7.3.3. Pul agregatlari
Pul agregatlari pul massasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Har qanday Markaziy bank pul agregatlarini shakllantirishda
quyidagi pintsiplarga asoslanadi:
Pul agregatlari likvidlilik darajasi past bo‘lgan aktivlarga likvidlilik darajasi yuqori bo‘lgan aktivlarni ketma-ket qo‘shib borish yo‘li bilan shakllantiriladi.
Har bir pul agregati o‘zidan oldingi pul agregatini o‘z ichiga oladi. Xalqaro amaliyotda keng qo‘llaniladigan pul agregatlariga kiradi: M0 – muomaladagi naqd pullar;
M1 = M0 talab qilib olinadigan depozitlar + chekli omonatlar + yo‘l
cheklari;
M2 = M1 + muddatli depozitlar + jamg’arma depozitlari;
M3 = M2 + depozit sertifikatlari + jamg’arma sertifikatlari + davlatning qimmatli qog’ozlari.
Qayd etish joizki, AQSh bank amaliyotida pul massasini tavsiflash maqsadida quyidagi pul agregatlaridan foydalanilmoqda:
M0 - Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan naqd pullar;
M1 - M0 + talab qilib olinadigan depozitlar + yo‘l cheklari + kredit
kartochkalari;
M2 - M1 + kichik summadagi muddatli depozitlar + jamg’arma depozitlari + pul bozorining depozit hisobraqamlaridagi mablag’lar + qisqa muddatli REPO bitimlari + yevrodollardagi depozitlar;
M3 - M2 + yirik summadagi depozit sertifikatlari + moliya bozorlarida muomalada bo‘lgan o‘zaro fondlarning pul mablag’lari + muddatli REPO hisobarqamlari + yevrodollardagi muddatli shartnomalar; L – M3 davlatning qisqa muddatli qimmatli qog’ozlari + korporativ
qimmatli qog’ozlar + jamg’arma obligatsiyalari + bank aktseptlari.
7.4. Pul-kredit sektori tahlili uslubiyati
7.4.1. Pul-kredit sohasining hisoblarini yuritish. Moliya tizimining tarkibi. Pul-kredit tizimi statistikasi asosida hisobga olish
Do'stlaringiz bilan baham: |