Makroiqtisodiy tahlil


–rasm. Ichki muvozanatning grafik tasviri


Download 1.84 Mb.
bet79/86
Sana01.05.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1419822
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   86
Bog'liq
Makroiqtisodiy Tahlil 0202

12.2 –rasm. Ichki muvozanatning grafik tasviri70

Shunday qilib, ichki muvozanatni ushlab turuvchi G va R birikmalar to‘plami bizga musbat og‘ishga ega YY egri chiziqni beradi. Bu egri chiziqdan o‘ngda va pastda turgan barcha nuqtalar ortiqcha talab hududida bo‘ladi (davlat xarajatlarining ortishi va pulning arzonlashuvi tufayli). YY egri chiziqdan chapda va yuqorida turgan nuqtalar ortiqcha taklif (ishsizlik) hududida joylashadi, bu holat G ning qisqarishi va R ning ortishi bilan tushuntiriladi.





  1. N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 7 th edition. Harvard University. NY.: Worth Publishers,

2015


130


Budjet - soliq siyosatining qayd etilgan almashuv kursi sharoitida samaraliligi bevosita kapitalning mobilligiga bog‘liq. Davlat xarajatlarining o‘sishi foiz stavkasining o‘sishiga olib keladi (davlat fond bozorida mablag‘ qarz olib, xususiy sektorga xizmat qiladigan pul massasini qisqartiradi), bu esa xorijdan kapital oqimi kelishini rag‘batlantiradi. Kapitalning yuqori mobilligida G ning o‘sishiga bog‘liq bo‘lgan savdo balansi kapitali amalda kapital harakati hisobi musbat saldosi tomonidan koplanadi va MB, almashuv kursida paydo bo‘ladigan tendensiyani qoplash uchun xorijiy valutani sotib olishga va uni milliy almashuvga tashlashga majbur bo‘ladi va shu tariqa pul taklifini oshiradi. Bu holat, davlat xarajatlarini oshirishi bilan bir qatorda, daromadni oshirishga ko‘shimcha sabab paydo qiladi71. Shunday qilib, qayd etilgan valuta kursida fiskal siyosat pul siyosatidan farqli ravishda daromad darajasiga, shunga muvofiq tarzda ichki muvozanatga, muvaffakiyat bilan ta’sir etishi mumkin, bunda kapital mobilligi ortgan sari ta’sir darajasi ham kengayadi.

Qanday qilib ichki va tashqi muvozanatning yuqorida keltirilgan grafik interpretatsiyasiga muvofiq ravishda, iqtisodiy siyosatning turli instrumentlarini ishlatgan holda iqtisodiyatda to‘la (ya’ni ichki va tashqi) muvozanatga erishish mumkin?


12.3-rasmda ichki va tashqi muvozanatlar holatlarining muayyan birlashmasi bilan tavsiflanadigan to‘rtta sektorni ajratish mumkin. 1 - zona to‘lov balansining defitsiti (BP < 0) va ortiqcha talabga mos, bu esa inflatsiya (π) bilan birgalikda ro‘y beradi. II zona to‘lov balansining defitsiti (BP<0) va ortiqcha taklifga mos, bu esa ishsizlik (u) bilan birgalikda ro‘y beradi. III zona to‘lov balansining musbat saldosi (BP >





  1. va ortiqcha taklifga (u) ga mos. Nihoyat, IV zona to‘lov balansining musbat saldosi va ortiqcha talab (π) ni ko‘rsatadi. Shu grafik asosida to‘la muvozanatga (E nuqta) yaqinlashish maqsadida iqtisodiy siyosatning yunalishlari va instrumentlarini to‘g‘ri tanlash yuzasidan tasavvur hosil qilish mumkin.




  1. Ichki xususiy investitsiyalarni siqib chiqarishning haqiqiy effekti xorijiy kapitalning oqib kirishi va pulga taklifning ortishi bilan qoplanadi, bu esa fiskal siyosatning daromadga musbat ta’sirini ancha oshiradi va uning yordami bilan ichki muvozanatni tez tiklashga imkon yaratadi (12.2-rasmda E nuqtadan A nuqtaga harakat)

131





Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling