Inflatsiya xarajatlari. Inflatsiya jarayoni jiddiy xarajatlar bilan bog‘liq bo‘lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
«eskirgan oyoq-kiyimlar» xarajatlari (shoe leather costs).
«menyu» xarajatlari (menu costs).
Kutilayotgan va kutilmagan inflatsiya. Inflatsiyaning oqibatlari kutilayotgan (expected) yoki kutilmagan (unexpected)ligiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Kutilayotgan inflatsiya sharoitida iqtisodiy agentlar o‘z hatti-harakatlari orqali o‘zlarining real daromadlari va pullarining qadrsizlanishini kamaytirishga, ya’ni minimallashtirishga erishishlari mumkin. Masalan, kutilayotgan inflatsiya sur’atlariga proporsional ravishda ishchilar o‘z ish haqlari darajasini ko‘tarilishini, firmalar o‘z mahsulotlariga narxlarni ko‘tarishni talab qilishlari mumkin. Kreditorlar kreditlarni real foiz stavkasi (kredit bo‘yicha real daromad) - r va kutilayotgan inflatsiya darajasi yig‘indisiga teng bo‘lgan nominal foiz stavkasi (Rn)da berishga tayyor bo‘ladilar:
Rn = r +
bunda,
r – real foiz stavkasi;
- kutilayotgan inflatsiya darajasi.
9.6. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida inflatsiya jarayonlari va aksilinflatsiya siyosati xususiyatlari.
Inflatsiyaning salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari turli mamlakatlarda qat’iy aksilinflatsiya siyosat olib borishlikni taqazo etadi. Bunda iqtisodchilar birinchi navbatda inflatsiyani keskin chora-tadbirlar ko‘rib «bartaraf etish» yoki unga «moslashish kerak» degan savolga javob topishga harakat qiladilar. Inflatsiyani bartaraf etishda davlat fiskal va
pul-kredit siyosatining mavjud dastaklaridan oqilona foydalanishga harakat qilsa, inflatsiyaga moslashishda masalan, indeksatsiyadan keng foydalanadi va shu tariqa aholi qo‘lidagi naqd pullarning keskin darajada qadrsizsizlanishining oldi olinadi.
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti inflatsiyali xarakterga ega, chunki unda inflatsiyaning barcha omillarini bartaraf etishning imkoni cheklangan bo‘ladi (budjet taqchilligi, monopoliyalar, xalq xo‘jaligidagi nomutanosibliklar, aholi va tadbirkorlarning inflatsiyali kutishlari va boshqalar). Real hayotda inflatsiyani to‘liq va batamom yo‘q qilib bo‘lmaydi, ammo uning sur’atlarini barcha mamlakatlar mo‘tadil darajada ushlab turish, uni nazorat qilishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yadilar va shuning uchun aksilinflatsiya siyosatini olib boradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |