pasayishi;
ijtimoiy dasturlarga ko‘zlangan xarajatlardan ko‘proq sarflash;
mudofaaga xarajatning oshib ketishi;
yashirin (xufyona) iqtisodiyotning ko‘payishi.
Budjet kamomadining strukturaviy, davriy va amaldagi ko‘rinishlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |