9.7. Ishsizlik darajasi va inflatsiya sur’ati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik. Fillips egri chizig‘i.
Inflatsiya va ishsizlik o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni Fillips egri chizig‘i yordamida tasvirlash mumkin.
Inflatsiya sur’atlarining o‘zgarishi, aniqrog‘i, ish xaqining o‘sish sur’atlari va ishsizlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni O. Fillips tadqiq qilgan (9.7.1–rasm).
9.7.1-rasm. Qisqa muddatda Fillips egri chizig‘i40
bunda,
u - ishsizlik darajasi;
W - ish haqining o‘sish sur’atlari.
N.Maxmudov, H.Hakimov. Makroiqtisodiy tahlil. O‘quv-uslubiy majmua. T.TDIU, 2018
95
Gorizontal o‘q bo‘ylab Fillips ishsizlik darajasi (unemployed - u) ni, vertikal o‘q bo‘yicha esa ish haqining o‘sish sur’atlari (W)ni belgiladi. Yuksalish davrida ish haqining yuqori o‘sish sur’atlari va ishsizlikning past sur’atlari (W1; u1), davriy tebranishning pasayish fazasida esa aksincha, - ish haqining past va ishsizlikning yuqori sur’atlari (W2, ; u2) kuzatildi. O‘rtacha holat (W0; u0) ish haqi va ishsizlik sur’atlarining eng maqbul (optimal) barqaror iqtisodiy rivojlanish vaziyatini aks ettiradi. Ya’ni, bunday vaziyatda ikkala ko‘rsatkichning minimal darajasiga erishiladi.
Keyinchalik Fillips egri chizig‘i modifikatsiya qilingan: taniqli iqtisodchi olimlar P. Samuelson va R. Solou ish haqi sur’atlarini narxlarning o‘sish darajasiga yoki inflatsiyaga o‘zgartirdilar (8. 7. 2-rasm).
9.7.2-rasm. Modifikatsiyalangan qisqa muddatdagi
Fillips egri chizig‘i41
Bunday yangi ko‘rinishdagi modifikatsiyalangan Fillips egri chizig‘ining gorizontal o‘qi bo‘ylab ular ishsizlik darajasini (u), vertikal o‘qi bo‘ylab tovar va xizmatlar narxlarining o‘sish sur’ati (R)ni belgiladilar. Endilikda bu chizma davriylikning turli fazalarida inflatsiya va ishsizlik darajalari tebranishlarini aniqroq aks ettirdi. Yuksalish fazasida (R1;u1) inflatsiya sur’atlari ko‘tariladi, ishsizlik esa kamayadi. Pasayish fazasida (R2;u2) ishsizlik ko‘payib, inflatsiya sur’atlari pasayadi.
N.Maxmudov, H.Hakimov. Makroiqtisodiy tahlil. O‘quv-uslubiy majmua. T.TDIU, 2018
96
«Stagflatsiya» atamasi ikki so‘zning yig‘indisidan tashkil topgan: stagnatsiya (turg‘unlik) va inflatsiya. Grafikda u qisqa muddatdagi Fillips egri chizig‘ini (shot-term Phillips curve) koordinatalar o‘qiga nisbatan o‘ngga siljiganligi bilan tushuntiriladi (9.7.3-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |