PG – davlat tomonidan o‘rnatilgan narxlar darajasi; YS – yalpi taklif;
YD – yalpi talab;
YD va YS o‘rtasidagi farq – bu tovarlar tanqisligini ifodalovchi kattalik.
9.5. Inflatsiyaning kelib chiqish sabablari va oqibatlari.
Inflatsiya xarajatlari.
Odatda inflatsiyaning ikki asosiy sababi keltirib o‘tiladi:
1)yalpi talabning ortishi;
yalpi taklifning kamayishi.
Umumiy narxlar darajasining oshishiga olib kelgan sababga ko‘ra inflatsiyani ikki turga ajratadilar:
talab inflatsiyasi
xarajatlar inflatsiyasi.
Narxlar darajasini real ishlab chiqarish hajmiga ko‘paytmasi (P × Y) nominal ishlab chiqarish hajmi (real YaIM)ni beradi. Muomaladagi pullar tezligi odatda o‘zgarmas kattalik hisoblanadi, shuning uchun pullar taklifining ortishi, ya’ni tenglama chap qismining ortishi uning o‘ng qismining oshishiga olib keladi. Pul hajmining ortishi qisqa muddatda ham (chunki zamonaviy qarashlarga ko‘ra yalpi taklif egri chizig‘i yuqoriga, ya’ni musbat yo‘nalishga ega), uzoq muddatda (yalpi taklif egri chizig‘i vertikal yo‘nalishga ega) ham narxlar darajasining oshishiga olib keladi. Bunda qisqa muddatda inflatsiya real ishlab chiqarish hajmining ortishi bilan kuzatilsa, uzoq muddatda real ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmaydi va o‘zining tabiiy (potensial) hajmiga teng bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |