Makroiqtisodiy tahlil
Inflatsion targetlashning mohiyati
Download 1.84 Mb.
|
Makroiqtisodiy Tahlil 0202
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqасhа хulоsаlаr
9.8.3. Inflatsion targetlashning mohiyati
Inflatsion targetlash deganda inflatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichini belgilab olib, unga erishish maqsadida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning yig’indisi tushuniladi. Inflatsion targetlashda Markaziy bank dastlab inflatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichini belgilab oladi va unga erishish davrini rasman e’lon qiladi. 100
Inflatsion targetlash muvaffaqiyatli qo‘llanilgan davlatlar sifatida Yangi Zelandiya, Kanada, Buyuk Britaniya, Finlandiya, Shvetsiya, Avstraliya va Ispaniyani ko‘rsatish mumkin. Shunisi xarakterliki, mazkur mamlakatlarda inflatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichi turlicha ifodalandi. Avstraliya, Finlandiya va Shvetsiyada Markaziy bank inflatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichini hukumatning qo‘llab-quvvatlash xususidagi roziligini olmasdan turib e’lon qildi. Kanada va Yangi Zelandiyada inflatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichi Markaziy bank va Moliya vazirligining o‘zaro kelishuvi asosida ishlab chiqildi. Ammo shuni e’tirof etish joizki, inflatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichidan pul-kredit siyosatining indikatori sifatida foydalanishning mumkinligi biror-bir Markaziy bankning Nizomida o‘z aksini topmagan. Shu sababli, bu masalani huquqiy jihatdan maqsadga muvofiqligi markaziy banklar faoliyatining bosh maqsadi orqali izohlanadi, ya’ni inflatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichi orqali uni jilovlash Markaziy bankning bosh maqsadiga – milliy valutaning barqarorligini ta’minlash va jamiyatda baholar barqarorligiga erishishga xizmat qiladi. Qisqасhа хulоsаlаr Inflatsiya va ishsizlik o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni Fillips egri chizig‘i yordamida tasvirlash mumkin. Inflatsiya sur’atlarining o‘zgarishi, aniqrog‘i, ish xaqining o‘sish sur’atlari va ishsizlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni O. Fillips tadqiq qilgan. Keyinchalik Fillips egri chizig‘i modifikatsiya qilingan: taniqli iqtisodchi olimlar P. Samuelson va R. Solou ish haqi sur’atlarini narxlarning o‘sish darajasiga yoki inflatsiyaga o‘zgartirdilar Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling