Makroiqtisodiy tahlil


Valutalarning erkin konvertirlanishi


Download 1.84 Mb.
bet72/86
Sana01.05.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1419822
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   86
Bog'liq
Makroiqtisodiy Tahlil 0202

11.5.4. Valutalarning erkin konvertirlanishi

Shunisi xarakterliki, iqtisodiy adabiyotlarda hozirga qadar «valutaning erkin konvertirlanishi» tushunchasining mohiyati xususida yagona, tugal ta’rif mavjud emas.


Biz dastlab valutalarning konvertirlanishi masalasining Xalqaro Valuta Fondi (XVF) ning Nizomida va boshqa me’yoriy-uslubiy hujjatlarida o‘z ifodasini topgan talqinlarini tahlil qilamiz va baholaymiz. Buning sababi shundaki, XVF davlatlararo valuta munosabatlarini tartibga soluvchi xalqaro moliya-kredit tashkiloti hisoblanadi. XVF Kelishuv Moddalarining VIII-moddasi bo‘yicha majburiyatlarni qabul qilgan davlatlarning milliy valutalari to‘lov balansining joriy operatsiyalari bo‘yicha erkin konvertirlanadigan (ishlatiladigan) valutalar deb ataladi va bu mamlakat Fondning ruxsatisiz joriy valuta bitimlari bo‘yicha to‘lovlarga cheklovlar joriy qilishga haqli emas65.


XVF ekspertlarining talqini bo‘yicha, valuta tashqi konvertirlikka ega bo‘lishi uchun quyidagi ikki xususiyatga ega bo‘lishi shart:


norezidentlarga tegishli bo‘lgan mazkur valutadagi mablag‘lar istalgan xorijiy valutaga erkin almashinadi;


rezidentlarning hukumatning ruxsati bilan norezidentlar foydasiga amalga oshiriladigan barcha to‘lovlari rezidentlar valuta bozorlaridan




65 Articles of Agreement of the International Monetary Fund, Articles VIII, Seсtion.

122

sotib olish imkoniga ega bo‘lgan istalgan tashqi konvertirlikka ega bo‘lgan valutada amalga oshirilishi mumkin66.

XVF ekspertlari valutalarni, konvertirlanish ko‘lami va darajasiga ko‘ra, ikkiga ajratadi: joriy valuta operatsiyalari bo‘yicha erkin konvertirlanadigan valutalar va tashqi konvertirlikka ega bo‘lgan valutalar. Lekin XVF ekspertlarining valutalarning tashqi konvertirlanishi xususidagi talqinlarida o‘zaro nomuvofiqlik yuzaga kelmoqda. Ushbu nomuvofiqlikning mohiyati shundaki, XVF ayrim valutalarga nisbatan «zaxira valutalar» tushunchasini qo‘llaydi va ushbu valutalarni xalqaro miqyosda to‘lov vositasi vazifasini bajaradigan, boshqa mamlakatlar uchun valuta pariteti va valuta kursini aniqlashda baza vazifasini o‘taydigan valutalar sifatida e’tirof etadi. XVF rasman zaxira valutalar sifatida AQSh dollari, Yaponiya ieni, Buyuk Britaniya funt sterlingi va yevroni tan oladi. XVF tomonidan “zaxira valutalar” tushunchasi dastlab 1944 yilda, Bretton-Vuds jahon valuta tizimini yuzaga keltirish jarayonida, qo‘llanilgan. O‘shanda faqat ikkita valutaga – AQSh dollari va Buyuk Britaniya funt sterlingiga zaxira valuta maqomi berilgan edi. Ayni vaqtda, zaxira valutalari bilan boshqa tashqi konvertirlikka ega bo‘lgan valutalarning tashqi konvertirlanish darajasi o‘rtasida qanday farqning mavjudligi XVFning me’yoriy-uslubiy hujjatlarida o‘z ifodasini topmagan.


Milliy valutani konvertirlanish darajalari quyidagi mezonlarga asoslanishi lozim:


I. Milliy valutaning qisman ichki konvertirlanishini belgilovchi mezonlar.





  1. Milliy valutaning to‘liq ichki konvertirlanishini belgilovchi mezonlar.

III. Milliy valutaning qisman tashqi konvertirlanishini belgilovchi mezonlar.


IV. Milliy valutaning to‘liq tashqi konvertirlanishini belgilovchi mezonlar.





Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling