Makroiqtisodiy tahlil


LM egri chizig‘ining yasalishi


Download 1.84 Mb.
bet64/86
Sana01.05.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1419822
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   86
Bog'liq
Makroiqtisodiy Tahlil 0202

LM egri chizig‘ining yasalishi.

LM egri chizig‘i daromad darajasi Y va foiz stavkasi R ning pul bozori muvozanatda bo‘lgan holatdagi barcha kombinatsiyalarini ko‘rsatadi, ya’ni bunda pullarga bo‘lgan real talab uning taklifiga teng bo‘ladi: (M/R)D=(M/P)S. LM egri chizig‘ini ikki usulda yasaymiz: 7. 3-a


rasmdagi LM egri chizig‘i keynscha likvidlilikni afzal ko‘rish nazariyasidan kelib chiqqan muvozanatli pul bozorining grafigi asosida yasaladi. Daromad darajasining oshishi (Y1dan Y2 gacha) pullarga bo‘lgan talabni oshirib, MD egri chizig‘ini o‘ngga siljitadi, foiz stavkasi esa R1dan R2ga ko‘tariladi. Bu LM egri chizig‘ini tasvirlashda muvozanatli pul bozorini ta’minlash uchun yuqori daromadga yuqori foiz stavkasi mos kelishini ko‘rsatadi. Shuning uchun LM egri chizig‘ining yo‘nalishi ijobiy bo‘ladi.

108



10.3 -a rasm. LM egri chizig‘ining yasalishi (1-usul)50

10.3-b rasmda LM egri chizig‘i (IV grafik) pullarga bo‘lgan umumiy talab (u o‘z ichiga: a) daromadga bog‘liq va II grafikda (M/R)DT egri chiziq ko‘rinishida keltirilgan pullarga bo‘lgan transaksiyali talab va b) foiz stavkasiga bog‘liq va III grafikda (M/R)DA egri chiziq ko‘rinishida tasvirlangan pullarga bo‘lgan spekulyativ talabni oladi) taklifga (M/R)S tengligi tamoyilidan keltirib chiqarilgan (I grafikning III kvadrantida keltirilgan). Daromad darajasi Y1 ga teng bo‘lganda pullarga bo‘lgan transaksiya talabi [(M/R)DT]1ga teng va iqtisodiyotda mavjud pul taklifi sharoitida pullarga bo‘lgan spekulyativ talab [(M/P)DA]1ga teng bo‘lib, R1 foiz stavkasiga mos keladi. Agar daromad darajasi Y2 ga oshsa, pullarga bo‘lgan transaksiya talabi [(M/P)DT]2 ni tashkil etadi, bunda pullarga bo‘lgan spekulyativ talab [(M/P)DA]2 ga teng bo‘ladi, bu R2 foiz stavkasiga mos keladi. Shunday qilib, yuqori darajadagi daromadga yuqoriroq foiz stavkasi to‘g‘ri keladi.





  1. N.Maxmudov, H.Hakimov. Makroiqtisodiy tahlil. O’quv-uslubiy majmua. T.TDIU, 2018

109









Pul bozoridagi muvozanat










Pullarga bo’llarga bo’lgan transaksiyali











































talab







M P

M PS






















M P










Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling