11.4. To‘lov balansining defitsiti va uni qoplash usullari To‘lov balansining defitsiti deganda uning joriy operatsiyalar balansi
hamda kapitallar va kreditlarning harakati balansi bo‘yicha to‘lovlarning tushumlardan katta bo‘lishiga aytiladi. Shu sababli, to‘lov balansining
defitsiti summasi mamlakat Markaziy banki tomonidan xorijiy valutalarni sof sotish summasiga teng.
To‘lov balansi defitsitini qoplashning ikki usuli mavjud:
1. Vaqtinchalik usul.
Vaqtinchalik usulga quyidagilar kiradi:
oltinni garovga qo‘yish yo‘li bilan xalqaro kreditlar olish. 2. So‘nggi usul.
So‘nggi usulga quyidagilar kiradi:
oltinni sotish;
rasmiy valuta zaxiralarini ishlatish.
To‘lov balansining defitsitini kamaytirishda davlat budjet-soliq va pul-kredit siyosatidan foydalanadi.
Budjet – soliq siyosati doirasida, odatda, quyidagi tadbirlar to‘lov balansining defitsitini kamaytirish maqsadida qo‘llaniladi:
eksportyorlarga budjet subsidiyalari berish;
import qilinadigan tovarlarga nisbatan belgilangan boj solig‘i stavkalarini oshirish.
investorlarning qimmatli qog‘ozlardan olinadigan foizli daromadlarini soliqqa tortmaslik.
Pul-kredit siyosati doirasida Markaziy bankning hisob stavkasini oshirish yo‘li bilan xorijiy valutadagi mablag‘larni mamlakatga kirib kelish hajmini oshirish usulidan keng foydalaniladi.
11.5. Valuta kursi va unga ta’sir etuvchi omillar
11.5.1. Valuta kursi
Valuta kursi valuta bozori (foreign exchange market)da milliy valutaga bo‘lgan talab va uning taklifi o‘rtasidagi nisbat orqali o‘rnatiladi. 11.5a- rasmda u tasvirlangan bo‘lib, bunda e – dollarning valuta kursi, ya’ni yuanlarda ifodalangan 1 dollar narxi, D – dollarga bo‘lgan talab egri chizig‘i, S - dollarning taklif egri chizig‘i. Valuta (dollar)ga bo‘lgan talab egri chizig‘i pastga qarab yo‘nalgan, chunki dollarning valuta kursi qanchalik yuqori bo‘lsa, ya’ni yuanlarda dollarning narxi qanchalik yuqori bo‘lsa, xitoyliklar 1 dollarga shunchalik ko‘p yuanlarini sarflashlari kerak bo‘ladi va ular tomonidan dollarga bo‘lgan talab miqdori kamayadi.
117
Do'stlaringiz bilan baham: |