Makroiqtisodiy tahlil


Download 1.84 Mb.
bet74/86
Sana01.05.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1419822
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   86
Bog'liq
Makroiqtisodiy Tahlil 0202

11.6. Valuta siyosati
11.6.1. Valuta siyosati tushunchasining mazmuni

Valuta siyosati – bu valuta munosabatlarini tashkil qilish va tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarning yig‘indisidir.


Valuta siyosatining ikki shakli mavjud:



  1. Diskont siyosati

  2. Deviz siyosati

Diskont siyosati – bu Markaziy bankning diskont stavkasini o‘zgartirish orqali milliy valutaning nominal almashuv kursiga va to‘lov balansiga ta’sir etish siyosatidir.



124

Markaziy bankning diskont stavkasi – bu Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga va hukumatga beriladigan kreditlarning foiz stavkasidir.
Deviz siyosatining shakllari:



  1. Valuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish

  2. Devalvatsiya

  3. Revalvatsiya

  4. Valutaviy cheklashlar

Valuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish –bir vaqtning o‘zida bir nechta xorijiy valutalarda zaxiralar tashkil qilish tushuniladi.


Devalvatsiya – bu milliy valutaning xorijiy valutalarga nisbatan qadrsizlanishidir.


Revalvatsiya - bu milliy valutaning xorijiy valutalarga nisbatan qadrining oshishidir.


Valutaviy cheklashlar – bu joriy valuta operatsiyalari va kapitallarning harakati bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarga nisbatan cheklovlarning joriy qilinishidir.




11.6.2. Hukumatning valuta siyosati

Hukumat o‘zining valuta siyosati doirasida milliy valuta bozorini rivojlantirish, mamlakatning eksport salohiyatini yuksaltirish, valuta nazorati tizimini takomillashtirish maqsadlarini ko‘zda tutadi.


O‘zbekistonda 2003 yilning 15 oktyabridan boshlab joriy valuta operatsiyalari bo‘yicha cheklovlar bekor qilindi. Chunki, 2003 yil 8 oktyabrda O‘zbekiston hukumati Xalqaro valuta fondi nizomining VIII-moddasi bo‘yicha majburiyatlarni qabul qildi.


Xalqaro valuta tizimi evolyusiyasi jarayonida, vaqt o‘tishi bilan «konvertatsiya qilinishi» tushunchasi ham o‘zgarib bordi. Hozirgi vaqtda, valutaga egalik qilayotgan har qanday shaxs uni bozordagi - qat’iy belgilangan, yoki suzib yuruvchi kurs bo‘yicha uni xalqaro zahira valutalaridan biri (AQSh dollari, Yevro va sh. k. )ga konvertatsiya qilish xuquqiga ega bo‘lishiga - valutaning «to‘liq konvertirlanishi» deyiladi.





Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling