Makroiqtisodiy tahlil


Valuta kursiga ta’sir etuvchi omillar


Download 1.84 Mb.
bet73/86
Sana01.05.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1419822
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   86
Bog'liq
Makroiqtisodiy Tahlil 0202

11.5.5. Valuta kursiga ta’sir etuvchi omillar

Valuta kursiga bir nechta omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ana shunday asosiy omillardan biri – bu to‘lov balansining defitsitli ekanligidir. To‘lov balansining defitsitli bo‘lishi xorijiy valutadagi to‘lovlar miqdorining





  1. Twenty Years of International Cooperation. The International Monetary Fund, 1945-1965. Vol. II.– Р. 226-227.

123


ortishiga, mamlakatning oltin-valuta zaxiralari miqdorining kamayishiga olib keladi. Buning natijasida ichki valuta bozorida xorijiy valutalar taklifining kamayishi yuz beradiki, ushbu holat milliy valutaning nominal almashuv kursiga nisbatan kuchli tazyiqni yuzaga keltiradi.

Milliy valuta kursiga ta’sir etuvchi muhim omillardan yana biri bo‘lib, Davlat budjetining defitsiti hisoblanadi. Ushbu omil rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida yaqqol kuzatiladi. Chunki, mazkur mamlakatlarning aksariyat qismida Markaziy banklarning iqtisodiy va siyosiy mustaqillik darajasi past bo‘lib, Davlat budjeti defitsitini qoplash maqsadida Markaziy bankning emissiya mexanizmidan foydalaniladi. Buning natijasida muomalaga tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlanmagan pullar paydo bo‘ladi va shuning asosida milliy valutaning qadrsizlanish jarayoni chuqurlashadi. Shu sababli, Davlat budjeti defitsitining me’yoriy darajada bo‘lishini ta’minlash milliy valutaning barqarorligiga erishish nuqtai-nazaridan muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.


Xalqaro amaliyotda Davlat bdyujeti defitsiti summasining nominal YaIM miqdorining 3 foizdan oshmasligi me’yoriy daraja sifatida qabul qilingan.


Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit siyosati milliy valutaning almashuv kurslariga, shu jumladan, nominal almashuv kursiga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri sanaladi.


Milliy valuta kursining barqarorligiga ta’sir qiluvchi muhim omillardan biri, shubhasiz, inflatsiya hisoblanadi. Inflatsiya ta’sirida milliy valutaning qadri pasayadi.


Davlat tashqi qarzining o‘zgarishi milliy valutaning nominal almashuv kursiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omillardan biri sanaladi.





Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling