Makroiqtisodiy tahlil


-rasm. Valuta kursi va uni tartibga solish


Download 1.84 Mb.
bet70/86
Sana01.05.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1419822
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   86
Bog'liq
Makroiqtisodiy Tahlil 0202

11.5-rasm. Valuta kursi va uni tartibga solish54

Valuta (dollar) taklifi egri chizig‘i yuqoriga qarab tik yo‘nalgan, chunki dollarning valuta kursi qanchalik yuqori bo‘lsa, amerikaliklar 1 dollarga shunchalik ko‘p yuanlarni sotib oladilar, shu sababli dollarning taklif miqdori katta bo‘ladi. Muvozanatli valuta kursi e0 dollarga bo‘lgan talab va taklif egri chiziqlari kesishgan nuqtada o‘rnatiladi.


Milliy valuta(funt)ga talab quyidagilar bilan belgilanadi:








  • ushbu mamlakat moliyaviy aktivlar (aksiya va obligatsiyalar)iga boshqa mamlakatlarning talabi.

Valuta kursi o‘rnatilishining qattiq va suzuvchi tartibi mavjud.




11.5.2. Milliy valuta tushunchasining mazmuni

Valuta so‘zi italyancha valuta so‘zidan olingan bo‘lib, qiymat degan ma’noni anglatadi.


Har qanday mamlakatning milliy pul birligi uning milliy valutasi hisoblanadi.


Xalqaro amaliyotda valutalarning quyidagi turlari mavjud:





  • Erkin ishlatiladigan valuta (freely usable currency) – to‘lov balansining joriy operatsiyalar bo‘limida valutaviy cheklashlar bo‘lmagan mamlakatlarning milliy valutalari.




  • Qattiq valuta (hard currency) – iqtisodiy va siyosiy jihatdan barqaror hisoblangan mamlakatlarning almashuv kursi barqaror bo‘lgan valutalari.




  • Yumshoq valuta (soft currency) – xalqaro miqyosda to‘lov vositasi vazifasini bajara olmaydigan, ya’ni tashqi konvertirlikka ega bo‘lmagan valutalar.




  1. N.Maxmudov, H.Hakimov. Makroiqtisodiy tahlil. O’quv-uslubiy majmua. T.TDIU, 2018

118

  • Xalqaro rezerv valutalar (reserve currency) – dunyoning barcha mamlakatlarida xalqaro to‘lov vositasi sifatida qabul qilinadigan etakchi valutalar.

Etakchi valutalarga “xalqaro rezerv valuta” degan maqomni Xalqaro valuta fondi (XVF) ekspertlari beradi.


XVF mezonlari bo‘yicha, xalqaro rezerv valuta deganda


davlatlarning xalqaro zaxiralari nominali aks ettiriladigan valuta tushuniladi.


Xalqaro rezerv valutalar kurslarining nobarqarorligi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga ham o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Buning sababi shundaki, milliy valutamiz-so‘mning nominal almashuv kursi asosiy rezerv valuta bo‘lgan AQSh dollariga nisbatan aniqlanadi55. Demak, AQSh dollari kursining barqaror emasligi bevosita so‘mning nominal almashuv kursining barqarorligiga ta’sir ko‘rsatadi.





Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling