Makroiqtisodiy tahlil
Nazorat va muhokama uchun savollar
Download 1.84 Mb.
|
Makroiqtisodiy Tahlil 0202
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-BOB. TOVAR VA PUL BOZORLARINING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI TAHLILI
Nazorat va muhokama uchun savollar
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida" gi 2019 yil 5 fevraldagi Farmonining asosiy mazmuni nimalardan iborat? 2.Fillips egri chizig‘i qaysi ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi? Bu bog‘liqlik qanday tavsiflanadi? Antiinflatsiya siyosatining mohiyati nimalardan iborat? Fillips egri chizig‘ining uzoq davrdagi modifikatsiyasi qanday tavsiflanadi? 101
10-BOB. TOVAR VA PUL BOZORLARINING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI TAHLILI 10.1. Tovar va pul bozorlarining o‘zaro bog‘liqligi. IS-LM modeli va uning mohiyati IS-LM modeli o‘zida tovar va pul bozorlarining o‘zaro birgalikdagi muvozanatini aks ettiradi. U keynscha turdagi model bo‘lib (demand-side), iqtisodiyotni qisqa muddatda o‘rganadi va zamonaviy yalpi talab nazariyasining asosi bo‘lib xizmat qiladi. IS-LM modeli: 1) tovar va pullar bozorlarining o‘zaro bog‘liqligini ko‘rish; 2) birgalikdagi muvozanat holatida va har bir alohida bozorda ularning muvozanatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash; 3) ushbu bozorlarda muvozanat o‘zgarishining iqtisodiyotga ta’sirini ko‘rish; 4) fiskal va pul-kredit siyosatlari samaradorligi tahlilini amalga oshirish; 5) yalpi talabga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash; 6) davriy tebranishning har bir fazasida barqarorlashtirish siyosatining turli xil yo‘llarini tahlil etish imkonini beradi. IS-LM modeli oddiy keynscha modelning barcha shartlarini saqlab qoladi: narxlar darajasi o‘zgarmas, ya’ni (R=const) va u ekzogen kattalik hisoblanadi, shuning uchun barcha o‘zgaruvchilarning nominal va real qiymatlari o‘zaro mos keladi; yalpi taklif absolyut elastik (ishlab chiqarish hajmi) va har qanday hajmdagi yalpi talabni qanoatlantira oladi; daromad (Y), iste’mol (C), investitsiyalar (I), sof eksport (Xn) endogen o‘zgaruvchilar hisoblanadi va model ichkarisida aniqlanadi; davlat xarajatlari (G), pul taklifi (M), soliq stavkasi (t) ekzogen o‘zgaruvchilar hisoblanadi va modeldan tashqarida shakllanadi (tashqaridan kiritiladi). YaIM=SIM=MD, chunki soliqlarni faqat uy xo‘jaliklari to‘laydilar va biznesga egri soliqlar mavjud emas. Ammo bunda aytish kerakki, faqat foiz stavkasining o‘zgarmasligi (doimiyligi) sharti bundan istisno, agar «keyns-xochi»da foiz stavkasi R=const va ekzogen ko‘rsatkich bo‘lgan bo‘lsa, IS-LM modelida u endi endogen ko‘rsatkich hisoblanadi va model ichida shakllanadi; uning darajasi pul bozoridagi vaziyat (muvozanat)ga qarab o‘zgaradi va 102
aniqlanadi, rejalashtirilgan avtonom xarajatlar foiz stavkasiga bog‘liq bo‘ladi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling