Makroiqtisodiy tahlil
To‘lov balansini tuzish metodologiyasi
Download 1.84 Mb.
|
Makroiqtisodiy Tahlil 0202
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.1-jadval To‘lov balansida operatsiyalarni aks ettirish tartibi 53
- 11.3. To‘lov balansining tarkibi
11.2. To‘lov balansini tuzish metodologiyasi
To‘lov balansi – bu mamlakatga xorijdan kelib tushgan va xorijga to‘lab berilgan valutalarning haqiqatdagi summasi aks ettiriladigan hujjatdir. XVF to‘lov balansini statistik hisobot shakli deb hisoblaydi. To‘lov balansi xalqaro hisob-kitoblar balansining muhim shakllaridan biri hisoblanadi.
To‘lov balansida ikki yo‘nalishdagi valuta oqimi o‘z ifodasini topadi: Xorijiy valutalardagi tushumlar. Xorijiy valutalardagi to‘lovlar. To‘lov balansi mamlakatning tashqi iqtisodiy munosabatlarining rivojlanish darajasini, jahon savdosidagi, xalqaro kapitallar va kreditlar harakatidagi o‘rnini ko‘rsatadi. Моисеев С.Р. Международные валютно-кредитные отношения. – М.: Дело и Сервис, 2007. - С. 340-341.
114
To‘lov balansini tuzish ikki yoqlama yozuvga asoslanadi. Ya’ni, bunda har bir operatsiya ikki marta aks ettiriladi: bir hisobraqamning debetida, ikkinchi hisobraqamning esa kreditida aks ettiriladi. Bunda kreditli o‘tkazmalarning jami summasi debetli o‘tkazmalarning jami summasiga teng bo‘lishi va yakuniy saldo nolga teng bo‘lishi shart. Kreditli va debetli o‘tkazmalar o‘rtasidagi farq summasi sof xatoliklar deb ataladi. To‘lov balansini tuzish uchun quyidagi ma’lumotlar manbaidan foydalaniladi: Bojxona statistikasi. Markaziy bank tomonidan shakllantiriladigan iqtisodiyotning pul sektorini statistikasi. Tashqi qarz statistikasi. Xorijiy valutalar bilan amalga oshirilgan operatsiyalari statistikasi. 11.3. To‘lov balansining tarkibi To‘lov balansi to‘rt bo‘limdan tashkil topadi: Joriy operatsiyalar balansi. Transfertlar balansi. Kapitallar va kreditlarning harakati balansi. Oltin-valuta zaxiralarining harakati balansi. Joriy operatsiyalar balansining o‘zi ikki qismdan tashkil topadi: Savdo balansi. Xizmatlar va notijorat mazmunidagi to‘lovlar balansi. Savdo balansida eksport bo‘yicha tushumlar va import bo‘yicha to‘lovlarning haqiqatdagi summasi aks etadi. Savdo balansining passiv bo‘lishi, ya’ni import bo‘yicha to‘lovlarning eksportdan olingan tushumlar summasidan katta bo‘lishi mamlakatning jahon savdosidagi mavqeining zaiflashganligidan yoki zaifligidan dalolat beradi. Xizmatlar va notijorat mazmunidagi to‘lovlar balansida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha xorijiy valutadagi tushumlar va to‘lovlar summasi aks etadi: transportda yuk tashish; sug‘urta; telefon, telegraf, pochta va boshqa turdagi aloqalar; xalqaro turizm; chet elda diplomatik va boshqa vakolatxonalarni ochish hamda ularni saqlash; 115
xorijiy davlatlar hududida harbiy qismlar saqlash; ilmiy-texnik va ishlab chiqarish borasidagi tajribalarni o‘zaro almashinish; madaniy aloqalar xalqaro kreditlarga foiz to‘lash; xorijiy investitsiyalarga dividendlar to‘lash; boshqalar. Transfertlar balansida bir tomonlama to‘lovlar, ya’ni transfert to‘lovlari aks ettiriladi. Transfertlar balansida ikki turdagi to‘lovlar o‘z aksini topadi: Davlat tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar – boshqa mamlakatlarga iqtisodiy yordam ko‘rsatish va xalqaro tashkilotlarga badallar to‘lash. Xususiy pul o‘tkazmalari. Kapitallar va kreditlarning harakat balansida tadbirkorlik va ssuda kapitalining harakati bilan bog‘liq bo‘lgan tushumlar va to‘lovlar summasi aks etadi. Tadbirkorlik kapitali ikki shaklda mavjud bo‘ladi: To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar. Xorijiy portfelli investitsiyalar. Ssuda kapitalining harakati xalqaro kreditlarning muddatiga ko‘ra tasniflanadi va to‘lov balansining ushbu bo‘limida ikki shaklda mavjud bo‘ladi: Qisqa muddatli xalqaro kreditlar (1 yilgacha muddatga ega bo‘lgan xalqaro kreditlar). Bir yildan ortiq muddatga ega bo‘lgan xalqaro kreditlar. Oltin-valuta zaxiralarining harakat balansi rasmiy oltin-valuta zaxiralarining o‘zgarishini ko‘rsatadi. Rasmiy oltin-valuta zaxiralariga quyidagilar kiradi: oltin; xorijiy valutadagi zaxiralar; xalqaro hisob birliklari. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling