Makroiqtisodiy tahlil
-BOB. OCHIQ IQTISODIYOTDA MAKROIQTISODIY MUVOZANAT TAHLILI
Download 1.84 Mb.
|
Makroiqtisodiy Tahlil 0202
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki muvozanat
- Tashqi muvozanat
- 12.2. Pul -kredit va budjet-soliq siyosatining to‘lov balansiga ta’siri. Pul-kredit va budjet
12.1. Ichki va tashqi muvozanat: iqtisodiy siyosat muammolari Ochiq iqtisodiyotda ichki va tashqi muvozanatga erishish makroiqtisodiy tartiblashning jiddiy muammolaridan sanaladi. Uni hal qilish ham ichki va ham tashqi o‘zgaruvchilarning o‘zaro ta’sir etishlarini hisobga olishni talab qiladi (garchi bu taqsimlash shartli bo‘lsa ham). O‘zgaruvchilarning bir -birlariga teskari ta’sir etishlarining mavjudligi, shuningdek, birlamchi ta’sirning odatda bevosita, hamda uzoq muddatli davrda ro‘y beradigan butun bir oqibatlar bilan davom etishi natijasida murakkablashadi. Ichki muvozanat inflatsiya mavjud bo‘lmagan (yoki u barqaror past darajadaligi) to‘la bandlik darajasida talab va taklif orasidagi balansni taqozo etadi. Qisqa muddatli davrda ichki balans muammosi, avvalo fiskal va pul siyosati yordamida jami talabni tartiblash usullari bilan hal qilinadi. Tashqi muvozanat to‘lov balansining saldosi valuta kursining muayyan rejimida nolga tengligiga bog‘liqdir. Ba’zan bu muammoni ikkita alohida muammoga ajratishadi: Joriy operatsiyalar hisobining ma’lum holatiga erishishi va valuta zaxiralarining belgilangangan darajada ushlab turish. 12.2. Pul -kredit va budjet-soliq siyosatining to‘lov balansiga ta’siri. Pul-kredit va budjet – soliq siyosati qisqa muddatli davrda ichki muvozanatga qanday ta’sir qilishi ma’lum. Shu choralarning tashqi balansga qanchalik ta’sir qilish oqibatlarini ko‘zdan kechiraylik. To‘lov balansi holatiga fiskal siyosat ikki yo‘nalish bo‘yicha ta’sir qiladi: daromad darajasiga va foiz stavkasiga ta’sir qilish orqali. Multiplikator samarasi orqali bo‘ladigan davlat xarajatlari daromadning oshishiga olib keladi, bu o‘z navbatida nafaqat milliy tovarlarga, balki import tovarlariga bo‘lgan talabni ham ko‘paytiradi. Importning oshishi savdo balansini yomonlashtiradi. Bunday holat ko‘pincha moliya bozorlarida qo‘shimcha davlat xarajatlari davlat tomonidan o‘zlashtirilishining kengayishiga olib keladi, bu esa foiz stavkasini oshiradi. Nisbatan yuqori stavka esa chet el kapitalini jalb qiladi, kapital 127
harakati balansini yaxshilaydi, ma’lum bir darajada savdo balansining bir butun to‘lov balansiga salbiy ta’sirini neytrallashtiradi. Pul-kredit siyosatining to‘lov balansiga ta’siri fiskal siyosatga nisbatan ancha aniqroq bo‘ladi. Pul taklifining o‘sishi foiz stavkasini pasaytiradi va iqtisodiyotga ta’sir qilishning ikki kanaliga ega. Arzon pullar xarajatlarni, shu jumladan import xarajatlarini oshiradi (ayniqsa talab inflatsiyasi tufayli narx oshishi mumkinligi), bu esa savdo balansini yomonlashtiradi. Ikkala holatda ham yani kengaytiruvchi fiskal va kengaytiruvchi pul siyosatida daromad orqali ta’sir kursatish to‘lov balansining yomonlashuviga olib kelsa, foiz stavkasi orqali ta’sir esa turlicha bo‘lishi mumkin va ko‘pincha kapitalning mobillik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling