Makroiqtisodiy tahlil
Download 1.84 Mb.
|
Makroiqtisodiy Tahlil 0202
12.3 – rasm 72
Ikki organ bor deb faraz qilaylik: Markaziy Bank (MB) va Moliya vazirligi (MV), ular o‘zlarining ish yuritish, ya’ni, mos ravishda, pul (R, Ms) va budjet - soliq (G, T) instrumentlariga egadirlar. Bu taxlil E nuqtada umumiy muvozanat agar organlar nisbatan mustaqil, bevosita koordinatsiyasiz harakat qilganlaridagina erishilishi mumkinligini ko‘rsatishi kerak73 . Bunda faqat har qaysi organning vazifasini aniq ko‘rsatilishigina muhim bo‘lib qoladi. Vakolatlar taqsimoti (R. Mandell va M. Fleming xulosalariga muvofiq ravishda) shunday qilingan bo‘lsinki, bunda Markaziy Bankga tashqi muvozanatni ta’minlash (BP=0) yuklatilgan bo‘lsin va ushbu qoida ishlatiladigan bo‘lsin: to‘lov balansi musbat (BP>0) bo‘lganida foiz stavkasi pasayadi va uning defitsitida (BP<0) esa ortadi. Budjet - soliq siyosati uchun javob beruvchi Moliya vazirligiga esa quyidagi instruksiyalarga muvofiq ravishda ichki muvozanatni ta’minlash yuklatilsin: ishsizlik sharoitida davlat xarajatlarini (G) oshirish va inflatsiya bosimi sharoitida esa uni kamaytirish. nuqtadagi (12.4-rasm) iqtisodiyotning boshlang‘ich holati BP defitsit va inflatsiya bilan tavsiflanadi. MB C nuqtada tashqi muvozanatga erishish maqsadida R ni oshirish yo’lida harakat qila boshlaydi. Bu harakatlar iqtisodiyotdagi inflatsion bosimni yumshatadi, lekin uni N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 7 th edition. Harvard University. NY.: Worth Publishers, 2015
73 Bu holdagi mustaqillik boshqaruv organlari boshqa organning ta’sir etishiga emas, balki iqtisodiyotning ahvolinigina e’tiborga olib ish yuritishlari nazarda tutiladi. 132
tomon siljitib, inflatsiyaga ta’sir ko‘rsatadi. MB esa yana vujudga kelayotgan, endi BP ning musbat saldosi ko‘rinishidagi, tashqi disbalansni bilib qolib, oldingi kursdan birmuncha chekinishga qaror qiladi, foiz stavkasini pasaytiradi va iqtisodiyotni I nuqta tomon siljitadi. Bunday harakatlar tufayli inflatsiyaning bir qadar jonlanishi MV ning diqqatini o‘ziga tortadi va u davlat xarajatlarini kamaytirishni davom ettirishga qaror qiladi (harakatning I nuqtadan chapga tomon yo’nalganligi). Ikkala organning keyingi mustaqil harakatlari, tushunarliki, iqtisodiyotni E nuqta tomon siljitadi, unda bir vaqtda ichki va tashqi muvozanatga erishiladi. Shuni tushinish mumkinki, vakolatlarning boshqacha tarzda taqsimlanishi faqat negativ natijagagina olib keladi. MB ga ichki balansni, MV ga esa tashqi balansni nazorat qilish topshirilgan bo‘lsin. A nuqtadagi vaziyatdan (12.5-rasm) kelib chiqib, MB inflatsiyani bartaraf qilish va ichki muvozanatni tiklash maqsadida foiz stavkasini B nuqtadagi darajagacha ko‘taradi. MV esa BP da musbat saldoni aniqlab, uni G ni oshirish orqali neytrallashtirishga urinadi, bu esa daromad, import va savdo balansi defitsitining ortishiga olib keladi (BB egri chiziqdagi B nuqtadan C nuqta tomon o‘ngga siljish). Lekin tashqi muvozanatning yangi nuqtasi (C nuqta) B nuqtadan o‘ngda bo‘lib qoladi, ya’ni iqtisodiyot umumiy muvozanat holatidan (E nuqta) uzoqlashadi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling