Makroiqtisodiy tahlil
Ichki va tashqi muvozanat modelining
Download 1.84 Mb.
|
Makroiqtisodiy Tahlil 0202
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki noqarama-qarshilik
- 12.6. Samarali iqtisodiy siyosatni yuritishni
12.5. Ichki va tashqi muvozanat modelining
amaliy qo‘llanilishi. Mazkur bobda «rollarni taqsimlash» tamoiliga asoslangan bayon qilingan ichki va tashqi muvozanat standart modeli unchalik katta bo‘lmagan modifikatsiya bilan XVF zayomlari yordami bilan barqaror siyosat va tarkibiy o’zgarishlarnini o‘tkazayotgan ko‘pgina mamlakatlarda foydalanildi. 135
Qo‘yilgan maqsadlar ixtiyoriy kompleksini ta’minlash uchun iqtisodiy siyosatning barcha vositalarining qanchalik ahamiyatga ega ekanligini aniqlashga imkon beruvchi iqtisodiyot oxiriga etkazilgan miqdoriy modeli mavjud bo‘lmagan holatda iqtisodiy siyosatni odatda alohida vositalarni aniq maqsadlar bilan bog‘lagan holda bosqichma - bosqich o‘tkazadilar. Ichki va tashqi balans standart modeli, masalan, 3 maqsad va 3 vositaga ega bo‘lishi mumkin (XVF dasturlarida shunday qilingan edi). Bunday modelga ko‘ra, budjet-soliq siyosati ichki balans bilan bog‘lanadi, real valuta kursi esa joriy operatsiyalar hisobi bilan, pul siyosati esa - xorijiy valutalar zaxirasi hajmi bilan bog‘lanadi. Yuqorida keltirilgan modeldan farqli ravishda bu holda «tashqi balans» maqsadi ikkiga bo‘linadi: joriy operatsiyalar hisobi va valuta zaxiralari darajasi. Bunda uch qoidadan foydalaniladi: agar inflatsiya juda yuqori bo‘lsa, budjet defitsitini kamaytirish lozim (birinchi defitsit); agar joriy operatsiyalar defitsiti katta bo‘lsa, real almashtiruv kursini pasaytirish kerak; agar xorijiy valutalar zaxirasi juda kam bo‘lsa yoki juda tez qisqarayotgan bo‘lsa, pul siyosatini keskinlashtirish kerak. Ichki noqarama-qarshilik- foydalaniladigan makroiqtisodiy modeli odatda ichki va tashqi balansning YaIM dagi qarz ulushi dinamikasi ko‘rsatkichini hisoblash orqali tekshiriladi (yoki, qarzdorlikning turg‘unligini taxlil qilish orqali). Ichki qarzdorlik dinamikasining ushbu tenglamasidan foydalaniladi: ∆λ=λ(r-n)+r-s, bunda λ - qarzning YaIM ga nisbati, r - real foiz stavkasi, n - real YaIM usish tempi, r - birinchi defitsit YaIM ulushi sifatida, s - emission daromadning YaIM ga nisbati. Emission daromad inflatsion soliqni ham va mamlakatda iqtisodiy o‘sish ko‘tarilgan sari pulga bo‘ladigan real talabning o‘sishini ham o‘z ichiga oladi. Emission daromad (pul massasining o‘sishi)iqtisodiy o‘sishning rejalashtiriladigan suratlaridan, inflatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlaridan va pul muomalasi tezligining baholanadigan qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi (ma’lumki MY = PY formula yordami bilan). 136 12.6. Samarali iqtisodiy siyosatni yuritishni Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling