Makroiqtisodiy tahlil


To‘lov balansini tuzish metodologiyasi


Download 1.84 Mb.
bet68/86
Sana01.05.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1419822
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   86
Bog'liq
Makroiqtisodiy Tahlil 0202

11.2. To‘lov balansini tuzish metodologiyasi

To‘lov balansi – bu mamlakatga xorijdan kelib tushgan va xorijga to‘lab berilgan valutalarning haqiqatdagi summasi aks ettiriladigan hujjatdir.


XVF to‘lov balansini statistik hisobot shakli deb hisoblaydi.


To‘lov balansi xalqaro hisob-kitoblar balansining muhim shakllaridan biri hisoblanadi.











11.1-jadval

To‘lov balansida operatsiyalarni aks ettirish tartibi53

Operatsiya

Kredit-plyus (+)

Debet – minus (-)

A. Tovarlar va xizmatlar

Tovarlar va xizmatlar

Tovarlar va xizmatlar




eksporti (norezidentlarga

importi (norezidentlarga




xizmat ko‘rsatish)

xizmat ko‘rsatish)

B. Investitsiyalardan

Rezidentlar tomonidan

Rezidentlar tomonidan

bo‘yicha daromadlar va

norezidentlardan olingan

norezidentlarga to‘langan

mehnatga haq to‘lash







V. Transfertlar (joriy va

Mablag‘larni olish

Mablag‘larni uzatish

kapital)







G. Moliyaviy aktivlar va

Norezidentlar oldidagi

Norezidentlarga nisbatan

majburiyatlar bo‘yicha

majburiyatlarning

talablarning ko‘payishi

operatsiyalar

ko‘payishi (masalan,

(masalan,




norezidentlar tomonidan

norezidentlarga kredit




naqd milliy valutani sotib

berish) yoki




olinishi) yoki

norezidentlar oldidagi




norezidentlarga nisbatan

majburiyatlarni




talablarni kamayishi

kamayishi (masalan,




(masalan, norezident

rezidentlar tomonidan




banklardagi

norezidentlardan sotib




hisobraqamlarning

olingan qimmatli




qoldig‘ini kamayishi)

qog‘ozlarni qoplanishi)

To‘lov balansida ikki yo‘nalishdagi valuta oqimi o‘z ifodasini topadi:



  1. Xorijiy valutalardagi tushumlar.

  2. Xorijiy valutalardagi to‘lovlar.

To‘lov balansi mamlakatning tashqi iqtisodiy munosabatlarining rivojlanish darajasini, jahon savdosidagi, xalqaro kapitallar va kreditlar harakatidagi o‘rnini ko‘rsatadi.





  1. Моисеев С.Р. Международные валютно-кредитные отношения. – М.: Дело и Сервис, 2007. - С.

340-341.


114


To‘lov balansini tuzish ikki yoqlama yozuvga asoslanadi. Ya’ni, bunda har bir operatsiya ikki marta aks ettiriladi: bir hisobraqamning debetida, ikkinchi hisobraqamning esa kreditida aks ettiriladi. Bunda kreditli o‘tkazmalarning jami summasi debetli o‘tkazmalarning jami summasiga teng bo‘lishi va yakuniy saldo nolga teng bo‘lishi shart.

Kreditli va debetli o‘tkazmalar o‘rtasidagi farq summasi sof xatoliklar deb ataladi.


To‘lov balansini tuzish uchun quyidagi ma’lumotlar manbaidan foydalaniladi:





  1. Bojxona statistikasi.




  1. Markaziy bank tomonidan shakllantiriladigan iqtisodiyotning pul sektorini statistikasi.




  1. Tashqi qarz statistikasi.




  1. Xorijiy valutalar bilan amalga oshirilgan operatsiyalari statistikasi.



11.3. To‘lov balansining tarkibi
To‘lov balansi to‘rt bo‘limdan tashkil topadi:

  1. Joriy operatsiyalar balansi.

  2. Transfertlar balansi.

  3. Kapitallar va kreditlarning harakati balansi.

  4. Oltin-valuta zaxiralarining harakati balansi.

Joriy operatsiyalar balansining o‘zi ikki qismdan tashkil topadi:

  1. Savdo balansi.

  2. Xizmatlar va notijorat mazmunidagi to‘lovlar balansi.

Savdo balansida eksport bo‘yicha tushumlar va import bo‘yicha to‘lovlarning haqiqatdagi summasi aks etadi.


Savdo balansining passiv bo‘lishi, ya’ni import bo‘yicha to‘lovlarning eksportdan olingan tushumlar summasidan katta bo‘lishi mamlakatning jahon savdosidagi mavqeining zaiflashganligidan yoki zaifligidan dalolat beradi.


Xizmatlar va notijorat mazmunidagi to‘lovlar balansida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha xorijiy valutadagi tushumlar va to‘lovlar summasi aks etadi:





  • transportda yuk tashish;

  • sug‘urta;

  • telefon, telegraf, pochta va boshqa turdagi aloqalar;

  • xalqaro turizm;




  • chet elda diplomatik va boshqa vakolatxonalarni ochish hamda ularni saqlash;

115





  • ilmiy-texnik va ishlab chiqarish borasidagi tajribalarni o‘zaro almashinish;




  • madaniy aloqalar

  • xalqaro kreditlarga foiz to‘lash;

  • xorijiy investitsiyalarga dividendlar to‘lash;

  • boshqalar.

Transfertlar balansida bir tomonlama to‘lovlar, ya’ni transfert to‘lovlari aks ettiriladi.


Transfertlar balansida ikki turdagi to‘lovlar o‘z aksini topadi:





  1. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar – boshqa mamlakatlarga iqtisodiy yordam ko‘rsatish va xalqaro tashkilotlarga badallar to‘lash.




  1. Xususiy pul o‘tkazmalari.

Kapitallar va kreditlarning harakat balansida tadbirkorlik va ssuda kapitalining harakati bilan bog‘liq bo‘lgan tushumlar va to‘lovlar summasi aks etadi.


Tadbirkorlik kapitali ikki shaklda mavjud bo‘ladi:



  1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar.

  2. Xorijiy portfelli investitsiyalar.

Ssuda kapitalining harakati xalqaro kreditlarning muddatiga ko‘ra tasniflanadi va to‘lov balansining ushbu bo‘limida ikki shaklda mavjud bo‘ladi:





  1. Qisqa muddatli xalqaro kreditlar (1 yilgacha muddatga ega bo‘lgan xalqaro kreditlar).




  1. Bir yildan ortiq muddatga ega bo‘lgan xalqaro kreditlar.

Oltin-valuta zaxiralarining harakat balansi rasmiy oltin-valuta zaxiralarining o‘zgarishini ko‘rsatadi.


Rasmiy oltin-valuta zaxiralariga quyidagilar kiradi:



  • oltin;

  • xorijiy valutadagi zaxiralar;

  • xalqaro hisob birliklari.




Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling