Makroiqtisodiy tahlil
IS egri chizig‘i va uning yasalishi
Download 1.84 Mb.
|
Makroiqtisodiy Tahlil 0202
- Bu sahifa navigatsiya:
- I=I(R) yoki, agarda bog‘liqlik chiziqli bo‘lsa: I = I – dR
- 10.2.1-rasm. Investitsiyalar funksiyasi 47
- IS egri chizig‘ining yasalishi.
- 10.2.2-a rasm. IS egri chizig‘ining yasalishi 48
- C + I + G + Ex = C + S + T + Im
10.2. IS egri chizig‘i va uning yasalishi
IS egri chizig‘ini hosil qilishda: 1) yalpi xarajatlar modeli («keyns-xochi» modeli; 2) avtonom rejalashtirilgan xarajatlarning foiz stavkasiga funksional bog‘langanligi asos bo‘lib xizmat qiladi. Investitsiyalarga xarajatlar miqdori va foiz stavkasi o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud bo‘lib, foiz stavkasi qanchalik yuqori bo‘lsa, firmalarning investitsiyalarni amalga oshirishlariga xohishlari shunchalik kam bo‘ladi. Investitsiyalar funksiyasini quyidagicha yozish mumkin: I=I(R) yoki, agarda bog‘liqlik chiziqli bo‘lsa: I = I – dR bunda, I – avtonom investitsiyalar, R – foiz stavkasi, d – investitsiya xarajatlarini foiz stavkasiga nisbatan sezuvchanligini va foiz stavkasi bir birlikka o‘zgarganida investitsiyalarga xarajatlar miqdori qanchalik o‘zgarishini aks ettiruvchi koeffitsientdir. Koeffitsient d > 0, formulada uning oldida "manfiy" ishora turganligi sababli, egri chiziq pastga qiya bo‘lib qaragan. Investitsiyalarga yalpi talab egri chizig‘i investitsiyalarga bo‘lgan talab miqdorining foiz stavkasiga teskari proporsional bog‘liqikda ekanligini aks ettiradi (10.2.1-a rasm). Investitsiyalarga yalpi xarajatlar egri chizig‘ining siljishi avtonom investitsiya (I) lar miqdorining o‘zgarishi oqibatida sodir bo‘ladi: ularning oshishi egri chizziqni o‘ngga, kamayishi esa chap tomonga qarab siljitadi. Bu o‘zgarishlarni odatda keynscha yo‘nalish vakillari investorlar investitsiya xarajatlarining kutilayotgan sof foyda me’yorini baholashlaridagi pessimistik yoki optimistik kayfiyatlari bilan bog‘laydilar. Avtonom investitsiyalar darajasi oshishining oqibatlari 10.2.1-b rasmda I ning o‘nga, ya’ni I’ gacha siljishiga sabab bo‘ladi. 103
Investitsiyalarga yalpi xarajatlar egri chizig‘ining qiyaligi d koeffitsientining kattaligi bilan bog‘liq; u qanchalik katta bo‘lsa, ya’ni investitsiyalarning foiz stavkasiga nisbatan sezuvchanligi yuqori bo‘lsa, I egri chizig‘i qiyaroq bo‘ladi: foiz stavkasining oz darajada o‘zgarishi investitsiyalarga bo‘lgan talab miqdorini sezilarli darajada o‘zgartiradi. IS egri chizig‘ining yasalishi. Avtonom rejalashtirilgan xarajatlar miqdori foiz stavkasiga, real ishlab chiqarish va daromadning umumiy darajasi rejalashtirilgan avtonom xarajatlar miqdoriga bog‘liq ekan, u holda bu bog‘liqliklarni birlashtirib, real daromad foiz stavkasiga bog‘liq bo‘lishi kerak, degan xulosaga kelish mumkin bo‘ladi. Bunday nisbatni grafikda tasvirlasak, IS egri chizig‘ini hosil qilamiz. IS egri chizig‘i grafigini ikki usulda hosil qilamiz: 10.2.2-a rasmda IS egri chizig‘i keyns-xochi va investitsiyalar funksiyasi orqali keltirib chiqarilgan. R1 foiz stavkasida investitsiyaga xarajatlarning miqdori I1 ga teng, bu rejalashtirilgan xarajatlar miqdori Er1 ga mos keladi, bunda yalpi daromad (ishlab chiqarish hajmi) miqdori Y1 ga teng. Foiz stavkasi R2 gacha tushganda, investitsiyaga xarajatlar miqdori I2 ga ortadi, shuning uchun keyns-xochi grafigida rejalashtirilgan xarajatlar egri chizig‘i yuqoriga - Er2 gacha siljiydi, bunga yalpi daromad (ishlab chiqarish) miqdori Y2 mos keladi. Shunday qilib, yuqoriroq foiz stavkasi R1 ga yalpi ishlab chiqarishning Y1 pastroq darajasi mos keladi, N.Maxmudov, H.Hakimov. Makroiqtisodiy tahlil. O’quv-uslubiy majmua. T.TDIU, 2018 104 pastroq foiz stavka R2 ga ishlab chiqarishning yuqoriroq darajasi Y2 mos keladi. Har ikki vaziyatda ham tovar bozori muvozanat holatida bo‘ladi, ya’ni xarajatlar daromadga teng bo‘ladi (Er1=Y1 va Er2=Y2). IS egri chizig‘i aynan mana shunday holatni aks ettiradi, ya’ni uning har bir nuqtasi foiz stavkasi va daromad darajasining juftligini ko‘rsatadi, bunda tovar bozori muvozanat holatida bo‘ladi. R
R2 Investitsiyalar funksiyasi I (R)
Keyns xochi
LM egri chizig’i R
A R1 R2
B
10.2.2-a rasm. IS egri chizig‘ining yasalishi48 10.2.2-b rasmda IS egri chizig‘i in’eksiyalar (investitsiyalar) va oqimlar (jamg‘armalar)ning tengligi tamoyilidan (bu esa tovarlar bozori muvozanatining sharti hisoblanadi), asosiy makroiqtisodiy tenglikdan kelib chiqadi: C + I + G + Ex = C + S + T + Im N.Maxmudov, H.Hakimov. Makroiqtisodiy tahlil. O’quv-uslubiy majmua. T.TDIU, 2018 105 Tenglikning har ikki tomonidan iste’mol xarajatlari C ni ayiramiz va quyidagini hosil qilamiz: Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling