Makroiqtisodiy tahlil
Download 1.84 Mb.
|
Makroiqtisodiy Tahlil 0202
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.5 – rasm. 75
- 12.4. Suzuvchi almashuv kursi sharoitida iqtisodiy siyosat.
12.4 – rasm. 74
Qaytadan inflatsiya ro‘y beradi va MB R ni oshirib (C nuqtadan yuqoriga) pul siyosatini keskinlashtirishga majbur bo‘ladi, bu esa N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 7 th edition. Harvard University. NY.: Worth Publishers, 2015
133
vaziyatni yanada keskinlashtiradi. Iqtisodiyot muvozanat E nuqtasidan uzoqlashib, IV zona bo‘yicha harakat qiladi. Inflatsiya va defitsit BP tebranishlari amplitudasi har gal oshadi. 12.5 – rasm. 75 Shunday qilib, boshqaruv organlari o‘rtasida vakolatlarni noto‘gri taqsimlash iqtisodiyotni izlanayotgan muvozanat holatidan uzoqlashtiradi, xalos. Rollarning to‘g‘ri taqsimlanishi yuqorida bayon qilingan nisbatan ustunlik qoidasiga asoslanishi kerak: xar qaysi masala shunday organ oldiga qo’yilishi kerakki, uning intrumentlari bu masalani yechishda nisbatan katta ta’sirga ega bo’lsin. Yuqorida qaralgan model qayd etilgan valuta kursida tashqi balansni qo‘llab – quvvatlanishida pul siyosatining nisbatan ustunligi, fiskal siyosat ustunligi esa ichki muvozanatni quvvatlab turilishiga bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Bu qoida Mandell samarali bozorini tasniflash tamoili deb ataladi (Mundell’s principle of effective market classification). 12.4. Suzuvchi almashuv kursi sharoitida iqtisodiy siyosat. Suzuvchi almashtirish kursi sharoitida pul va budjet-soliq siyosati qayd etilgan kursdagi vaziyatga nisbatan butunlay boshqa natijalarga ega. Endi rollar taqsimoti muammosini to‘g‘ri yechish teskari ifodaga ega bo‘ladi: budjet - soliq siyosati pul siyosatiga nisbatan savdo balansi uchun, demak pul balansi uchun ham katta qiymatga ega bo‘ladi va aynan undan tashqi balansga erishish uchun foydalanish kerak bo‘ladi, ichki balans esa pul siyosati uchun tartiblash predmetiga aylanadi. N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 7 th edition. Harvard University. NY.: Worth Publishers, 2015
134
Agar qayd etilgan kursda ichki pul siyosati almashtirish kursini qo‘llab-quvvatlash zarurligigi bilan bog‘langan bo‘lsa, endi u bunday vazifasidan xalos bo‘ladi va ichki muammolarni yechishda samarali foydalanilishi mumkin bo‘lib qoladi. Shunday qilib, pul taklifining kengayishi foiz stavkasini pasaytiradi va xarajatlarning o‘sishiga olib keladi. Ma’lumki, xarajatlarning ko‘payishi importning o‘sishini rag‘batlantiradi va savdo balansini yomonlashtiradi. To‘lov balansi defitsitiga foiz stavkasining pasayishi tufayli ro’y beradigan kapitalning oqib chiqishi ham ko‘maklashadi. Lekin egiluvchan kursda defitsit saqlanib qolmaydi. Importning o‘sishi va kapitalning oqib chiqishi xorijiy valutaga bo‘lgan talabni oshiradi, milliy valuta esa qadrsizlanadi. Bunday qadrsizlanish o‘z navbatida bizning eksportyorlarimizning raqobatga layoqatliligini kuchaytiradi, bu esa savdo balansini yaxshilashga olib boradi. Eksportning o‘sishi milliy mahsulotga bo‘lgan talab oshganligini ko‘rsatadi, bu esa pul massasining dastlabki o‘sishi tufayli vujudga kelgan iqtisodiy ko‘tarinkilikni yanada kuchaytiradi. Shunday qilib, pul siyosati, pul taklifining bevosita o‘sishi, shuningdek almashtiruv kursini pasaytirish va eksportni oshirish yo‘li bilan, ichki daromadga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Kapitalning harakatchanligi kapitalning oqib chiqishiga ta’sir ko‘rsata oladigan darajada ahamiyatga ega, demak, milliy valutaning qadrsizlanishiga ham. Lekin, pul siyosati mexanizmining murakkabligini esga tushirib, shuni taxmin qilish mumkinki, uning ishlab chiqarishga ijobiy ta’siri kattaroq darajada, ishlab chiqarishning ichki rag‘batlantiruvchi omillariga nisbatan tashqi dunyoga bevosita bog‘liq bo‘ladi (foiz stavkasini pasaytirish orqali), ya’ni milliy maxsulotga bo‘lgan talabning o‘sishi, mamlakatdan kapitalning oqib chiqishi va valutaning qadrsizlanishi sharoitida, bizning eksportimizga talabning o‘sishi hisobiga ro‘y beradi. Shunga ko‘ra pul siyosatining ichki balansga ijobiy ta’siri nixoyatda o‘ziga xos bo‘ladi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling