Makroiqtisodiy tahlil


O‘zbekistonda ishsizlikni bartaraf etishning davlat siyosati


Download 1.84 Mb.
bet53/86
Sana01.05.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1419822
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   86
Bog'liq
Makroiqtisodiy Tahlil 0202

O‘zbekistonda ishsizlikni bartaraf etishning davlat siyosati. Ishsizlik jiddiy makroiqtisodiy muammolardan biri bo‘lganligi va makroiqtisodiy beqarorikni keltirib chiqarganligi sababli davlat ishsizlikni bartaraf etish uchun muhim chora-tadbirlar ishlab chiqadi. Ishsizlikning kelib chiqish sabablari turlicha bo‘lganligi uchun, har qaysi davlat uning har bir turi uchun alohida chora-tadbirlar ishlab chiqishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Ishsizlikning barcha turlari uchun umumiy bo‘lgan chora-tadbirlarga quyidagilarni kiritish mumkin:


ishsizlik bo‘yicha nafaqalar to‘lash;


bandikni ta’minlovchi xizmatni tashkil etish (ishga joylashtirish bo‘yicha tashkilot).




9.4. Inflatsiya va uning ko‘rsatkichlari.
Inflatsiya turlari


Inflatsiya va uning ko‘rsatkichlari. Inflatsiya («inflation») italyancha «inflatio» so‘zidan olingan bo‘lib, «bo‘rtish, ko‘tarilish» ma’nosini anglatib, umumiy narxlar darajasining barqaror o‘sish tendensiyasini bildiradi.

Inflatsiyaning asosiy ko‘rsatkichi - inflatsiya sur’ati yoki darajasi (rate of inflation - π) hisoblanib, u joriy va oldingi yil narxlar darajasi foizdagi farqining oldingi yil narxlar darajasining foiziga nisbati va 100%ga ko‘paytirish orqali aniqlanadi:



89


  • Pt Pt1100%

Pt1






yoki

π

ΔP

100%










Pt1


yoki



P






π

t

1

100%

P
















t1






bunda,
π - inflatsiya sur’ati yoki darajasi;
Pt - joriy yildagi umumiy narxlar darajasi (YaIM deflyatori);

Pt – 1 – oldingi yil narxlarining umumiy darajasi (YaIM deflyatori). Inflatsiya turlari. O‘lchov mezoniga ko‘ra, inflatsiya bir necha


turlarga bo‘linadi. Agarda o‘lchov mezoni inflatsiya sur’atlari (darajasi) bo‘lsa, u holda inflatsiya quyidagi turlarga ajratiladi: mo‘tadil inflatsiya, sakrab chopuvchi inflatsiya, yuqori darajadagi inflatsiya va giperinflatsiya.


Tanqislik (defitsit) inflatsiya ko‘rinishining bir shakli bo‘lib xizmat qiladi, chunki inflatsiyani xarakterlovchi xususiyatlardan biri pullar to‘lov qobiliyatining pasayishi hisoblanadi. Defitsit pullarning to‘lov qobiliyati yo‘qligini, ya’ni kishilar ularga hech narsa xarid qila olmasliklarini anglatadi.





Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling